Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu- York bozori, ‘ekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-
York bozori, ‘ekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, 
Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va 
boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Evropa 
bozori) 
va 
nihoyat 
jahon 
bozori. 
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi 
turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy 
texnika 
kashfiyoti 
va 
ishlanmalar 
bozori. 
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana 
savdo to’g’risida ga’ yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar 
hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar 
esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, 
sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir. 
Shuningdek, dehqon bozori savdosi ham muhim o’rin tutadi. Dehqon bozorida 
savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo’jaliklari hamda boshqalar amalga 
oshiradi. 
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu 
bozorda xo’jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo’jaliklari) davlat 
va korxonalar qatnashadi. 
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar 
bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar — ilmiy g’oyalar, 
texnikaviy yangiliklar, san’at 
va adabiyot asarlari
, har xil axborotlar oldi-sotdi 
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash 
katta o’rin tutadi. U amalda ‘atent, listenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu 
bozorda asosan innovastiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklarni 
to’ish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va 
materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, 
yoqilg’i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko’tarasiga 
(ulgurji) sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab 
chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin