Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
249
184. hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!"
185. Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan!
186. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon
qilayapmiz.
187. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!"
188. U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir".
189. Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan
(dahshatli) kunning azobi edi.
Izoh: Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh taolo ular boshiga
issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko'kdan olov tushib, ularni kuydirib
yuborgan.
190. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
191. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
192. Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir.
193. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi
194. qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun,
Dostları ilə paylaş: