163. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 164. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 165. Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! 166. Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar". 167. Ular dedilar: "Qasamki, agar to'xtamasang, ey, Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo'lursan!" 168. U aytdi: "Albatta, men sizlarning (bu) ishlaringizni yoqtirmaydiganlardandirman. 169. Ey, Rabbim, menga va ahlimga (mo'minlarga) ular qilayotgan ish (kasofati)dan najot bergin". 170. Bas, Biz unga va uning barcha ahliga najot berdik. 171. Illo (azobda) qoluvchilardan bo'lgan bir kampirga (Lutning imonsiz xotiniga najot bermadik). 172. So'ngra boshqalarni halok qildik. 173. Ular ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik. Bas, ogohlantirilgan (bu) kimsalarning yomg'iri naqadar yomon bo'ldi! 174. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 175. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 176. Ayka xalqi ("Daraxtzor egalari") (Shuayb payg'ambar qavmi) payg'ambarlarni inkor etdilar. 177. O'shanda ularga Shuayb aytgan edi: ("Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 178. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman. 179. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 180. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning