(riyokor), ustini tuproq qoplagan silliq qoyaga o'xshaydi; ustiga jala yoqqanda, (tuproq yuvilib,) sip- silliq toshning o'zini qoldiradi. Ular topgan (va sarflagan) boyliklaridan hech narsaga ega bo'la olmaydilar. Alloh kofirlar qavmini hidoyat etmaydi. 265. Mollarini Alloh rizoligi va dillarining sobitligi uchun sarf qiladigan kishilar adirdagi boqqa o'xshaydi: unga jala tekkach, hosilini ikki barobar yetishtirar. Agar unga jala yog'magan bo'lsa, tomchilab yoqqan yomg'ir ham (o'ziga yarasha undirar). Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. 266. Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo'l bo'lgan bog'i bor odam o'zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o'sha bog'ini olovli to'fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb, Alloh o'z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi. Izoh: Bu misol savobli ishlarni riyokorlik bilan amalga oshirgan kishiga nisbatan keltirilgan. Ne umidlar bilan parvarish qilingan bog'-rog'idan mahrum bo'lgan kishidek, riyokor odam oxiratda ajru savobdan mahrum bo'lishi to'g'risida ogohlantirilmoqda. 267. Ey, imon keltirganlar, o'zingiz kasb etgan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalarning yaxshilaridan ehson qilingiz! O'zingiz faqat ko'zingizni chirt yumibgina oladigan darajadagi yomon narsalarni (ehson qilishga) tanlamangiz! Shuningdek, bilingizki, albatta, Alloh g'aniy va maqtovga loyiqdir. 268. Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) faqir bo'lib qolishdan qo'rqitadi va fahsh ishlarga undaydi. Alloh (esa) sizlarga O'zidan mag'firat va fazl (boylik) va'da qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir. 269. U O'zi xohlagan kishilarga hikmat (foydali ilm) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, demak, unga