Teri lotin 84x108 format p65. p65


Oyoq panjasi epidermofitiyasini



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#94217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Тери ва таносил касалликлари, Эшбоев, 2017

Oyoq panjasi epidermofitiyasini T r i c h o p h i t o n
i n t e r d i g i t a l e
m e n t o g r o p h y t e s
zamburug‘i
qo‘zg‘atadi. Uning quyidagi klinik shakllari tafovut
qilinadi: skvamoz epidermofitiya; intertriginoz epider-
mofitiya; disgidrotik epidermofitiya; tirnoqlar epidermo-
fitiyasi (onixomikoz).


146
Skvamoz epidermofitiya tovonda, panjalar oralig‘idagi
burmalar terisining har yerida plastinkasimon po‘st tashlab
turishi bilan ifodalanadi. Bu joylar terisi och rangda bo‘lib,
yuzasi oqish kulrang po‘stchalar bilan qoplanadi. Po‘st
tashlab turadigan bu o‘choqlar ba’zan uzoq vaqt turib,
bemor hech narsa sezmasligi ham mumkin. Lekin biror
nohush ta’sirot tufayli kasallik qo‘ziydi, bunda teri qizaradi,
qichishadi va pufaklar paydo bo‘ladi.
Intertriginoz epidermofitiya. Epidermofitiyaning bu
xilida 4- va 5—4 va 3-barmoqlar orasidagi terining po‘st
tashlashi, pufak to‘lib shishishi, keyinchalik yorilishi ku-
zatiladi. Barmoqlarning bir-biriga tegib turadigan yuzalarida
pufakchalar paydo bo‘lib, ular yoriladi va shilinishlar
vujudga keladi, ko‘pincha ular chetida ko‘chgan epidermis-
ning osilib turgan jiyagi ko‘zga tashlanadi. Barmoqlar
orasidagi burmalardan zamburug‘lar oyoq kafti terisiga
tarqaladi. Oyoq panjasi mikozining intertriginoz shakli
ko‘pincha piodermiya bilan asoratlanadi va limfa tugunlari
hamda limfa tomirlarining yallig‘lanishiga olib keladi.
Disgidrotik epidermofitiya. Oyoq panjasining yon yuza-
sida, oyoq kafti gumbazi sohasida bir talay pufakcha va pufak-
lar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Ular ba’zan yuza yoki
chuqur joylashadi. Ko‘pgina mayda pufakchalar qo‘shilib katta
pufaklarni hosil qiladi. Pufaklar qobig‘i tarang, ichidagi su-
yuqlik esa tiniq yoki biroz xira bo‘ladi. Pufak va pufakchalar
paydo bo‘lganda ko‘pincha bemorning tinkasi qurib, harorati
ko‘tariladi. Pufaklar yorilib eroziyalar vujudga keladi, ular
chetida esa epidermis bo‘laklari ko‘rinib turadi. Ba’zi pufak-
chalar qurib, qoraqo‘tir bilan qoplanadi va keyinchalik ular
o‘rnida po‘stlanish kuzatiladi. Òez orada yangi pufakchalar va
yangi eroziyalar hosil bo‘lishi va pilchirash kuzatiladi. Bemorni
qichishish va og‘riq bezovta qiladi. Disgidrotik epidermofitiya
ko‘pincha piodermiya bilan asoratlanadi, oyoq panjasi terisida
pustulalar, shish va og‘riq paydo bo‘lib, limfangit hamda
limfadenitlar avj oladi. Kasallik uzoq davom etib, tez-tez
qaytalanib turadi. Ayniqsa, u bahor va yoz oylarida qo‘ziydi.


147
Ko‘pincha qo‘l panjasiga ham pufakchalar toshadi,
ba’zan badan va qo‘l-oyoqlar terisi po‘st tashlaydi va
pushti-qizil rangli dog‘lar va papulalar paydo bo‘ladi.
Bu toshmalar allergik xarakterga ega bo‘lib, ularda
zamburug‘lar bo‘lmaydi. Bu toshmalar epidermofitidlar
deb ataladi va oyoq panjasidagi asosiy o‘choqlarda
yallig‘lanish qaytgandan so‘ng odatda yo‘qolib ketadi.
E p i d e r m o f i t i y a n i n g y u q i s h y o‘ l -
l a r i. Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar hammomda,
suv havzalari, sport zallari va poyabzalda bo‘ladi. Asosan,
kasallikning kelib chiqishi shaxsiy gigiyena qoidalariga,
bemorning paypog‘i va oyoq kiyimi, organizmning indi-
vidual xususiyatlari, oyoq panjasining ko‘p terlashi, ter-
ning kimyoviy tarkibi, organizmning umumiy ahvoli, nerv
sistemasining funksional holatiga bog‘liq.
D a v o s i. Epidermofitiyaning skvamoz shaklini da-
volash uchun 2 % li yod eritmasi va terbinoks kremidan
foydalaniladi. Dastlab soda-sovunli iliq vanna qilinadi, keyin
5 %

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin