Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar 
ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib 
xulosa chiqarishimiz zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to’’lami 
jamiyatning talablarini to’la qondirilishi e’tiborga olinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida faqat talabi mavjud bo’lgan, binobarin foyda keltirishi mumkin bo’lgan 
tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko’rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki olmaslikni korxona o’z 
tovarini sotishdan oladigan umumiy ‘ul daromadi va uning ishlab chiqarishga 
qilingan umumiy xarajati o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. 
Bozor tizimi puldor iste’molchining xoxishini, korxonalar talabini hisobga 
oladi, ular uchun ishlab chiqaradi va bu qarorni resurslarni etkazib beruvchilarga 
uzatadi hamda ulardan tegishli javob olishga erishadi. 
Tovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, 
degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga hos javob bo’ladi. Bunda 
uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: 
- alohida tarmoqlar o’rtasida resurslar 
qanday taqsimlanishiga

- ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga; 
- har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani 
tanlashiga. 
Bozor tizimi, resurslarni, avvalo mahsulotlariga iste’molchi ancha yuqori talab 
bildiradigan va bu mahsulotlarni ishlab chiqarish foyda keltiradigan tarmoqlarga 
yo’naltiradi. Foyda bermaydigan tarmoqlar resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor 
iqtisodiyotida ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira oladi? Qaysi 
korxona ishlab chiqarishga iqtisodiy jihatdan eng zamonaviy texnologiyani 
qo’llashga intilsa va shunga layoqatli bo’lsa. Zamonaviy texnologiya iqtisodiy 
samaradorlik bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilarga bog’liq: 
mavjud texnologiyaga, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi 
resurslarning muqobil uyg’unlashuviga yoki 
ishlab chiqarish omillariga

resurslarning 
narxlariga. 
Boshqacha 
aytganda, 
iqtisodiy 
samaradorlik 
mahsulotning mavjud hajmini resurslardan eng kam harajat qilib olishni bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti so’zsiz texnika taraqqiyoti uchun rag’bat yaratadi. Ishlab 
chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keluvchi texnologiyani birinchi qo’llash, 
korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish harajatlarining ‘asayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini 
bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun 


sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona 
yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab 
chiqarishni amalga oshiradilar. 
Qisqacha xulosa qilib aytadigan bo’lsak bozor iqtisodiyoti sharoitida: 
a) foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi. 
b) ‘uli bor, yuqori foyda olish imkonini beradigan haridorlar uchun ishlab 
chiqariladi. 
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va 
texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin