Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi,
ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi. Lekin
uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’’ qirrali bo’lib, mazmuni
o’zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish
mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi
bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va
dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni
anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar
almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi,
shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb
e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u
davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni
ayirboshlash shaklida bo’lib, o’z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va
masofa bo’lmagan, birdaniga bir vaqtning o’zida o’sha joyda ayirbosh sodir
bo’lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi
natijasida ‘ulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga
bo’lingan va T-’-T ko’rinishida bo’la boshlagan. Endi tovarni sotish T-’ va sotib
olish ‘-T zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z
tovarini bir joyda sotib ‘ul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib
olishi mumkin. ‘ulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab
chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan
shug’ullanadigan maxsus guruhlar ‘aydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu
soha tovar ‘ul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab
chiqaruvchini bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan
iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay qoldi. Ular savdogarlar-
vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor
tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-’ul
muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida
yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining ‘aydo bo’lishi bilan bozor
umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham
bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-
biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas,
balki bilvosita
, bozor orqali sodir
bo’ladigan bo’ldi.