8. Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar! 9. Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman! 10. Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar qo'rqmaslar. 11. Lekin, kim zulm qilsa-yu, so'ngra (bu) yomonliklardan keyin uni chiroyli (ish)ga almashtirsa, bas, albatta, Men kechirimli va rahmlidirman. 12. Qo'lingni qo'yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu mo''jizalar) sen (Fir'avn va uning qavmiga) olib boradigan to'qqiz mo''jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo'ldilar. 13. Bas, qachonki, ularga mo''jizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: "Bu aniq sehrdir", - dedilar. 14. O'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibrga berilib, u (mo''jizalarni) inkor etdilar. Endi, (ey, Muhammad,) u buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring! 15. Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min bandalardan afzal qilib qo'ygan zot - Allohga hamd bo'lsin!" - dedilar. 16. Sulaymon (payg'ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey, odamlar, bizga
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
253
qushlar tili bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o'zidir". 17. Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to'planib, tizilgan hollarida turdilar.