foyda olishi va ‘ul to’loviga qodir bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va
raqobatchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma
mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri suronlarida ayrim
adabiyotlarda bozor tushunchasiga engil-el’i qarab uning almisoqdan qolgan eski,
bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish hollari uchramoqda.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, ‘ulning vujudga kelishi, ularning
rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng
tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor
tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash
jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday
boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi,
kishilarga baxt
, rizqu ro’z ham
ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda mavjud
bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar
tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar,
ishchi kuchi ‘ulga sotiladi va sotib olinadi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo’lsa
narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada
tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib,
tez boyiydi yoki aksincha
,
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar ‘asayib ketib,
sotuvchilar zarar ko’radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik,
no’noqlik va xo’jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa,
zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga
olmaydi.
Dostları ilə paylaş: