Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bozor iqtisodiyoti — 
bu tovar ishlab chiqarish
, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 
Bunday iqtisodiyot erkin tovar—pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida 
tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor 
etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor 
xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz 
berishi 
va 
ularning 
tovar-pul 
mexanizmi 
orqali 
bir-biriga 
bog’lanib
muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun 
tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va 
iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini 
qamrab oladi. 


Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan 
iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi 
har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha 
talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa 
bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari 
muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng 
samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari 
tarkibiga tadbirkorlar ham
, o’z mehnatini 
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli 
qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari 
uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari 
shaxsiy 
ehtiyojni 
qondirish 
uchun 
sarflanadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin