1
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RТA
MAXSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
O‘RТA MAXSUS, KASB-HUNAR ТA'LIMI MARKAZI
E.H. ESHBOYEV
ТERI VA ТANOSIL
KASALLIKLARI
Тibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 5-nashri
Тoshkent — «ILM ZIYO» — 2017
2
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Qo‘llanmada keng tarqalgan teri va tanosil kasalliklarining paydo
bo‘lish sabablari, rivojlanish mexanizmi, kasallik manzarasi, davosi,
diagnostikasi va profilaktikasi bayon etilgan. Shuningdek, «Dermato-
venerologiya» fanining qisqacha tarixi, terining anatomiyasi, fizio-
logiyasi, gigiyenasi va bemorlarni klinik tekshirish hamda kasallikning
laboratoriya diagnostikasi batafsil yoritilgan.
Qo‘llanmaning uchinchi nashri tibbiyot sohasidagi yangiliklarni
hisobga olgan holda qayta ishlandi. Qo‘llanma tibbiyot kollejlarining barcha
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-303-40-9
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2017-y
A. ABDURASHIDOV — Тoshkent shifokorlar
malakasini oshirish insitituti teri-tanosil kasalliklari
kafedrasi assistenti, t. f. n.
M. ODILOV — Ikkinchi Respublika tibbiyot kolleji
direktori, t. f. n.
Т a q r i z c h i l a r :
UO‘K: 616.5(075.32)
KBK 55.8
E 99
3
KIRISH
Dermatologiya (derma teri) teri kasalliklari haqidagi
fan bolib, klinik tibbiyotning eng muhim sohalaridan biri.
Bu fan terining tuzilishi, vazifasi, soglom va kasallangan
teri holatlari, shuningdek, organizm boshqa kasalliklar
bilan ogriganda terida boladigan ozgarishlarni organadi;
teri kasalliklarini aniqlash, davolash va uning oldini olish
masalalarini ishlab chiqadi.
Dermatologiya umumiy va xususiy qismlarga bolinadi.
U m u m i y d e r m a t o l o g i y a soglom hamda
kasallangan terining anatomiyasi va fiziologiyasini, teri
kasalliklarining yuzaga kelish sabablarini, uni davolash va
oldini olish usullarini; x u s u s i y d e r m a t o l o g i y a
esa teri, soch va tirnoqda paydo boladigan ayrim kasallik
belgilarini, ularni qozgatuvchilarni va davolash usullarini
organadi.
Dermatovenerologiya fani ichki kasalliklar, nevropa-
tologiya, endokrinologiya, psixiatriya kabi tibbiyot fanlari
bilan chambarchas boglangandir.
Venerologiya tanosil (venerik) kasalliklarning klinik
kechishini, epidemiologiyasini, ularni aniqlash, davolash
va oldini olish choralarini organadi.
Yuqumli va tanosil kasalliklariga chalingan bemorlarga
oz vaqtida tashxis qoyish, kasallikni davolashni tako-
millashtirib borish sogliqni saqlash tizimi xodimlari hamda
davolash profilaktika muassasalari, shu jumladan dermato-
venerologlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunday ish-
larni amaliyotga tatbiq etishda orta malumotli tibbiyot
hamshiralarining orni benihoya kattadir. Hamshiralar shifo-
korlarga yordamchi bolibgina qolmasdan, balki kasallikni
birlamchi aniqlashda ham ishtirok etadilar hamda shifokor
tomonidan tayinlangan davolash muolajalarini bajaradilar.
5
DERMATOVENEROLOGIYA FANINING
QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI
Dermatologiya uzoq tarixga ega. Qadimgi Misrda qi-
chima, sachratqi, qotir, moxov kabi teri kasalliklarini turli
moy dorilar, malhamlar bilan davolashgan, terini kosmetik
usulda parvarish qilish ham keng rasm bolgan. Yunoniston
va Rimda ham teri va tanosil kasalliklarini davolash bilan
shugullanganlar. Giðpokrat teri kasalliklarini bir tartibga
solgan hamda qotir, moxov, soch tokilishi, qadoq kabi
kasalliklarni organgan va ularni davolash haqida qimmatli
malumotlar qoldirgan.
Qadimgi Rim shifokori (tabibi) Selz chiðqon, tri-
xofitiya, psoriaz va boshqa kasalliklar togrisida batafsil
yozib qoldirgan. Bu dermatozlarni davolashda ultrabi-
nafsha nurlar, iliq fizik omillardan foydalanishni tavsiya
etgan. Orta Osiyolik olim Abu Ali ibn Sino ozining «Òib
qonunlari» kitobida porsildoq yara, qichima, gush (ek-
zema), zaxm, moxov va teri kasalliklarining tashqi korini-
shini tasvirlash bilan birga ularning bir-biridan farqini ham
korsatib otgan hamda davolash usullarini yozib qoldirgan.
Dermatologiya fanining shakllanishi XVI asrning ik-
kinchi yarmiga togri kelib, fizika, kimyo, biologiya soha-
sida qilingan kashfiyotlar bilan uzviy bogliqdir. XVIII asrda
teri va tanosil kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va
klinikasi keng organila boshlandi va ingliz, fransuz, nemis,
rus dermatologiya maktablari paydo boldi.
Markaziy Osiyo hududida 900-yillarda ilm turli soha-
larda jadal rivojlangan va Xorazmda Mamun akademiyasi
tashkil etilgan. Bu akademiyada qator olimlar, jumladan
Abumansur Muvaffaq ibni Ali-al-Xiravi, Ismoil Jurjoniy,
Abu Rayhon Beruniy, Bobo Bahrom Xorazmiy, Abu
Mansur ibn Yahyoi Masihiyolar faoliyat korsatishgan.
Bular orasida, Buxoroda tugilib osgan (9801037),
faylasuf olim, tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino
nomini va u yozib qoldirgan «Òib qonunlari» asarini butun
6
dunyo biladi va tan olgan. Bir necha asrlardan beri, hozirgi
paytda ham uning bu risolasidan har bir shifokor foy-
dalanib kelmoqda.
Dermatovenerologiya tarixida ham Ibn Sino yetakchi
orin egallaydi. Uning teridagi ozgarishlar va kasalliklar
togrisidagi fikrlari hozirgi zamon dermatovenerologiya
fanining yutuqlari qatoridan joy egallagan.
Ozbekistonda Orta Osiyo davlat universiteti tibbiyot
fakultetida teri va tanosil kasalliklari kafedrasi tashkil
etilganidan (1920) boshlab dermatologiya va venerologiya
sohasi rivojlana boshladi. 1924-yilda Òoshkentda teri va
tanosil kasalliklari dispanseri, 1932-yilda Dermatologiya
va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti, keyinchalik teri va
tanosil kasalliklari kafedralari tashkil qilinishi bu fanning
rivojlanishiga keng yol ochib berdi. Sozak, zaxm, terining
zamburugli kasalliklari, fotodermatozlar, neyroderma-
tozlar, pufakli va virusli dermatozlar, allergik dermatozlar
hamda vitiligo kabi kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi,
patogenezi, diagnostikasi, davosi, oldini olish masalalari
organildi.
Hozirgi paytda teri kasalliklari ichki azolarni ham za-
rarlashi, kasbga aloqador teri kasalliklari, genader-
matozlar, etiologiyasi nomalum bolgan dermatozlar-
ning kelib chiqish sabablari, shuningdek, dermatomi-
kozlar va jinsiy yol bilan yuquvchi kasalliklar qozga-
tuvchilarining turlarini aniqlash boyicha ilmiy izlanish-
lar olib borilmoqda.
Bugungi kunda Ozbekistonda mingdan ortiq der-
matovenerologlar xalq salomatligi yolida tinmay izla-
nishlar olib bormoqdalar. Òibbiyot fanlari doktori, profes-
sorlar A.Sh. Vaisov, Sh.I. Ibragimov, S.S. Arifov, G.A. Is-
mailova, E.H. Eshboyev, A.M. Mannonov, Z.M. Obi-
dova, A.M. Obidov, Sh.Z. Mavlyanova T.A. Nabiyev va
U. Y. Sobirovlar shular jumlasidandir.
7
1-bob. ÒERI ANAÒOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
1.1. Òeri anatomiyasi va gistologiyasi
Odam terisi butun badanni qoplab turadi va qator
muhim vazifalarni bajaradi. Ogiz, burun, siydik chiqarish
kanali shilliq parda bilan qoplangan, anus sohasi esa shilliq
pardaga ulanib ketadi.
Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi 1,5
2 m
2
ni tashkil etadi, qalinligi tananing turli joyida turlicha
bolib, 0,5 mm dan 2 mm gacha, kaft va tovonda 4 mm
gacha yetadi. Inson terisining ogirligi gavda ogirligining
1618 % ini, teriosti yog qavatisiz esa 5 % ini tashkil
qiladi. Òerining 70 % ini suv, 30 % ini oqsillar (kollagen,
elastin, retikulin), uglevodlar (glukoza, glikogen, muko-
polisaxaridlar), liðidlar, mineral tuzlar (natriy, magniy,
kalsiy) va fermentlar tashkil etadi. Òeri oziga xos rang va
tusga ega boladi. Teri rangi uning donador va muguz
qavatlarining qalinligiga, tomirlarning yuza (chuqur) joy-
lashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining kop yoki
ozligiga qarab belgilanadi.
Òerining rangi tashqi va ichki omillar tasirida ozga-
rib turishi mumkin. Òeri yuzasi odatda notekis, unda son-
sanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar bolib, ular
bir-biri bilan kesishgan joylarda uchburchak, rombik
shakllar hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular
ayniqsa yaqqol korinib turadi. Barmoqlarning kaft
yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida
joylashgan. Bu shakllar har bir shaxs uchun oziga xos
naqshga ega. Shaxsni aniqlashda (daktilloskopiya) odatda
shu naqshdan foydalaniladi.
8
Òerining kop qismi tuk bilan qoplangan. Lablar, to-
von, kaftning ichki qismi, olat boshi, qin dahlizi, jinsiy
azo, katta va kichik uyatli lablarining ichki sohalarida tuk
bolmaydi. Òerida juda kop ter va yog bezlari hamda
ularning teshikchalari joylashgan. Qol va oyoq barmoq-
larining uchida tirnoq plastinkalari bor.
Òeri gistologiyasi. Òeri pushtning rivojlanish
jarayonida ikkita embrional varaq: ektoderma va
mezodermadan hosil boladi. Ektoderma (tashqi pusht
varagi) terining epitelial qavati e p i d e r m i s (terining
tashqi qavati)ni, mezoderma (orta pusht varagi) esa terining
asl qavati, yani d e r m a (orta qavat) va teriosti qavati
g i ð o d e r m a n i hosil qiladi.
Embrional hayotning uchinchi oylariga kelib epiteliy
hujayralarining kopayishi natijasida epidermis kop qavatli
boladi. 5 oylik homila kaft va tovon terisining epidermis
qismida donador va muguz qavatlar paydo boladi. 7 oylik
homilada esa epidermisning yaltiroq qavatidan tashqari
hamma qavatni korish mumkin. Derma va giðoderma
dermatomalardan rivojlana boshlaydi. Embrional rivojla-
nishning birinchi oylarida biriktiruvchi toqimalar, keyin-
chalik argirofil tolalar vujudga keladi, uchinchi oyida
dermaning ustki qavati paydo boladi va u pastki qavatga
nisbatan zichroq biriktiruvchi toqimadan tashkil topadi.
Bu yerdagi tolalarning (elastik, kollagen) asosiy qismi
mayin elastik tolalardan iborat boladi. Epidermis osti-
dagi teri hosilalari va qon tomirlari membranalar atrofida
argirofil tolalarni tutadi. Embrion hayotining boshlan-
gich davrida terining epiteliy qavati silliq boladi, keyin-
chalik derma biriktiruvchi toqimalarining epiteliyga
botib kirishi natijasida sorgichlar vujudga keladi. Em-
brion rivojlangan sari terida yetuk differensiyalangan
hujayralar ortib boradi.
Homilaning uch oylik davridan boshlab pusht ektoder-
masining tashqi varagidan teri hosilalari (ortiqlari) soch,
tirnoq, yog va ter bezlari kurtagi paydo bola boshlaydi.
9
Yangi tugilgan chaqaloqlarda epidermisning qalinligi
bir xil bolmaydi, ayniqsa burmali joylarda u yupqa va
nozik boladi. Qol va oyoq kaftlaridagi teri rivojlanib
shakllangan bolsa ham, u kattalarnikidan 2,53 marta
yupqadir. Bolalar 1213 yoshga yetgandagina epidermis-
ning tuzilishi kattalarniki kabi boladi.
Òerining mikroskopik tuzilishiga qarab uchta qism ta-
fovut qilinadi*.
1. E p i d e r m i s terining ustki qismi.
2 D e r m a terining asl qismi.
3. G i ð o d e r m a teriosti yog kletchatkasi.
Epidermis (E p i d e r m i s ) kop qavatli muguz-
lanuvchi (shoxlanuvchi) epiteliylardan tashkil topgan va
ular bir-biridan hujayralarning shakli va tuzilishi bilan
farq qiladi. Epidermisning ozi quyidagi qavatlardan iborat.
Bazal qavat teri ustki qismi (epidermis)ning eng chu-
qur qavati bolib, pastdan derma bilan chegaralanadi; yirik,
uzun, tashxis jarayonida hujayralari yaxshi boyaladigan
oval yadroli bir qator silindrsimon keratinotsit, melanotsit
va langergans hujayralardan tashkil topgan.
Bazal qavat hujayralari uchki qismida melanin pigmenti
donachalarini tutadi. Buni ayollarning kokrak uchi, qoltiq
sohasi, jinsiy azolar va anus sohasi terisida, qora tanli
odamlarda esa tikansimon qavat hujayralarida kuzatish
mumkin.
Òikansimon qavat bazal qavat ustida joylashgan 5
10 qator kubsimon hujayralardan tashkil topgan bolib,
donador qavatga yaqinlashgan sari yassilanib boradi.
Òikansimon qavat hujayralari protoplazma osiqchalari
(tikanlari) bilan bir-biriga tutashgan bolib, ular hujay-
ralararo koprikchalar deb ataladi.
Donador qavat. Bu qavatning donador deyilishiga sabab
shuki, uning hujayralari oz sitoplazmasida ishqoriy anilin
*Rangli rasmlarga qarang.
10
boyoqlari bilan yaxshi boyaladigan keratogialin mod-
dasidan tashkil topgan donachalar tutadi. Donador hu-
jayralar 23 qavat bolib, duksimon shaklga ega.
Yaltiroq qavat (tiniq qavat) donador qavat ustida joy-
lashib, uni muguz qavatdan ajratib turadi. Bu qavat 1
3 qator yassi chozinchoq hujayralardan tashkil topgan,
ularning deyarli hammasida yadro bolmaydi. Hujayralar
yadrosida eleydin oqsili boladi. U nur sindirishda katta
ahamiyatga ega.
Muguz (shox) qavat epidermisning eng yuqorigi qavati
bolib, 34 qavat yassi hujayralardan tashkil topgan.
Hujayralarda yadro bolmaydi, ularning qalinligi terining
turli sohalarida turlicha. Bu hujayralar tarkibida keratin
tutadi, ularga toq qongir rangli alohida boyoq muguz
qatlam yogi singigan, u yopishqoq boladi. Shuning uchun
ham bu hujayralar bir-biriga zich taqalib turadi. Muguz
qavatning eng yuqori yuza qismida plastinkalar zich joy-
lashmagan, ular asta-sekin kochib, fiziologik post tash-
lash yuz beradi. Shunday qilib, epidermis qavat hujayra-
lari uchun keratinizatsiya jarayoni maxsus funksiyalardan
biri hisoblanadi, hujayralar yadrosi, organoidlar dezin-
tegratsiyalanadi va muguzlanish bilan yakunlanadi.
Derma. Derma terining asl ( d e r m a , c u t i s ,
c o r i u m ) yoki xususiy qavati bolib, bazal membrana ostida
yumshoq chegaralanmagan biriktiruvchi toqimadan tuzilgan.
Kollagen elastik va argirofil tolalardan, qon tomirlari
hamda limfa tomirlari, muskullar, nervlar va hujayra
elementlaridan tashkil topgan. Derma ikki: sorgichsimon
va torsimon qavatdan tuzilgan.
S o r g i c h s i m o n q a v a t epidermisga botib kirgan
bolib, siyrak tolali shakllanmagan yumshoq biriktiruvchi
toqimadan tuzilgan. Bu qavatda fibroblast, gistiosit, hujay-
ralar, shuningdek, semiz, plazmatik, limfosit va pigment
hujayralar, melanofaglar, kapillar qon tomirlari boladi.
Sorgichsimon qavat epidermis bilan chegaralangan joyda
osiqchalardan, yani sorgichlardan tashkil topgan. Sor-
11
gichsimon qavat deb atalishiga ham sabab shu bolgan.
Ularning kattaligi va balandligi har xil. Barmoqlar bilan
kokrak bezlari sohasida ular balandligi 200 mk ga, yuzda
30 mk ga yetadi.
Ò o r s i m o n q a v a t zich biriktiruvchi toqi-
madan tuzilgan bolib, unda yogonligi va yonalishi har
xil kollagen tolalar tor hosil qilib yotadi. Òeriga elastiklik
va qattiqlik berib turadigan kollagen tolalar bilan bir qatorda
dermada terini elastik qiladigan elastik tolalar ham boladi.
Elastik tolalar bir-biri bilan chirmashib, kollagen tolalar
bilan bir xil yonalish oladi va tor hosil qiladi. Odamning
yoshi qaytgan vaqtda elastik tolalar degeneratsiyaga uch-
raydi, natijada teri burishib, serajin bolib qoladi.
Dermada gorizontal holatda joylashgan qon tomirlari
tori, bezlar, muskullar, nerv va nerv oxirlari bor.
Òeriosti yog qatlami (giðoderma). Derma aniq chegarasiz
teriosti yog qatlamiga (kletchatkaga) otadi. Bu qatlam
yog hujayralari toplamidan iborat bolib, ular asl teri
qavatining tor qismidan davom etgan va teri fassiyasini
hosil qiluvchi kollagen tolalarning katta tutamlari bilan oralib
turadi. Yog hujayralari tutamini orab turuvchi tolalarda
koplab qon tomirlari, nerv tolalari va nerv oxirlari joylashadi.
Òeri bezlari. Òerida ter bezlari (g l a n d u l a e s u -
d o r i b e r a e ) va yog bezlari (g l a n d u l a e s e b a -
c e a e ) joylashgan.
Òer bezlari ter ishlab chiqaruvchi qism va chiqaruv
naylaridan iborat. Odam terisida ter bezlarining soni 3
3,5 mln. taga yetadi. Ular qol va oyoq kaftlarida juda kop.
Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatli lablar sohasida ter
bezlari bolmaydi. Hujayralardan ter ajralib chiqish xusu-
siyatiga qarab ekkrin va apokrin ter bezlari tafovut qilinadi.
Ekkrin ter bezlari butun tana terisida joylashgan, ay-
niqsa ular peshona, kokrak, qorin va bilak terisida kop.
Shu joylarda 1 sm
2
teri sathida 250300 tagacha ter bezlari
yotadi. Bir kunda ter bezlari 300800 ml, ayrim hollarda
1500 ml gacha ter ishlab chiqaradi.
12
Apokrin ter bezlari ter ishlab chiqarish paytida biroz
yemiriladi va sekret bilan chiqqan oqsil moddalari par-
chalanib, har bir odam uchun xos bolgan otkir hidli
ter ajraladi. Apokrin ter bezlari ekkrin ter bezlariga nis-
batan ancha katta bolib, uzunligi 0,54 mm ga yetadi.
Yog bezlari alveolar bezlar bolib, tana terisining
hamma qismida joylashgan. Yuz, boshning sochli qismi,
kuraklar orasi va tosh atrofida ayniqsa kop. Oyoq va qol
kaftlarida yog bezlari bolmaydi.
Yog bezlari aksariyat sochlar bilan boglangan holda
joylashib, ularning sekret chiqarish yollari soch folliku-
lasiga ochiladi. Har bir soch ildizi atrofida 68 tagacha
yog bezi boladi. Jinsiy olatning chekka kertmagi, kichik
uyatli lablar, koz burchaklari terisi sohasida va ayollarda
kokrak bezlari uchida yog bezlari togridan togri teri
yuzasiga ochiladi.
Sochlar. Sochlar uch xil boladi: uzun soch, kalta soch,
tuk. Uzun soch boshda, yuz va iyakda (soqol-moylov),
qoltiq, jinsiy azolar sohasida boladi. Kalta sochlarga
qosh, kiðrik, burun shilliq qavatida va quloqning tashqi
eshituv yolidagi sochlar kiradi. Òuklar deyarli butun tana
terisini qoplab turadi (sochlarning 95 % ini tashkil qiladi).
Oyoq va qol kafti, labning qizil hoshiyasi, jinsiy olat
boshi va uyatli lablarning ichki dahlizida tuk (jun) bol-
maydi. Yangi tugilgan chaqaloqlarda mayin tuk boladi,
xolos. Òuklar keyin ikkilamchi sochlar bilan almashinadi.
Sochlarning osishi faqat jinsiy jihatdan voyaga yetishga
emas, balki irsiy genetik belgilarga ham bogliq. Sochlar-
ning kimyoviy tarkibi juda murakkab bolib, unda 40 dan
ortiq modda, jumladan, marganes, simob, natriy, yod,
brom va boshqalar bor. Qora sochda marganes, qorgoshin,
kumush kop bolsa, oq soch tarkibida havo pufakchalari
va nikel boladi, xolos.
Soch ikki qismdan: teri ustidagi qismi tolasi va teri
ostidagi qismi soch ildizidan tashkil topgan. Soch ildizi
soch xaltachasida joylashgan. Soch teri yuzasiga nisbatan
13
otkir burchak hosil qilib osadi. Ular ildizining pastki
qismi kengayib yogonlashgan bolib, soch piyozchasi deb
ataladi. Piyozchalar dermaning asosiga, hatto giðoder-
magacha yetadi.
Soch kondalang kesimi boyicha uch qavatdan iborat:
tashqi qavat kutikula;
orta qavat post modda;
markaziy qavat miya (magiz) qismi.
Kutikula bir qavat ustma-ust joylashgan muguzlan-
gan yassi epiteliy hujayralardan, post modda choziq hu-
jayralardan tuzilgan. Soch kutikulasi erkin qismining
tuzilishi pastki ildiz qismi tuzilishidan farq qiladi. Ildiz
qismi hujayralari uzun silindrsimon shaklda, tepaga chiq-
qan sayin ular yassilanib qattiq keratin moddasini tutadi.
Post modda hujayralari sitoplazmasida va ular oralarida
kop miqdorda sochga rang beruvchi melanin donacha-
lari yotadi. Miya (magiz) qismi kubsimon epiteliy hujay-
ralardan iborat bolib, melanin donachalarini va havo
pufakchalarini tutadi. Bu hujayralar yuqori tomon «tanga-
chalar ustuni»ni hosil qiladi. Soch ildizining yuqori qis-
mida magiz hujayralarning yadrosi zichlashib, muguz-
lanib, kimyoviy tarkibi ozgaradi. Sochlar teri sathiga nis-
batan qiya holatdagi ildizda joylashgan boladi. Soch il-
dizini tashqi tomondan epitelial va biriktiruvchi toqima-
lardan tuzilgan follikula yoki soch xaltasi orab turadi.
Sochning asosi (piyozchasi) tagiga yumshoq, shakllan-
magan biriktiruvchi toqimadan iborat soch sorgichi bo-
tib kiradi. Soch ildizi qon tomirlari, nerv oxirlariga boy
bolgan soch sorgichi hisobiga oziqlanadi va innervatsiya-
lanadi. Soch ozining xususiy muskuli sochni kota-
ruvchi muskullarga ega. Sochlarning osish tezligi va vaqti,
umri har xil. Odam boshidagi sochning umri 410 yilga
teng, qosh, kiðrik va qoltiq ostidagi junlar 34 oyda al-
mashinib turadi. Sochlar bir kunda 0,1 mm dan 0,5 mm
gacha osishi mumkin. Òokilgan sochlar orniga follikular
hujayralarning kopayishi natijasida yangilari osib chiqadi.
14
Sochlar uzunligi bir necha mm dan 1,5 m gacha, tola-
sining yogonligi 0,6 mm gacha yetishi mumkin. Ayol-
lar sochi erkaklar sochiga nisbatan ingichka boladi.
Boshning sochli qismida 30000 dan 150000 tagacha tola
boladi.
Òirnoq (U n g u i s ) tort burchakli, muguzlangan zich
yupqa plastinkalardan tuzilgan bolib, orqa va yon chetlari
qol (oyoq) teri burmalariga botib turadi. Òirnoq plastin-
kasida tirnoq tanasi, oldingi erkin uchi, ikkita yon cheti va
ildizi farqlanadi. Òirnoq ildizi deyarli butunlay teri burma-
lari bilan qoplangan. Plastinkaning tanasi esa tirnoq or-
nida joylashadi. U qalin joylashgan muguz tanachalardan
tuzilgan bolib, bazi joylarda yadro qoldiqlarini tutuvchi
epidermisning zich qoplangan qismlaridan iborat. Òirnoq
orni qator va uzunasiga yonalgan burmalarni hosil qiladi,
bu burmalarda tirnoq plastinkasini oziqlantiruvchi qon
tomirlari bor.
Epiteliy hujayralari (tirnoq matritsasi)ning tinmay
muguzlanishi natijasida tirnoq plastinkasi siljib osadi. Qol
tirnogi haftasiga 1 mm, oyoq tirnogi 0,25 mm osadi.
Òirnoq plastinkasining ildiz qismi togridan togri bar-
moq suyaklariga birikadi. Òirnoqlar ildizining barmoq
suyaklari ustki qismining pardasiga bunday birikishi tib-
biyot amaliyotida juda muhim hisoblanadi, chunki tirnoq-
lardan boshlangan yalliglanish suyaklarga otib ketishi
mumkin. Xulosa qilib aytganda, yog, ter bezlari, soch va
tirnoqlar teri ortiqlari deb ham ataladi.
Òeri muskullari. Òeri muskullariga kondalang-targil
yuz terisi, kokrak bezi uchi, orqa chiqaruv teshigi sfink-
teri, olat kertmagi, yorgoq terisining yassi muskullari
kiradi. Ayniqsa, sochlarni kotaruvchi muskullar
( m m . a r r e c t o r e s p i l o r u m ) kop uchraydi. Ular-
ning bir uchi 45° burchak ostida soch follikulasiga,
ikkinchi uchi dermaning sorgichsimon qavatiga birikadi.
Ular qisqarganda ter bezlaridan sekret ajralib chiqishi
ortadi hamda soch tolalari dikkayib, teri limon pochogi
15
korinishini oladi. Òashqi muhit haroratining pasayishi
natijasida roy beradigan bu holat (teri sovuqdan uvushadi)
odam organizmining himoya vazifasi hisoblanadi, natijada
yassi muskullar qisqarib, dermadagi koplab qon tomirlari
fiziologik ravishda torayadi. Natijada tana harorati issiqlikni
saqlab qoladi. Boshning sochli qismi, peshona va lunj
terisidagi yassi muskullar soch follikulalari bilan bog-
lanmagan. Yuzning kondalang-targil muskullari yuz te-
risining harakatchanligini taminlaydi.
Òerining oziqlanishi va innervatsiyasi. Òeri rivojlan-
gan qon va limfa tomirlari hisobiga oziqlanadi. Òeridagi
barcha qon tomirlariga organizmdagi umumiy qonning
1/5 qismi sigadi. Fassiyadan chiqqan katta qon tomirlari
terida yuza va chuqur joylashgan qon tomirlari torini
tashkil etadi.
Chuqur qon tomirlari chiqish yolida giðodermadagi
yog toplamlariga biriktiruvchi toqima boylab tarmoq-
lanadi, ayrimlari dermaning quyi sohasida gorizontal tor
anastomozlarini hosil qiladi. Ulardan ter bezi asosi, soch
follikulalari va yog toplamlari oziqlanadi. Chuqur arte-
rial toplamdan dermaning sorgichsimon qavatiga yetib
boradigan kattagina arteriyalar tarmogi ketadi va sorgich-
simon qavat ostida yuza arterial torni hosil qiladi. Ular-
dan yassi muskullar, yog bezlari hamda soch follikulasi
va ter bezining yuqori qismi oziqlanadi. Sorgichsimon
qavatosti qon tomirlaridan epidermisga parallel arterial
tomirlar tarmogi ketadi, ammo ular bir-biri bilan anas-
tomozlashmaydi. Arterial tomirlardan sorgichlar tomon
kapillarlar yonalib, tutamlar hosil qiladi va enli venoz
kapillarlar bolib qaytadi. Venoz qon tomirlari ham parallel
yuza sorgichosti birinchi venoz tomirlari torini hosil
qiladi. Òeriosti yog qatlami (kletchatkasi) gacha jami uchta
vena tomirlari tori joylashadi. Bu tomirlar giðodermadan
otib teriosti venalariga tutashadi. Òerining epidermis qismi
oz qon tomirlariga ega emas, ular dermaning sorgich-
simon qavat kapillarlari hisobidan qon bilan taminlanadi.
16
Limfa tomirlari ham dermaning sorgichlaridan
boshlanib, yuza va giðodermada joylashgan chuqur qon
tomiri torlarini hosil qiladi. Yuza limfa tugunlari anas-
tomoz hosil qilib birikadi. Ular fassiya va muskullar limfa
tomirlariga tutashib, regionar limfa tugunlari tomon yo-
naladi.
Òerining innervatsiyasi organizmni tashqi muhit bilan
boglab turadi. Òeri sathi juda kop nerv tolalari bilan
taminlangan. Bu nerv tolalari terida katta retseptor may-
donini hosil qiladi. Ular terida yuz berayotgan ozgarish-
larni markaziy nerv sistemasiga yetkazib turadi. Òeri in-
nervatsiyasini erkin nerv tolalari bilan birgalikda oz kap-
sulasiga ega bolgan tanachalar olib boradi. Innervatsiyada
qatnashuvchi barcha nerv tolalari teriosti yog qatlamida
joylashgan asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Avvaliga
ular yog qatlami, ter, yog bezlari, soch piyozchasi, qon
tomirlarini nerv tolalari bilan taminlaydi, keyin nerv
tolalari derma sorgich qavatidan nerv chigallari sorgi-
chining oziga va epidermisga keladi. Nerv tolalari terining
epidermis qismiga kirganida ozining miyelin pardalarini
yoqotadi va bazal hamda tikansimon qavat hujayralari
orasida har xil balandlikda joylashadi. Nerv tolalari lab-
ning qizil hoshiyasida, qol barmoqlarida va jinsiy azolar
terisida kop boladi. Shunday qilib, terida ikki xil nerv
tolalari: kapsulasiz erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv
oxirlari (retseptorlar, tanachalar) boladi. Erkin nerv to-
lalari daraxtsimon yoki koptoksimon, kapsulali nerv to-
lalari esa plastinkasimon shaklda bolib, tolalarining oxiri
biriktiruvchi toqima bilan qoplangan.
Òerida joylashgan kapsulali nerv oxirlari plastinkasi-
mon Fater-Pachini tanachasi, Meysner tanachasi,
Krauze kolbachasi, Ruffini tanachasi, Markel disklaridan
iborat. Plastinkasimon Fater-Pachini tanachalari, ayniqsa,
oyoq, qol kaftlarida, jinsiy azolarda kop joylashgan
bolib, chuqur bosimni sezadi. Òanachalar ichida toqima
suyuqligi bolgan ikki qavat biriktiruvchi toqimali plastin-
17
kalardan iborat bolib, uzunligi 3 mm ga yetadi. Nerv
oxirlari tanachaga yetganda qobigini yoqotib, yumshaydi
va tanacha ichiga kiradi; uchlari tugmachasimon keng
tarmoqlanadi.
Ruffini tanachalari issiqni, sorgichsimon qavatda
joylashgan Krauze kolbachalari esa sovuqni sezadi. Ular
qol panjalarida, shilliq qavatlarda, olat boshida va ayollar
jinsiy uyatli lablari sohalarida kop boladi.
Meysner tanachalari teri sathiga «tegishni» idrok etadi.
Ular odamda juda yaxshi rivojlangan, ayniqsa, barmoqlar,
lab va til shilliq qavatida kop boladi. Merkel disklari ti-
kansimon qavatda joylashib, ogriqni qabul qiladi, taktil
sezgini bajaradi. Òerining 1 sm
2
sathiga 5000 dan ortiq
sezgi nerv oxirlari togri keladi; ulardan 200 tasi ogriqni,
12 tasi sovuqni, 2 tasi issiqni sezadi, 25 tasi retseptorlar
bosimini qabul qiladi.
1.2. Òeri fiziologiyasi
Òeri va tashqi shilliq qavat odam organizmini tashqi
muhitning noqulay tasiridan himoya qilish bilan birga
boshqa kop vazifalarni ham bajaradi. Òeri va teri ortiqlari,
nerv tolalari, qon tomirlari va limfa sistemasi butun or-
ganizm hamda uning azolari bilan chambarchas bog-
langan. Òeri tashqi muhitning ekzogen tasirotlarini sezib-
gina qolmay, balki organizm barcha azolarining patologik
ozgarishlariga ham oz vaqtida javob reaksiyasini beradi.
Òeridagi katta salbiy ozgarishlar esa oz navbatida ichki
azolar funksiyasining buzilishiga olib keladi. Òeri jumla-
dan oqsil, uglevod, yog, suv, mineral moddalar, vita-
minlar almashinuvida va boshqa turli xil funksiyalarni ba-
jarishda qatnashib, organizmning yaxlit anatomik-fiziologik
qismini tashkil etadi.
Òeri funksiyalarini suniy ravishda qismlarga ajratib
bolmaydi, ammo fiziologik jarayonlarni organish osonroq
bolishi uchun ular quyidagicha ajratib organiladi.
18
Òerining asosiy funksiyalari
Himoya
Mexanik
Regeneratorlik
Bakteriotsid
Òermoregulatsiya
Retseptorlik
Pigment hosil qilish
Immunologik
Moddalar almashinuvida
D vitamin sintezida
Jinsiy gormon sintezida
A vitaminini toplashda
Suv va mineral moddalar almashinuvida
Òerining himoya funksiyasi. Òeri juda elastik bolganligi
hamda ozining qalin giðoderma qatlami hisobiga or-
ganizmni tashqi mexanik tasirotlar (urish, bosim, cho-
zilish, zarba va boshqalar) dan birinchi bolib himoya qi-
ladi. Òeri muguz qavati hujayralari issiqni yomon otkaz-
gani tufayli organizmning chuqur qatlamlarini qurib qo-
lishdan saqlaydi.
Òeri yuzasining muhiti (suv-liðid mantiyali pH=3,5
6,7) kislotali bolganligi sababli, terini patogen mikroor-
ganizmlar tasiridan saqlaydi va muguz qavati hujayralarini
elektr toki urishidan himoya qiladi. Melanotsitlar ishlab
chiqaradigan melanin pigmenti ultrabinafsha nurlarni
oziga yutib, uning zararli tasiridan asraydi. Shuning uchun
qora tanli odamlar quyosh nuri tigiga chidamli boladilar.
Òeri yuzasiga teri bezlari (yog, ter) dan ajralib chiqqan
sekretlar muhim bakteriotsid rolini bajaradi, yani bunday
muhitda mikroblar oladi. Òeri hujayralari muguzlanishi
natijasida tangachalar bilan minglab mikroorganizmlar
tashqariga tushib ketadi. Òoza terida bu xususiyat yaxshi
rivojlangan boladi. Songgi yillarda terining eng muhim
funksiyalaridan yana biri kashf etildi. Òeri organizmning
19
immunologik sistemalaridan biri bolib, u tuzilishi boyicha
organizmning immun sistemasi bolgan timusga (Ò-lim-
fotsitlar ishlab chiqariladi) oxshar ekan.
Òerining immunologik funksiyasi. Epidermal Ò-hujay-
ralar, Langergans hujayralari va keratinotsitlar teri im-
mun sistemasining asosini tashkil etadi. Keratinotsitlar to-
monidan ajralib chiqqan dezoksinukleotidli tranferaza fer-
menti Ò-limfotsitlarga tasir etib, ularni yetiltiradi. Ò-limfo-
tsitlarning aksariyat qismi dermadagi teri hosilalari hamda
venulalar atrofida joylashadi. Ò-limfotsitlarning 10 % i
epidermis ichida joylashadi. Ekzogen yoki endogen anti-
genlar haqidagi malumot Langergans yoki boshqa yor-
damchi hujayralar orqali Ò-hujayralarga yetib keladi.
Ò-xelperlar antigenlarni II sinf HLA kompleksi (HLA-
DR, DP, DQ), Ò-supressorlar esa I sinf HLA kompleksi
(HLA-A,B,C) orqali aniqlaydi. Ekzo va endogen antigen-
lar tasirida Langergans hujayralari funksional va fenotiðik
ozgarishlarga uchraydi, epidermisni tark etib, dermaning
limfatik tomirlari va keyinchalik esa migratsiya hisobiga
limfa tugunlarining parakartinal qavatida joylashadi. Ana
shu bosqichda Langergans hujayrasi yuzasidagi antigen
haqidagi malumot Ò-hujayraning antigenlik retseptoriga
uzatiladi. Natijada Ò-limfotsitlarning blastli shakllari hosil
boladi va ular antigen saqlovchi teriga qaytib boradilar.
Psoriaz, teri limfomasi, pufakli dermatozlar va allergo-
dermatozlar patogenezida immunologik ozgarishlar mu-
him rol oynaydi.
Òerining sezish funksiyasi. Òeri sezgi organidir. Òeri ana-
tomiyasi orqali biz erkin nerv oxirlari retseptorlarga boy
ekanligini bilamiz. Bu nerv tolalari ekzogen tasirotlarning
hammasini idrok etib, barcha impulslarni markaziy nerv
sistemasiga (MNS) otkazadi, bu yerda ular qayta korilib,
issiq, sovuq, bosim, ogriq, tegish (taktil) kabi har xil
sezgi hissiyotini keltirib chiqaradi.
Òerida ogriq, tegish, issiq va sovuqni sezish kabi tort
xil sezgi tafovut qilinadi. Ogriq terining epidermis
20
qismidagi erkin nerv tolalari orqali seziladi va emotsional
ozgarish bilan ifoda etiladi. Emotsional ozgarishda ogriq
otkir, sanchuvchan, qirquvchan, bosimli, choziluvchan
bolishi mumkin. Ogriq otkir bolganida oldinga orga-
nizmning himoya reaksiyasi chiqadi. Bazan arzimas ek-
zogen omil tasirida terining ogriqni sezish qobiliyati oshib
ketadi, bu giðeralgeziya yoki giðerpatiya deyiladi. Ogriqni
sezishning pasayib ketishi esa giðoalgeziya deb ataladi.
Bazi ichki azolar kasalliklarida terining ayrim joylarida
sezgirlik oshib ketadi, chunki kasallangan azoga tutashgan
nerv oxirlari ham orqa miyaning afferent tolalaridan bosh-
lanadi (masalan, yurak va opka kasalligida kokrak, bo-
yin, yelka va qorinning yuqori qismida; ichaklar xastaligida
qorinning pastki sohasi, bel terisida ogriqni sezish ku-
chayadi. Òerining bu qismi Zaxarin-Ged sohasi deyiladi.
Òeri kasalliklarida aksariyat bemorlarning shikoyat-
lari orasida teri qichishishi birinchi orinda turadi. Uni en-
dogen, bazan psixogen sabablar keltirib chiqaradi. Qi-
chishish alomatini ham ogriq sezuvchi nerv oxirlari qabul
qiladi. Odam terisida taktil (tegish) tasirotni sezish juda
rivojlangan. Bu funksiyani soch follikulalari atrofidagi nerv
chigallari hamda Meysner tanachalari bajaradi. Hatto teri
sathining 1 mm oraligiga ikkita nina sanchilsa, ular alo-
hida seziladi. Odam terisi unga tekkan narsaning otkir, uchli
yoki yoy shaklida ekanligini ham farqlaydi. Òaktil sezuv-
chanlikni uzoq vaqt mashq qilish natijasida yanada rivoj-
lantirish mumkin. Bunday mashqlar amalda kozi ojiz
kishilar uchun muhimdir.
Òeri kasalliklaridan moxovda bemor terisining taktil
sezuvchanligi keskin kamayib ketadi. Odam terisining issiq
yoki sovuqni sezishi uning hayotida juda katta ahamiyatga
ega. Sezish orqali butun tana harorati sharoitga qarab
moslashadi. Yuqorida aytganimizdek, issiqni Ruffuni
tanachalari, sovuqni esa Krauze kolbalari idrok etadi. Issiqni
sezuvchi tanachalarga nisbatan sovuqni sezuvchilar koproq.
Yuz terisi qol va oyoq terisiga nisbatan har qanday haroratni
21
yaxshi sezadi. Kopgina teri kasalliklari (tarqalgan ney-
rodermit, ekzema va boshqalar)da teri sezuvchanligining
har xil turlari bilan bir qatorda harorat sezgisi ham izdan
chiqishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, harorat
sezgisining oshib ketishi teri zararlanish (qitiqlanish) soha-
sining kengayishiga olib keladi.
Òerining termoregulatsion funksiyasi. Butun tanadagi
issiqlikni markaziy nerv sistemasi boshqarib turadi. Bu
jarayonda teri katta rol oynaydi. Malumki, tanadagi 80 %
dan ortiq issiqlik teri orqali chiqariladi. Issiqlikni ajratish
teridagi qon tomirlari, ter bezlari holati bilan chambarchas
bogliq. Soglom odamning tana harorati, tashqi muhit
haroratidan qati nazar, deyarli bir xil (36,536,7°C)
boladi. Bu holat, asosan, kimyoviy va fizik termoregulatsiya
(idora etish) hisobiga boladi.
Kimyoviy termoregulatsiya deb, organizmdagi modda-
lar almashinuvi natijasida kelib chiqqan issiqlikdan ajral-
gan energiyaga aytiladi. Bunga qarama-qarshi olaroq fizik
termoregulatsiyada issiqlik koproq beriladi. Organizm
nisbatan tinch turgan paytda undagi issiqlikning 15 % i
konveksiya usulida uzatiladi, 66 % i tashqariga chiqari-
ladi (radiatsiya) va 19 % i buglanadi. Issiqlikning uzati-
lishi yoki tashqariga berilishi qon tomirlaridagi qonning
miqdori hamda taqsimlanishiga bogliq. Havo soviganda
teri kapillarlari keskin torayadi, teri oqaradi, natijada to-
mirlarda qon oqishi susayadi. Bu hol organizmdan is-
siqlik chiqishini kamaytiradi. Bunga qarama-qarshi ra-
vishda havo harorati kotarilganda yoki jismoniy ish baja-
rilganda ter ajratish yoli bilan issiqlikni berish hisobiga
organizm haroratining bir xilligi saqlanib qoladi. Odam
terisi orqali bir kunda 0,8 l ter ajratadi va ayni vaqtda
2,1 mJ (500 kkal) energiya yoqotadi. Bir kecha-kun-
duzda ter miqdori 34 l ga yetadi, bazan bundan ham
ortadi. Òana harorati temperatura retseptorlarining va
giðotalamusdagi temperaturani boshqaruvchi markazning
reflektor qitiqlanishi natijasida idora qilinadi.
22
Òerining sekretor va ekskretor funksiyasi. Òerining bu
faoliyati undagi yog va ter bezlari orqali bajariladi. Yog
bezlari ishlab chiqargan teri yogi terini moylab turish
bilan birga uning butunligi, elastikligi va suv otkazmaslik
xususiyatini taminlaydi. Yog bezlari yana ekskretor vazi-
fasini, yani organizmdan bazi dori moddalar (yod, brom,
salitsilat kislota) va zaharli moddalarni chiqarib yuborish
funksiyasini ham ado etadi. Òerida sekretor va ekskretor
funksiyasini ekkrin va apokrin ter bezlari ham bajaradi.
Òashqi muhitga ter bilan birga issiqlik hamda mishyak,
simob, xinin, yod, brom, qand kabi moddalar (ekskretor
funksiya) chiqarib turiladi. Ekkrin ter bezlari ajratgan ter
kislotali muhitga ega bolib, zichligi 1,0041,008 ga teng.
Òerining 9899 % ini suv, 12 % ini unda erigan anorganik
birikmalar, jumladan, fosfat, sulfat, osh tuzi, kaliy, kalsiy
tuzlari, shuningdek, organik mahsulotlar (siydik kislo-
tasi, mochevina, kreatinin, ammiak, aminokislota) va
uglevodlar tashkil etadi. Oddiy sharoitda, havo haroratiga
bogliq holda, reflektor ravishda ter bezlaridan bir xilda
ter ajralaveradi: avvaliga toqimalardan, keyinchalik qon
plazmasidan ter bezlari orqali ter ajralib chiqadi. Òerning
ajralishi va uning tarkibi organizmning holatiga bogliq.
Masalan, buyrak kasalliklarida terida siydik kislotasi va
mochevina ortsa, endokrin bezlar kasalliklarida esa jum-
ladan, qandli diabetda, qand kopayadi. Natijada bemorning
ogzi qurib, tashna bolishidan shikoyat qiladi. Apokrin
ter bezlari sekretida glikogen, xolesterin va temir bor,
ular neytral muhitga ega bolib, funksiyasi endokrin va
jinsiy bezlarning faoliyati bilan uzviy bogliq. Asabiy-ruhiy
holat, chochish, hayajonlanish, qorqish kabi tasirotlar
normal teridan kop ter ajralishiga sabab bolishi mumkin.
Òerining moddalar almashinuvi funksiyasi. Odam or-
ganizmidagi bazi moddalar almashinuvi faqat terida ke-
chadi. Bunga muguzlanish moddasi bolgan keratin, me-
lanin va D vitamini sintezi misol bola oladi. Òeri suv,
minerallar (kaliy, kalsiy, natriy va boshqalar), yog, oqsil
23
va uglevodlar, shuningdek, gormon, ferment, vitamin va
mikroelementlar almashinuvida ishtirok etadi; bundan
tashqari, kopgina moddalarni saqlovchi manba bolib
ham hisoblanadi.
Odam organizmida 6065 % suv bolsa, shu suvning
71 % i terida boladi. Ayrim dermatozlar (otkir ekzema,
pemfigus, eritrodermiya va boshqalar)da suvning miqdori
bundan ham oshadi. Òerida yog moddalari oziq zaxirasi
sifatida yigiladi. Soglom odam terisida 5075 % gacha
qand yigiladi va qandli diabetda uning miqdori keskin
oshib ketadi. Uglevodlar almashinuvi buzilsa, terida fu-
runkulyoz, husnbuzar, kandidoz, ekzema va boshqa der-
matozlar avj oladi. Vitaminlar almashinuvida teri roli katta
ahamiyatga ega. C vitamini teri pigmenti melanin hosil
bolishida hamda glukozaning glikogenga aylanishida,
A vitamini epidermisning muguzlanishida ishtirok etadi.
A, D, E vitaminlari teridagi oqsillarning ozlashtirilishini
va oltingugurtning qabul qilinishini tezlashtiradi, C vita-
mini yetishmasligi shilliq qavatning zararlanishiga, lavsha
(singa) xastaligiga, A vitamini tanqisligi ixtioz, kse-
roderma, vulgar husnbuzar va tirnoqlar distrofiyasiga
sabab boladi. Òeridagi barcha moddalarning 1 % ini mi-
neral moddalar tashkil etadi. Patologik ozgarishlar jarayo-
nida bu elementlar miqdori va ular orasidagi munosabat
ham ozgarib turadi. Soglom odam terisida 0,5 mg % osh
tuzi boladi. Pemfigus, Dyuringning gerpetiform dermatit
kasalligida organizmda suv bilan birga tuz miqdori ham
oshib ketadi. Òeri silida zararlangan ochoqlarda kaliy miq-
dori kopayadi. Òeri azot almashinuvida ham ishtirok etadi.
Òerining nafas olish va rezorbsiya funksiyasi. Òerining
nafas olishdagi ishtiroki unchalik katta emas, odam yuta-
digan kislorodning 1/180, ajratadigan karbonat angid-
ridning 1/90 qismi teri orqali roy beradi. Suvning bugla-
nishi esa opkadagiga nisbatan 23 baravar kop. Shunday
qilib, teri gazlar almashinuvining 1 % ida ishtirok etadi.
Soglom odam terisining rezorbsiya (sorish) funksiyasi,
24
yani moddalarni oziga tashqaridan qabul qilish xususiyati
yuqori emas. Òeridagi suv-yogdan iborat yupqa parda
(mantiya) uning otkazuvchanligini susaytirsa ham teri ay-
rim yogda va liðidlarda yaxshi eruvchi moddalar (rezorsin,
oltingugurt, salitsilat va bor kislotasi, qorgoshin oksid,
temir xlorid, yod, simob, pirotalol va boshqalar)ni oziga
sorish xususiyatiga ega. Moddalarning teriga sorilishi yog
bezi bolgan soch follikulalari atrofida yaxshi kechadi. Ular
yoq joyda, masalan, qol va oyoq kaftlarida unchalik
sorilmaydi. Òerida yalliglanish jarayonlari bolganda
sorilish jadallashadi. Òirnalgan, eroziyalangan va shishgan
epidermisda, shuningdek, qator teri kasalliklari (ekzema,
tangachali temiratki, otkir dermatozlar)da terining sorish
xususiyati kuchayadi. Bemorga dorivor moddalar bu-
yurganda buni nazarda tutish kerak.
Òerining markaziy nerv sistemasi faoliyati bilan bogliqligi.
Dermatozlarning kelib chiqishida markaziy nerv siste-
masidagi kopgina markazlar hamda simpatik nerv sistema-
sining roli kattaligi haqida A. G. Polotebnov, A. I. Pospelov,
P. V. Nikolskiy va boshqalar aytib otishgan. Hozirgi paytda
patologik jarayonning kelib chiqishida markaziy nerv
sistemasining ahamiyatini hech kim inkor qilmaydi. Nerv
sistemasining faoliyati tufayli tashqi muhitdagi ekzogen
yoki biror endogen tasirlarga organizm teri orqali javob
reaksiyasini beradi. M. K. Petrova ozining tajribalari bilan
itlar nerv faoliyatiga har xil shikastlar yetkazib, ular te-
risida ekzematoz ochoqlarini hosil qilgan.
Bemorni giðotonik ahvolga solib, ikkinchi signal sis-
temasi tasirida uning terisidagi biokimyoviy jarayonlarni
ozgartirib yuborish mumkin. Giðnoz, elektr toki yorda-
mida uxlatish yoli bilan ikkinchi xabar sistemasi jonlan-
tiriladi va qizil yassi temiratki, eshakyem, sogallar, bazan
hatto ekzema va neyrodermitning ayrim xillarini davolash
yoki qichishish kabi simptomlarni kamaytirish mumkin.
Kopgina kasalliklarda terining ahvoli nerv markaz-
lari va miya qobigiga bevosita tasir qiladi. Uzoq vaqt qi-
25
chishish bilan kechadigan dermatozlarga chalingan be-
morlar nerv faoliyati funksiyasida talay ozgarishlar (jahl-
dorlik, tez-tez yiglash, uyqusizlik va boshqalar) kuzati-
lishi bunga misol bola oladi.
1.3. Bolalar va keksalar terisining oziga xos
xususiyatlari
Yosh bolalar terisi nozik, yupqa bolsa, yosh otgan
sayin, yani keksalarda uning xususiyatlari ancha ozgargan
boladi: teri shalvillagan, serburma bolib qoladi. Bolalar
terisining tuzilishi yoshga qarab ozgarib boradi. Katta
yoshdagilarda yaxshi rivojlangan epidermis bolalarda juda
yupqa, unchalik shakllanmagan bolib, mexanik tasirdan
salga jarohatlanishi, yara-chaqalar paydo bolishi mumkin.
Epidermis qavatlari bir-biri bilan bosh boglanib, hu-
jayralari siyrak joylashadi. Muguzlanish oson kechadi, do-
nador va yaltiroq qavatlar bolaning hatto qol va oyoq
kaftlarida ham unchalik taraqqiy etmagan boladi. Òeri
yuzasidagi suv-yogdan iborat yupqa parda (mantiya) mu-
hiti kattalar terisidagidek kislotali bolmay, aksincha ney-
tral yoki kuchsiz ishqorli boladi. Shuning uchun uning
bakteriotsid tasiri pastdir. Shu bilan birga bola terisining
gidrofilligi, undagi moddalar almashinuvining jadalligi
yuqori bolishi, buqoq bezi funksiyasining oshishi teridagi
regenerativ (tiklanish) reaksiyalar faolligini oshiradi.
Yangi tugilgan chaqaloqlar va kokrak yoshidagi bolalar
organizmining har xil kasalliklarga qarshi kuchi onaning
immuniteti va ona sutining immunologik xususiyatlariga
bogliq. Masalan, 4 yoshdan 8 yoshgacha bolgan bolalar
orasida dermatomikozlar kop uchraydi, chunki tugma
immunitetning tasir kuchi 1 yoshgacha yetadi, hayotda
orttirilgan immunitet esa hali barqarorlashmagan boladi.
Yosh bolalarning asl terisi (derma) hujayra elementlari
argirofil tolalarga boy. Kollagen, elastik tolalar esa kat-
talardagiga qaraganda ancha mayin, ingichka boladi. Hu-
26
jayralararo qavatlarda hali yaxshi shakllanmagan qo-
shimcha toqima hujayralar kop uchraydi. Òer bezlari un-
chalik rivojlanmaganligiga qaramay yog bezlari va soch
ildizlari yaxshi rivojlangandir. Kokrak yoshidagi godaklar
teriosti yog qavatining ogirligi bolalar tanasi ogirligiga
nisbatan kattalarnikiga qaraganda besh barobar kop bo-
ladi. Yog hujayralari va biriktiruvchi toqimali qoplamalar
nodifferensiallangan, morfologik korinish embrional xa-
rakterga ega boladi. Ular palmitin va stearin yog kislota-
larini kattalarnikiga qaraganda kop tutadi. Yog bezlari
hajmi ancha katta, bitta soch follikulasi atrofida 68 ta
yog bezi turadi. Ayniqsa, bolalarning yuzida, boshining
sochli qismida, anus sohasida juda kop yog bezlari joy-
lashgan boladi. Bola tugilganidayoq terisida apokrin ter
bezlari bolsa ham, ularning haqiqiy funksiyasi balogat
yoshidan boshlanadi. Yangi tugilgan chaqaloqlarning soch-
lari embrional davridan rivojlanadi, ular birlamchi sochlar
deyiladi. Keyinchalik ular tushib ketadi va orniga doimiy
ikkilamchi sochlar chiqadi. Jinsiy balogatga yetganda esa
soqol-moylov, qoltiqosti va qovda jun paydo boladi.
Bolalar terisining qon tomirlari va limfatik sistemasi deyarli
kattalarniki bilan bir xil, ammo nodifferensillangan, endote-
liyali mayda kapillarlar turi doimo dilyatatsiya holida boladi.
Ular terisining fiziologik giðeremiyalanib yoki qizgimtir-
oqimtir bolishi shu bilan tushuntiriladi. Bolalar terisi nerv-
retseptor apparatining kopchiligi hali unchalik rivojlanmagan
boladi. Godak 1 yoshga tolishi arafasida temperatura
sezgisini idrok qiladigan tanachalar rivojlana boshlaydi.
Bolalar terisida gazlar almashinuvi kattalarnikiga nisba-
tan ancha faolroq kechadi, organizmdagi jami gazlar al-
mashinuvining 1 % ini tashkil qiladi. Shu bilan birga ema-
digan bolalar terisining rezorbsion xususiyati namoyon
bolib, ayniqsa, ular zararlangan teri sohasida kuchli kechadi.
Bolalar terisining derma, giðoderma qavatidagi elastik
toqimalar va hujayralar ozida suv hamda mineral modda-
larni kop tutadi va teridagi osmotik bosimning tez oz-
27
garishiga sabab boladi. Bolalar terisi hujayralari ichida va
tashqarisida suv miqdori kop bolganidan ularda kop uch-
raydigan ekssudativ diatez, ekzema bazan ogir kechadi:
kopincha teri suvsirab turadi va bu jarayon tez qaytalaydi.
Òeri muhitining ishqoriy bolishi, pigmentlanishning
sustligi, organizm immunologik xususiyatining pastligi bo-
lalar terisining tez zararlanishiga olib keladi. Demak, xulosa
qilish mumkinki, yuqorida takidlab otilgan anatomik-
fiziologik xususiyatlar hisobiga (jumladan, terining ancha
yupqaligi, gidrofil bolishi, tarkibida suv va mineral
moddalarning kopligi, teri qavatlari tolalarining mustah-
kam bolmasligi, immunologik holatning yetarli rivojlanma-
ganligi) bolalar terisi har xil kasalliklarga tez chalinadi.
Bola ulgaygan sayin (68 yoshdan boshlab) terisi-
ning tuzilishi, barcha xususiyatlari katta odamlarniki kabi
boladi. Òeri qavatlari mustahkamlanib, tolalari yogon-
lashadi, pigment hujayralar, yog va ter bezlarining funk-
siyalari ozgaradi. Odam keksaygan sari uning organizmida
bolgani kabi terisida ham atrofik jarayonlar asta-sekin avj
olib boradi. Òerining rangi, elastikligi, mayinligi va boshqa
xususiyatlari ozgaradi. Yog va ter bezlari soni kamayib,
funksiyasi susayib qolganligi hisobiga teri yuzasi qurib,
muguzlanish jarayoni ortadi. Òerining epidermis qavati
biroz dagallashadi. Òerida gaz almashinuvi, sorilish, suv
va mineral moddalarning taqsimlanishi ancha sust kechadi.
Yuqorida qayd etilgan barcha ozgarishlar butun organizm
faoliyatiga tasir qiladi. Òerining taktil, temperatura, bosim
kabi funksiyalari keksalarda pasayib qoladi, immun
jarayonlar izdan chiqa boshlaydi. Shu sababli yoshi qaytgan
odamlar terisi osma kasalliklariga moyil boladi; tez-tez
yara-chaqalar chiqib turadi.
Ogriq, qichishish, issiq-sovuqni idora qiladigan nerv
tolalarining sezish funksiyasi pasayishi tufayli allergik
dermatozlar unchalik rivojlanmaydi, lekin surunkali uzoq
davom etadi. Keksa odamlar teri kasalliklarini davolash va
oldini olishda ana shu holatlarni hisobga olish zarur.
28
1.4. Òeri gigiyenasi
Òeri butun organizmni qoplab turadi, shu bilan birga
uni tashqi muhitning zararli tasirlaridan birinchi bolib
himoya qiladi. Shuning uchun birinchi galda teri kasal-
liklarining oldini olish, terini toza tutish va uni togri
parvarish qilib borish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yangi
tugilgan chaqaloqlar va yosh bolalarning terisi har kunlik
parvarishni talab qiladi.
Godak bolalarni iflos va hol bolgan taglik-choyshabda
aslo qoldirib bolmaydi. Ular har safar siyganida va ichini
boshatganidan keyin jinsiy azolarini iliq suvda yuvib artiladi
va chov, dumba sohalariga toza paxta moyi surtiladi yoki maxsus
mineral kukunlardan sepiladi. Bolaning tirnoqlari tez-tez
olinadi, badanini tirnab yubormasligi uchun yumshoq
qolqop kiygizib qoyiladi. Bola chaqaloqlik davrida va yarim
yoshgacha har kuni chomiltirilishi lozim. Shunda terisi doimo
toza bolib, bola yaxshi osadi. Bola chomiltiriladigan xona-
ning harorati 2224°C dan, qaynatilgan suvning harorati
3637°C dan past bolmasligi kerak; «Lanolinli», «Bolalar
uchun» kabi sovunlar bilan yuvintirish tavsiya etiladi.
Bolalarning osmirlik davrida terini parvarish qilishla-
riga, ayniqsa, alohida etibor berish lozim. Osmirlarda
kopincha yuz, kokrak, yelka terilariga, bazan, hatto
boshning sochli qismiga husnbuzar va boshqa toshmalar
toshadi. Balogat yoshida yigit-qizlar terisi bezlarining
faoliyati ortadi, terining hidi oziga xos bolib qoladi. Ular
har kuni yuvinib-taranib ozoda bolib yurishlari, husn-
buzar va yiringli maddalarni qol bilan sitmasliklari kerak.
Yosh qiz juvonlar bilar-bilmas yuz terisiga har xil upa-
elik va kremlar surtaversa, terining tabiiy rangi va silliqligi
ozgaradi, keyinchalik unga turli allergik toshmalar tosha-
digan bolib qoladi, dog tushadi. Òoza terida moyli yupqa
parda (mantiya) bolib, u patogen mikroorganizmlarning
kop qismini terining ichki qismiga otishiga yol qoymadi.
Òeri haddan tashqari ifloslanadigan bolsa, aksincha aj-
31
1. Òeri qanday organ?
A. Sezgi organi;
B. Qoplab turadigan azo;
C. Himoya qobigi;
D. Hamma javob togri.
2. Epidermis necha qavatdan iborat?
A. 2 qavat;
B. 7 qavat;
C. 3 qavat;
D. 5 qavat.
3. Asl teri qanday toqimadan iborat?
A. Muskul toqimasidan;
B. Epitelial toqimadan;
C. Silliq toqimadan;
D. Biriktiruvchi toqimadan.
4. Òeriosti yog qavati qaysi qavat bilan uzviy boglangan?
A. Epidermis bilan;
B. Asl teri bilan;
C. Muguz qavat bilan;
D. Yaltiroq qavat bilan.
5. Òeri qanday vazifalarni bajaradi?
A. Himoya, issiqlikni idora etish;
B. Chiqaruv, tashqi sezish;
C. Shimish, nafas olish, moddalar almashinuvi;
D. Hamma javob togri.
!
TESTLAR
34
Endogen omillar tasirida teriga xilma-xil toshmalar
toshadi va ular klinik jihatdan juda murakkab kechadi.
Markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyatining buzilishi
terining kopgina allergenlar, oziq-ovqatlar, dorivor va
kimyoviy moddalarga sezgirligini oshirib yuboradi. Ma-
bodo ular yana istemol qilinadigan bolsa yoki parenteral
yol bilan organizmga yuborilsa, toshma toshib ketadi.
Nerv sistemasidagi funksional ozgarishlar bir qancha teri
kasalliklari (ekzema, neyrodermit, tangachali temiratki,
yassi temiratki, atopik dermatit va boshqalar) korinishida
namoyon boladi. Qattiq ruhiy kechinmalar, nevrozlar,
oliy nerv sistemasidagi bazi ozgarishlarda ham terida
eritema, pufakcha, qavarchiq kabi toshmalar toshib, qator
dermatozlarni keltirib chiqaradi. Nerv sistemasidagi or-
ganik ozgarishlar natijasida ham terida buzilish roy be-
radi. Masalan, siringomiyeliya, orqa miya soxtasida katta
dog, pufakchalar, eroziya, yara va trofik ozgarishlar paydo
boladi.
Endokrin bezlar (jinsiy bezlar, buyrakusti bezlari) funk-
siyasining buzilishi oqibatida (qandli diabet, giðo- va
giðertireoz) teri kasalliklari tez rivojlanishi mumkin. Ma-
salan, jinsiy jihatdan balogatga yetmaganlarda husnbuzar,
seboreya paydo bolsa, homilador ayollarga giðerpigmentli
doglar tushishi mumkin. Qandli diabetda terining tez-tez
qichishishi kuzatiladi.
Moddalar, jumladan, uglevodlar, oqsillar, yoglar, mi-
neral moddalar va suv almashinuvining buzilishi teri ka-
salliklarining kelib chiqishida muhim rol oynaydi. Ug-
levodlar almashinuvining buzilishi qandli diabetni, bu oz
navbatida terida har xil yara-chaqalarni, xolesterin alma-
shinuvining buzilishi esa seboreya va husnbuzarlarni kel-
tirib chiqaradi.
Giðo- va avitaminozlar ham teri kasalliklarining paydo
bolishiga olib keladi. Bazi vitaminlarning yetishmasligi
biror kasallikning boshlanishiga turtki bolsa, ayrimlari,
jumladan C vitamini yetishmasligi lavsha (singa)ga, A
35
vitamini yetishmasligi muguzlanish jarayonining izdan chi-
qishiga, PP vitamini yetishmasligi pellagra kabi terida katta
ozgarishlar bilan kechadigan kasalliklarga sabab boladi.
Ovqat hazm qilish azolari faoliyatining buzilishi ham
teri kasalliklarining patogenezida muhim ahamiyat kasb
etadi. Meda-ichak sistemasi xastaliklarida (meda shirasi
tarkibining ozgarishi, gastrit, meda va on ikki barmoq
ichak yarasi, spastik kolit, gijja invaziyasi, disbakterioz va
boshqalar) ekzema, neyrodermit, eshakyem, qichima kabi
kasalliklar rivojlanadi yoki qayta qoziydi. Jigar xastaliklari
kopincha atopik dermatit, ekzema, neyrodermit va pes
kasalligining kelib chiqishiga sabab bolishi mumkin.
Qon yaratuvchi organlar va tomir kasalliklarida teri
qichishishi va turli toshmalar toshishi kuzatiladi. Masa-
lan, tomirlarning varikoz kengayishida oyoq boldirlari
terisida doglar, yaralar va eroziyalar paydo boladi. Oblite-
ratsiyalovchi endoartrit gangrenoz yaralarga sabab bolishi
mumkin. Giðertoniya kasalligi tufayli oyoqlarda trofik
yaralar yuzaga keladi (Morterella sindromi). Qon xasta-
liklarida ham terida morfologik elementlar (dog, qavar-
chiq, tugunchalar, tugun, lixenifikatsiya) paydo boladi va
ular aksariyat hollarda qichishish bilan kechadi.
Organizmning endogen yoki ekzogen omillarga nis-
batan sezuvchanligining ortishi (allergen holat) kopgina
teri kasalliklarining avj olishiga sabab boladi. Oziq-ovqat
mahsulotlari, osimlik changlari, dori-darmonlar, uy-
rozgorda ishlatiladigan har xil kimyoviy moddalar aller-
genlar jumlasiga kiradi. Organizmning individual xususi-
yatlari hamda allergenning tasir doirasiga qarab, pato-
logik jarayon terining turli anatomik qismlarida epidermis,
derma yoki giðodermada roy berishi mumkin. Bazan
organizmning allergenga sezgirligi shunchalik oshib ke-
tadiki, undan organizmga ozgina yuborish ogir asoratga
(anafilaktik shok) sabab boladi.
Òoshmalar bir qancha yuqumli (infeksion) kasallik-
larning ham (otkir yuqumli kasalliklardan qizamiq, skar-
36
latina, suvchechak; surunkali kasalliklardan sil, zaxm,
moxov va boshqalar) klinik belgisi bolib hisoblanadi. Òe-
rida va shilliq qavatda paydo bolgan toshmalarda bazan
irsiy kasalliklarning alomatlarini korish mumkin (lamellar
ixtioz, tomirli nevus va boshqalar). Òeri kasalliklarining
murakkab va xilma-xil bolishi morfologik elementlarning
turli-tumanligi, birga yoki aralash kelishi, rangi, konsisten-
siyasi va shakli bilan belgilanadi. Aksariyat dermatozlar-
ning kelib chiqishida ekzogen va endogen omillar odatda
birgalikda tasir qiladi.
2.2. Òeri kasalliklarining umumiy klinik belgilari
Òeri kasalligi butun organizm kasalligi bolib, unda roy
beradigan ozgarishlar bilangina chegaralanmay, balki turli-
tuman umumiy simptomlar bilan ham namoyon boladi.
Odatda, subyektiv va obyektiv simptomlar tafovut qilinadi.
S u b y e k t i v s i m p t o m l a r zararlangan teri
sohasining qichishishi, achishishi, ogrishi, tortishib tu-
rishi, paresteziya va shu kabilarda namoyon boladi. Ayrim
bemorlarda harorat kotarilib, et uvishishi, uyquning
buzilishi kabi holatlar kuzatiladi. Shuni takidlash joizki,
subyektiv simptomlar bazi kasalliklarning asosiy bel-
gilaridan hisoblanadi, chunki malum dermatozlar qi-
chishish bilan kechadi (qotir, eshakyem, qichima, ney-
rodermit, qizil yassi temiratki, ekzema va boshqalar). Ayrim
kasalliklar (psoriaz, pushti temiratki, piodermitlar va
boshqalar)da qichishish bolmasligi ham mumkin. Qotirda
qichishish asosan kechasi zorayadi. Demak, subyektiv
simptomlarni bemorning shikoyatidan aniqlasa boladi.
O b y e k t i v s i m p t o m l a r. Òeri kasalliklari
mutaxassisi teridagi obyektiv ozgarishlarga asoslanib tash-
xis qoyadi. Obyektiv ozgarishlar esa toshmalar korini-
shida namoyon boladi. Aksariyat teri kasalliklarida, uning
klinik belgilari toshmalar korinishida «teriga yozilgan»
boladi. Klinik belgilari siyrak yoki qalinligi, rang-tusiga
37
qarab shifokor tashxis qoyishda va davo choralarini qol-
lashda foydalanadi. Òoshmalar, odatda, yalliglanib yoki
yalliglanmasdan otishi mumkin. Òeri kasalliklarining
kopchiligi asosan yalliglanib otadi. Òeri kasalliklarida
yalliglanmagan toshmalar pigmentli doglar, osmalar,
atrofiyalar, giðerkeratozlar korinishida namoyon boladi.
Bunday toshmalar birlamchi va ikkilamchi morfologik ele-
mentlardan tashkil topadi. Ekzogen yoki endogen tasi-
rotga javoban terida paydo bolgan elementlar birlamchi,
shu elementlar asosida rivojlangan morfologik elementlar
ikkilamchi deyiladi. Birlamchi morfologik elementlar
infiltrativ hamda ekssudativ xillarga ajratiladi. Ikkilamchi
elementlarning tabiatiga qarab kopincha birlamchi ele-
mentlarning qanday kechgani togrisida tasavvur hosil
qilish mumkin.
Birlamchi morfologik elementlar. Òerining qaysi qismida
joylashganligiga, katta-kichikligiga, tarkibiga, yalligla-
nish xarakteri va oqibatiga (evolutsiyasiga) qarab 8 ta
birlamchi toshma elementlari tafovut etiladi: 1) dog
( m a c u l a ) , 2) tuguncha ( p a p u l a ) , 3) domboqcha
( t u b e r c u l u m ) , 4) tugun ( n o d u s ) , 5) pufak
( b u l l a ) , 6) pufakcha ( v e s i c u l a ) , 7) madda
( p u s t u l a ) , 8) qavarchiq ( u r t i c a ) . Shulardan dast-
labki 4 tasi infiltrativ, keyingilari (pufak, pufakcha, madda,
qavarchiq) esa ekssudativ morfologik elementlar deyiladi.
Dog deb, terining rangi ozgarib qolgan joyda paydo
boladigan toshmaga aytiladi. Doglar yalliglanadigan va
yalliglanmaydigan bolishi mumkin. Kelib chiqish sababiga
qarab tomirli, gemorragik, pigmentli doglar farq qilinadi.
Òuguncha teri (osti)dan kotarilib turadigan bosh-
liqsiz element. Òabiatan yalliglanishga aloqador bolishi
yoki bolmasligi ham mumkin. Òugunchalarning rangi
pushti, qongir, misdek qizil, kokish-qizil bolishi mum-
kin. Shakli jihatdan dumaloq, oval, poligonal, otkir uchli
serbar, kindiksimon, konussimon va yassi, konsistensiyasiga
kora esa yumshoq, qattiq elastik tugunchalar boladi.
38
Domboqcha otkir yalliglanishga deyarli aloqasi bol-
maydigan, teri sathidan kotarilib turadigan boshliqsiz
element. Chuqur tomirlar atrofidagi dermaning retikular
qatlamida hujayra infiltrati toplanib qolishi tufayli kelib chiqadi.
Òugun boshliqsiz elementlar qatoriga kirib, teri da-
midan ancha kotarilib turadi, otkir bolmagan yalligla-
nish bilan kechadi, infiltrativ tabiatga ega. Konsistensiyasi
qattiqroq, aniq chegaralangan, kattaligi 15 sm bolib,
asosi teriosti qatlamida, yani giðodermada joylashadi.
Pufakcha doimo otkir yalliglanish tabiatiga ega
bolgan, teri ostidan kotarilib turadigan, kovakli, ichida
seroz suyuqligi bor ekssudativ birlamchi element. Oval,
yarimsharsimon shaklda, kattaligi 1,5 dan 5 mm gacha yetadi.
Pufak ichi kovakli ekssudativ element, kattaligi 0,5
dan 57 sm gacha bolishi mumkin. Pufakning ham xuddi
pufakchaga oxshab kovak, post va asos qismi tafovut qilinadi.
Madda, pustula teri ostidan kotarilib turadigan va
ichida yiring boladigan boshliq element. Pustulalar odatda
otkir yalliglanish tabiatiga ega boladi. Ayrim kasalliklar,
masalan, zaxmda pustulalar otkir bolmagan yalliglanish
bilan kechadi. Pustulalar yarimsharsimon va yassi konus-
simon shaklda boladi; ularning kattaligi esa noxatdek,
bazan olchadek keladi.
Qavarchiq otkir yalliglanish tabiatiga ega bolib,
teri ostidan biroz kotarilib turadigan boshliqsiz element;
dermaning sorgichsimon qavatida chegaralangan otkir
yalliglanish va serozli shish paydo bolishi natijasida vujudga
keladi. U dumaloq, chozinchoq va oval shaklda, qizgish
tusda boladi. Qattiq qichishish bilan kechadi.
Ikkilamchi morfologik elementlarga quyidagilar
kiradi: pigment doglar ( p i g m e n t a t i o ) , tangacha
( s q u a m a ) , qora qotir post ( c r u s t a ) , yoriqlar
( f i s s u r a ) , ekskoriatsiya, tirnalish ( e x c o r i a t i o ) ,
eroziya ( e r o s i o ) , yara ( u l c u s ) , chandiq ( c i c a t r i x ) ,
vegetatsiya ( v e g e t a t i o n e s ) , lixenifikatsiya
( l i c h e n i f i c a t i o ) .
39
Pigment doglar (pigmentatsiya, teri disxromiyasi
dischromia cutis) terida pigmentlanishning buzilishi.
Odatda birlamchi elementning ornida paydo boladi.
Òangacha muguz qavatning kochib tushadigan
yadrosiz hujayralari.
Qora qotir post, postloq teridagi birlamchi pu-
fakcha, pufak, yiringcha va chuqur yaralar kabi toshmalar
tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning qurib qolishi
natijasida yuzaga keladi.
Yoriqlar terining chiziqli nuqsoni (yetishmovchiligi)
bolib, yalliglanish, infiltratlanish oqibatida hamda teri ozi-
ning yumshoqligi va elastikligini yoqotganida vujudga keladi.
Ekskoriatsiya, tirnalish soglom terining mexanik
tasiri tufayli jarohatlanishi, kopincha teri qichishishi na-
tijasida paydo boladi.
Eroziya teri epidermis qavatining yuza nuqsoni,
odatda pufakcha, pufak yoki yuza maddalar yorilganidan
keyin paydo boladi.
Yara terining chuqur nuqsoni, bunda epidermis,
derma, hatto giðoderma ham zararlanishi mumkin. Yara
domboqcha, tugun, chuqur pustula kabi birlamchi in-
filtrativ elementlar yorilganidan song yuzaga keladi.
Chandiq terining chuqur nuqsonlari (yara) bilan
kechadigan domboqcha, tugun, chuqur pustula va bosh-
qalar orni bitayotganida hosil boladi. Chandiqli teri sohasi
soglom teridan keskin farq qilib, unda oziga xos mayinlik,
egatchalar, tuklar, ter va yog bezlari mutlaqo bolmaydi.
Vegetatsiya aksariyat terining uzoq vaqt yalliglan-
gan sohasida epidermis tikansimon qavatining osib ke-
tishi hamda sorgichlarning yuqoriga qarab kengayishi na-
tijasida paydo boladi.
Lixenifikatsiya, terining dagallashishi terining
oziga xos ozgarishi bolib, undagi naqshning dagalla-
shishi bilan ifodalanadi, bunda teri egatchalari royirost
bilinib, xuddi shu soha terisi giðerpigmentlanadi, quruq-
shab, gadir-budur bolib qoladi.
40
Òeri va tanosil kasalliklaridagi toshmalar faqat bir xil
birlamchi morfologik elementlardan (masalan, tangachali
temiratki yoki zaxmdagi tugunchalar, rozeolalar, sogal
va boshqalar) tuzilgan bolsa, monomorf toshmalar deyiladi.
Shuning uchun monomorf toshmalardan iborat derma-
tozlar farq qilinadi. Ularga tangachali hamda qizil yassi
temiratki, eshakyem, vulgar pemfigus, furunkuloz, gid-
roadenit, chaqaloqlarning chilla yarasi va boshqalar kiradi.
Agar xastalikda har xil birlamchi morfologik elementlar
uchrasa, uni chin polimorfizm deb ataladi. Aksariyat ka-
salliklarda, jumladan, ekzema, moxov, Dyuringning ger-
petiform dermatiti, zaxmning ikkilamchi davrida bir yola
har xil, yani ham birlamchi, ham ikkilamchi elementlar
kuzatiladi. Bunday toshmalar polimorfizmi soxta po-
limorfizm deb ataladi. Bemordagi monomorf, polimorf
toshmalar yoki soxta polimorfizmni baholay bilish ka-
sallikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
2.3. Òeri kasalligi bilan ogrigan bemorlarni
klinik tekshirish
Òeri va tanosil kasalligi bilan ogrigan bemorlarni tek-
shirish usullari terapiya va jarrohlikda qabul qilingan tek-
shirish usullaridan farq qiladi. Bunda bemordan faqat
anamnez yigib qolmay, balki uning terisi va shilliq qavat-
lari umumiy korikdan otkaziladi. Òekshiruv chogida te-
ridagi birlamchi yoki ikkilamchi elementlarga, ularning
tarqoq yoki chegaralanganligi, shuningdek, konsistensiyasi,
toshmalar chegarasi, atrofidagi terining ozgargan yoki
ozgarmaganligiga ahamiyat berish talab etiladi.
Bazi dermatozlar klinik korinishi jihatidan bir-biriga
juda oxshash boladi yoki kasallik atiðik shaklda kechadi.
Bunday hollarda shifokor kopincha palpatsiya, diaskopiya,
tirnash kabi tekshirish usullarini qollashi yoki kasallikning
kelib chiqish tarixini chuqurroq organishi zarur. Bazan
teri morfologiyasini organish, qon va siydikni umumiy
41
analiz qilish va boshqa maxsus usullarni (masalan, qonning
serologik reaksiyasi, teridagi elementlardan oqish tre-
ponema, moxov tayoqchasi, akantolitik hujayralarni izlash,
immunologik tekshirishlar va b.) qollashga togri keladi.
Kasallik tashxisida togri yigilgan anamnezning aha-
miyati katta. Kasbga oid dermatozlarni aniqlashda aynan
shu soha kishilarida kuzatiladigan kasalliklar, masalan,
kushxona va konserva zavodi ishchilarida erizepelloid; qas-
sob yoki teri oshlovchilarda kuydirgi; veterinarlar va ot
boquvchilarda manqa, uglevodorod bilan muloqotda
bolganlarda melanodermiya kabi kasalliklarning uchrab
turishi etiborga olinadi. Òeri leyshmanioziga gumon qilingan
bemordan Qashqadaryo, Surxondaryo va shu viloyat atrofi-
dagi hududlarda safarda bolgan yoki bolmaganligini sorab-
surishtirish kasallikni oz vaqtida aniqlash imkonini beradi.
Bazi dermatozlar diagnostikasida yil fasllariga ham
ahamiyat beriladi. Masalan, orab oluvchi temiratki, kop
shaklli ekssudativ eritema, pushti rang temiratki bahor va
kuzda uchrasa, eritematoz, fotodermatoz va zamburugli
kasalliklar bahor va yoz oylarida uchraydi.
Anamnez yigishda dermatozning vaqt-vaqti bilan qo-
zib turishini inobatga olish zarur. Masalan, psoriaz, ekzema,
Dyuring dermatiti retsidivga moyil bolsa, trixofitiya, pushti
rang temiratki va boshqalarda residiv kuzatilmaydi.
Dermatozlar diagnostikasida kasallik boshlanishidan
oldin bemorning dori-darmon qabul qilgan yoki qilma-
ganligi, shuningdek, oila azolarida shunga oxshash tosh-
malar bor-yoqligini surishtirish maqsadga muvofiq.
Bemorning hayotiy anamnezini ( a n a m n e s i s
v i t a e ) yigish, organ va sistemalarini tekshirish, terapev-
tik klinikalarda qabul qilingan usullardan deyarli farq qilmaydi.
Òeri kasalligi bilan ogrigan bemorlarni tekshirishda
dermatologik statusning ahamiyati katta. Bunda avvalo
morfologik elementlar yalliglangan yoki yalliglanma-
ganligini aniqlash kerak. Kopincha otkir yalliglanish eks-
sudativ komponent bilan kechsa, surunkali yalliglanishda
42
proliferativ komponent qoshiladi. Kasallikni aniqlashda
toshmalarning orni ham ahamiyatga ega. Masalan, pso-
riaz, teri silining papulonekrotik turida toshmalar terining
yozuvchi qismida uchrasa, sil volchankasi, eritematoz,
husnbuzarlarda toshmalar asosan yuzda boladi.
Òoshmalarning tarqoq, chegaralangan, generalizatsiya,
disseminatsiya bolib joylashganligiga, simmetrik yoki no-
simmetrikligiga, shuningdek, toshmalarning katta-kichik-
ligi, shakli, chegarasi, rangi, konsistensiyasi hamda yuzasiga
etibor berish zarur. Òoshmalarning chegarasi aniq yoki
noaniq, keskin va nokeskin, yassi, konussimon, yarimshar-
simon shaklda boladi. Òoshmalar yumshoq, elastik, qat-
tiqroq va juda qattiq konsistensiyali bolishi mumkin.
Kasallik diagnostikasida dermografizmning ham aha-
miyati katta. Uni teri nerv-tomir sistemasining mexanik
qitiqlashga nisbatan javob reaksiyasiga kora ham aniq-
lanadi. Agar teri sathida shpatel yurgazilsa u qizaradi va 2
3 daqiqadan song rangi yoqoladi. Bu normal dermogra-
fizmdir. Qizil dermografizm ekzema, psoriaz, oq dermogra-
fizm qichima, eksfoliativ dermatit, turgun oq yoki ara-
lash dermografizm esa neyrodermit, eshakyemda uchraydi.
Dermatologik status songida bemorning subyektiv shi-
koyatlari qayd etiladi.
2.4. Òeri kasalliklarini davolash tartibi
Òeri kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash shartli
ravishda ikkiga bolinadi: umumiy va mahalliy.
Umumiy davolash. Bunday usulda davolashda asab
sistemasini tinchlantirish, organizmning qarshilik korsatish
qobiliyatini oshirish, vitaminlar yetishmovchiligining oldini
olish, mikroblar tushishi bilan kechadigan kasalliklarni
antibiotiklar bilan davolash nazarda tutiladi.
Nerv sistemasini tinchlantirish uchun brom preparatlari
(kaliy yoki natriy bromidning 0,250,5 % li eritmasi 2
3 mahal 1 osh qoshiqdan ichishga buyuriladi) va trankvili-
43
zatorlar (12 ml 2,5 % li aminozin muskul orasiga, taze-
pam 0,01 g, kechqurun uxlashdan oldin, trioksazin 0,3 g
dan kuniga 2 mahal, meprotan 0,2 g dan kuniga 23 mahal)
keng qollaniladi. Bu dorilar juda asabiylashish va kuchli
qichishish bilan kechadigan dermatozlarda tavsiya etiladi.
Òinchlantirishning keng foydalanadigan turi giðnosug-
gestiyadir, yani bunda shifokor bemorga xushmuomalalik
bilan ruhiy tasir etadi. Òinchlantiruvchi dorilardan novo-
kainning 0,250,5 % li eritmalari qollaniladi. Bu dori
21015 ml dan muskul orasiga yuboriladi yoki ovqatdan
1 soat oldin 1525 ml dan kuniga 3 mahal ichiladi.
Novokaindan bazan odamning boshi aylanib, kongli
ayniydi, umuman boshashib ketadi. Bunday hollarda
novokain berishni toxtatish kerak.
Kopchilik dermatozlarning vujudga kelishi va rivojla-
nishida allergologik ozgarishlar muhim ahamiyat kasb
etadi, bunda bemor organizmida ota sezuvchanlik holati
kuzatiladi. Bunday hollarda davolash asosini giðosensi-
bilizatsiyalash tashkil qiladi. Giðosensibilizatsiyalovchi
moddalardan kalsiy birikmalari (kalsiy xlor, glukonat kal-
siy) va tiosulfat natriy keng qollaniladi; kalsiy tuzlari
simpatik va vegetativ nerv sistemasiga ijobiy tasir etib,
qon tomiri devorlari otkazuvchanligini normallashtiradi
va mustahkamlaydi. Kalsiy tuzlari 10% li eritma holida
1 osh qoshiqdan uch mahal ichiladi yoki 510 ml dan
venaga yuboriladi. Kalsiy tuzlari venaga yuborilganda, ular
angioretseptorlarni qitiqlab, nerv sistemasi orqali butun
organizm holatini normallashtiradi. Òiosulfat natriyning
30 % li eritmasi venaga yuboriladi, uning giðosensibilizat-
siyadan tashqari antitoksik tasiri ham bor.
Antigistamin dorilar. Òeri kasalliklari patogenezida
gistamin va boshqa biologik aktiv moddalarning ahamiyati
katta; allergik reaksiyalar tufayli bu moddalar miqdori
bemor organizmida yuqori bolib, ular qon tomirlar de-
vorining otkazuvchanligini oshiradi, natijada terida
eritema, shish va kuchli qichishish kuzatiladi. Bunday
44
noxushliklarni bartaraf etish maqsadida antigistamin dori-
darmonlardan dimedrol, lorid (loratadin) suprastin,
tavegil, loratal, biopassit, piðolfen va boshqalar buyuri-
ladi. Dimedrol 0,03 0,05 g dan kuniga 23 mahal
ichiladi yoki 1 % li eritmasi muskul orasiga yuboriladi.
Suprastin 0,025 g dan 12 mahal ichish yoki 2 % li
eritmasi 1 ml dan muskul orasiga; diðrazin (piðolfen)
0,025 g dan tabletka yoki 2,5 % li eritmasi 1 ml dan
muskul orasiga; diazolin 0,1 g dan kuniga 23 mahal,
fenkorol 0,025 g dan kuniga 3 mahal, tavegil tablet-
kasi 0,001 g dan kuniga 23 mahal, yoki 2 ml dan muskul
orasiga, astemisan 1 tabletkadan kuniga 23 mahal,
peritol, zaditen 1 tabletkadan 2 mahal buyuriladi.
Keyingi yillarda tavegil va zaditenni faqat tabletkasi emas,
balki uning siropi (qiyomi) ham qollanilmoqda, ayniqsa, u
yosh bolalar allergodermatitlarini davolashda juda qol keladi.
Vitaminlar bilan davolash. Kopincha bazi dermatozlar
vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqadi. Shu sababli
bemor organizmidagi yetishmaydigan vitaminlar ornini
toldirish maqsadida sintetik vitaminlar tavsiya etiladi.
C vitamini askorbin kislotasi 0,10,3 g dan kuniga
3 mahal ichiladi yoki 5 % li eritmasi 12 ml dan muskul
orasiga yoki venaga yuboriladi.
B vitamini guruhiga kiruvchi vitaminlar: B
1
(tiamin)
nevrit kasalligida keng qollaniladi, u ogriqni qoldirib,
qichishishni kamaytiradi. Bu vitaminni 0,010,02 g dan
kuniga 23 mahal ichish yoki 5 % li suvli eritmasini 0,5
1,0 ml dan muskul orasiga yuborish tavsiya etiladi.
B
2
(riboflavin), B
6
(piridoksin), B
12
(sianokobalamin),
B
5
(pantotenat kalsiy), B
15
(kalsiy pangamat) vitaminlari
ham dermatologiya sohasida keng qollaniladi.
A vitamini (retinol) epidermisdagi muguz qavatda
kechayotgan keratinizatsiya jarayonida ishtirok etadi, agar
bu vitamin yetishmasa giðerkeratoz holati vujudga keladi.
A vitaminini kuniga 50000100000 XB dan ichish yoki
muskul orasiga yuborish mumkin.
45
E vitamini (tokoferol). 50150 mg dan kuniga bir mahal
ichiladi yoki muskul orasiga 50 mg dan yuboriladi.
PP vitamini (nikotin kislotasi) ichish uchun 0,05
0,1 g dan kuniga 23 mahal, venaga va muskul orasiga 1
3 ml dan 1 % li eritmasini yuborish tavsiya etiladi.
B guruhdagi vitaminlar allergiya va gistaminga qarshi
davolashda koproq qollaniladi. Bundan tashqari, ular hujayra-
lararo oksidlanish jarayonini qayta tiklashda ishtirok etadi.
Mikroelementlar. Bazi teri kasalliklarining patoge-
nizida mikroelementlarning ahamiyati katta. Masalan,
enteropatik akrodermatit va soch tokilishida rux, viti-
ligoda mis moddalarining yetishmasligi aniqlangan.
Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi vositalardan
autogemoterapiya, piroterapiya, biogen stimulatorlardan
keng qollaniladi. Ular organizmning organ va sistemalari
faoliyatini oshirish, himoya qilish mexanizmlarini (gumoral
va hujayralar immuniteti) kuchaytirish xususiyatiga ega.
Organizmning nospetsifik stimulatsiya qilishini oshirish
maqsadida aloe, platsenta, FIBS, gammaglobulin va
boshqalardan foydalaniladi.
Steroidli gormonlar bilan davolash. Steroidli gormonlar
organizmda yetishmagan tabiiy gormonlar ornini qoplash
yoki organizmga spetsifik farmakodinamik tasir etish maq-
sadida qollaniladi. Hozirgi paytda gormon preparatlaridan
gidrokortizon, kortizon, shuningdek, prednizolon, deksa-
metazon, triamsinalon va boshqalardan keng foydalanil-
moqda. Ular ovqatdan keyin ichiladi yoki muskul orasiga
yuboriladi. Bu dorilarning 2/3 qismi kunning birinchi yarmida
qabul qilinishi kerak. Prednizolonning kattalarga bir kunlik
ortacha miqdori 1015 dan 3040 mg gacha, deksame-
tazon 24 mg, triamsinolon esa 1020 mg dan buyuriladi.
Òasirini hisobga olgan holda, gormon preparatlari bilan
davolanayotgan bemorlarga kaliy (kaliy orotat, panangin,
asparkam) va kalsiy tuzlari (kalsiy glukonat, pantotenat
kalsiy, anabolik steroidlar (retobolil, fenobolil), vitaminlar
hamda vitaminga boy bolgan meva va sabzavotlar tavsiya
46
etiladi. Kortikosteroidlar qabul qilayotgan bemorlarda
ikkilamchi infeksiyalar kuzatiladi. Uni oldini olish maq-
sadida antibiotiklar buyuriladi.
Kortikosteroidlarning kundalik miqdori kasallikning
klinik kechishi va bemorning vazniga bogliq. Ogir ke-
chadigan dermatozlarda (pemfigus, eritrodermiyalar) katta
miqdorda gormonlar qabul qilish tavsiya qilinadi (masalan,
80100 mg); kasallik tuzala boshlashi bilan oz-ozdan
kamaytirib minimal miqdorga keltiriladi va shu meyorda
ushlab turiladi.
Antibiotiklar bilan davolash. Òeri kasalliklari ichida
terining yiringli kasalliklari, ayniqsa, bolalarda koproq uch-
raydi. Antibiotiklardan penitsillin, ampitsillin, tetratsiklin,
eritromitsin, makrolid sefalosporin guruhi preparatlari,
levomitsetin kop qollaniladi.
Antibiotiklar bemorda kasallikning umumiy simptomlari
(tana haroratining kotarilishi, et uvishishi, bosh ogrishi)
regionar limfodenit kuzatilganda hamda patologik jarayon
boyin va bosh sohasida joylashganda buyuriladi. Antibio-
tiklarni tavsiya etishdan oldin, imkoniyat bolsa, mikroorga-
nizmlarning antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniq-
lash maqsadga muvofiqdir. Iloji bolmasa, keng spektrli
antibiotiklarni qollash tavsiya etiladi. Antibiotiklarning bir
martalik, kunlik miqdori kasallik darajasiga bogliq bolib,
ortacha miqdori tanlanadi. Antibiotiklar faqat teri pioder-
miyalarida emas, balki teri sili, moxov, leyshmanioz (aso-
san, rifampitsin) kabi dermatozlarda ham keng qollaniladi.
Antibiotiklar uzoq vaqtga buyurilgan bolsa, ularga
albatta kuniga 4 mahal 250000500000 ÒB dan nistatin
ham buyuriladi.
Zamburuglarga qarshi preparatlar (antibiotiklar). Anti-
mikotiklar, asosan zamburug indaksiyasi tufayli soch,
tirnoq shikastlanganda, teridagi patologik ochoqlar tar-
qalgan va chuqur joylashganda tavsiya etiladi. Antimi-
kotiklar fungitsid (zamburug hujayrasini oldiradi) yoki
fungistatik (hujayra bolinishini toxtatadi) xususiyatiga
47
ega. Yengil kechuvchi kandidoz infeksiyasiga qarshi nis-
tatin, ogir kechuvchi turi va shilliq qavatlar kandidoz-
larida nizoral, difluzol (flukonazol), terbinoks (terbi-
nafin) va diflukan preparatlari tavsiya etiladi.
Viruslarga qarshi dori vositalari. Ushbu dori vositalari
umumiy va mahalliy tarzda qollaniladi. Lekin ularni parallel
buyurish maqsadga muvofiqdir. Antivirus preparatlari
viruslar keltirib chiqargan dermatozlarda (oddiy temiratki
gerpes, orab oluvchi temiratki, kontagioz mollusk,
terining papillomovirus infeksiyasi) tavsiya etiladi. Keyingi
yillarda asiklovir, valtreks va famvir kabi dori vositalaridan
samarali foydalanilmoqda.
Nosteroidli yalliglanishga qarshi vositalar (NYQV)
keyingi yillarda dermatologiyada keng qollanilmoqda.
Ushbu guruh preparatlarning (voltaren, brufen, indome-
tatsin, aspirin va boshqalar) artropatik psoriaz, qizil
yuguruk, tugunsimon eritema, pannikulit va boshqa teri
kasalliklarini davolashda terapiyada qabul qilingan ortacha
miqdori buyuriladi.
Òeri kasalliklarining paydo bolishi va rivojlanishida
immunologik ozgarishlarning ahamiyati katta. Immun
sistema faoliyatini kuchaytirish maqsadida dekaris, im-
munomodulin, timolin, taktivin va boshqalarni qollash,
uning faoliyatini susaytirish uchun esa immunosupressiv
vositalar (metotreksat, azotioprin, prospidin, siklofosfan,
sandimmun) dan foydalanish mumkin.
Bazi dermatozlarni davolashda quyidagi turli xil
kimyoterapevtik vositalar qollaniladi: piodermiyalarda
sulfanilamidlar; moxov kasalligi va Dyuringning gerpe-
tiform dermatitida diaminodifenilsulfon, diusifon;
eritematoz, pushti husnbuzar, qizil yassi temiratkida
xingamin (rezoxin, delagil, xloroxin); teri silida ftivazid,
salyuzid va boshqalar.
Òeri kasalliklarini davolashda fizik usullar (issiqlik,
nur va elektr bilan davolash) keng qollanilmoqda.
Davolash vositasi sifatida nurdan foydalanganda bemor
48
terisining shu nurga nisbatan sezuvchanligi va yoldosh
kasalliklar hisobga olinishi zarur. Ultrabinafsha nurlar
(UBN) bilan davolaganda terining shu nurga nisbatan
tasirchanligini oshiradigan dorilarni (fotosensibiliza-
torlar) birga qollash tavsiya etiladi. Bu davolash usuli
fotokimyoterapiya yoki PUVA-terapiya deb ataladi. Foto-
sensibilizator sifatida puvalen, lamadin, psoberan va bosh-
qalarni qollash mumkin.
Mahalliy davolash. Mahalliy yoki sirtdan davolash aslida
umumiy davo hamdir, chunki ular faqat mahalliy tasir
etib qolmay, balki teri orqali sorilib butun organizmga
umumiy tasir etadi. Mahalliy davo har bir bemor uchun
alohida tanlanadi. Shundan song zararlangan ochoqning
holati, kasallikning kechishi, bosqichi, jarohatning yuza
yoki chuqurligi, shuningdek, bemor ilgari qollagan ma-
halliy davo vositalarini hisobga olgan holda mahalliy davo-
lashni boshlash mumkin. Òeri kasalliklarini mahalliy davo-
lashda dorilar sepiladi, namlanadi yoki hollanadi (ïðè-
ìî÷êà), turli aralashmalar va malhamlardan foydalaniladi.
Namlash uchun ishlatiladigan suyuqliklar, chayqatma
va upalar yuzaki tasir etish xususiyatiga ega.
Namlash, hollash (ïðèìî÷êà) usuli kasallikning ot-
kir, yarim otkir yalliglanish davrlarida, teri yuzasi issiq
va nam bolganida qollaniladi. Bunda qon tomirlari siqilib,
teri yuzasida pilchirash kamayadi, qichishish va ogriq
yoqoladi. Òerini namlash uchun suvda eriydigan dorilar-
dan foydalaniladi. Bunda namlash uchun buyurilgan do-
rilardan biri qollaniladi. Buning uchun doka yoki bint 4
5 qavat qilib buklanadi va dorida hollanadi, biroz siqib
zararlangan joy ustiga boglab qoyiladi. U qurib qolmasligi
uchun har 1020 minutda namlab turiladi. Namlash usu-
lida 12 % li rezorsin, 0,25 % li kumush nitrat, 2 % li
borat kislotasi, 1:1000 nisbatda tayyorlangan etokridin
laktat va boshqa dori eritmalaridan foydalaniladi.
Upalar yalliglanishga qarshi yuza tasir korsatadi.
Ular dezinfeksiya qilish, qichishishni kamaytirish, teridagi
49
nam, yog, terni oziga sorib olib, terini sovitish xusu-
siyatiga ega. Indifferent (talk, vismut, oq loy, ruh oksidi,
kraxmal), dezinfeksiyalovchi (dermatol, kseroform), shu-
ningdek, tarkibida antibiotiklar bolgan upalar ishlatiladi.
Ular zararlangan joyga bir tekis yupqa qilib sepiladi.
Chayqatma (áîëòóøêà)lar yoki chayqatiladigan ara-
lashmalar teridagi yalliglanishni kamaytirish, terini
sovitish va quritish maqsadida ishlatiladi. Ular (30 %) bir
yoki bir necha xil kukun moddalar (rux, talk, oq loy,
kraxmal) hamda (70 %) suv yoki asos (spirt, glitserin,
vazelin moyi) va boshqalardan iborat boladi. Chayqatmani
qollashdan oldin u albatta yaxshilab chayqatiladi. Ara-
lashmalar tarkibidagi suyuqlik tez buglanib ketib, za-
rarlangan terida faqat kukun qismi qoladi. Chayqatmalar
suvli, suv-spirtli va moyli boladi.
Pastalar teri kasalliklarini davolashda juda kop qol-
lanadi. Ular tayyor holda boladi yoki shifokor korsat-
masiga asosan tayyorlanadi. Pastalar teng miqdordagi yog
yoki yogsimon moddalar (lanolin, vazelin), shuningdek,
qattiq kukunsimon moddalardan (talk, rux oksidi) iborat
boladi. U terining chuqur qavatlariga tasir etadi. Pastalar
kepaklanish, qichishishni kamaytiradi, tarkibidagi kukun
ekssudatni oziga sorib olib, terini sovitadi va zararlangan
terining tezroq tuzalishiga yordam beradi. Pasta tarkibidagi
yog yoki yogsimon moddalar tangacha va postlarni
yumshatib, ularni sekin-asta kochirib tushiradi. Òarkibi-
dagi yog va upa miqdoriga qarab quyuq (60:40) va suyuq
(40:60) pastalar tafovut etiladi.
Malhamlar asosini yog yoki sintetik yogsimon mod-
dalar tashkil qilib, uning tarkibi turli xil farmakologik
moddalar (oltingugurt, rezorsin, mentol, dermatol, levo-
mitsetin)dan iborat. Malham surilgandan keyin teridan
chiqayotgan ter tarkibidagi suyuqlik malham ostida qoladi
va u zararlangan terini yumshatib, dori-darmonlarni teri-
ning chuqur qavatlariga singishini taminlaydi. Yoglarga
turli xil dori-darmonlar qoshib qichishishni va ogriqni
50
qoldiruvchi, yumshatuvchi, dezinfeksiyalovchi va hokazo
malhamlar tayyorlash mumkin. Malhamlar, asosan, hay-
von va mineral yoglari (moylari), shuningdek, sariq va-
zelin, lanolin va bazan naftalan asosida tayyorlanadi.
Kremlarning 2/3 qismi yog va 1/3 qismi suvdan iborat
bolib, ular terini yumshatib, sovitish va tashqi muhit
tasiridan saqlash xususiyatiga ega.
Keyingi yillarda tarkibida kortikosteroid bolgan mal-
ham va kremlar keng qollanilmoqda: 1 % li gidro-
kortizon, 0,5 % li «Prednizolon», «Sinalar», «Advan-
tan», «Dermoveyt», «Betkoveyt» kortikosteroid va anti-
biotiklardan iborat malham va kremlar («Selestoderm
«B», «Diðrogenta», «Òriderm») qichima kasalligi pio-
dermiya qoshilib murakkablashganda yaxshi yordam be-
radi. Yuz va tananing nozik sohalariga (jinsiy azolar, anal,
kokrak terisi atrofiga) «Momometazon furaat» (elo-
kom)ni qollash tavsiya etiladi.
Dermatozlarni davolashda ikkilamchi infeksiya bilan
asoratlanganda mikrob va yalliglanishga qarshi vosita si-
fatida oksikort (gidrokortizonning oksitetratsiklin bilan
birikmasi) va polkordolan (triamitsinolan va tetratsiklin-
ning birikmasi), oksisiklizol (prednizolon va oksitet-rasiklin
birikmasi) aerozollari yaxshi naf beradi.
Keyingi yillarda tarkibida kortikosteroid bolmagan
dori vositalari yalliglanish jarayonlarini bartaraf etishda
keng qollanilmoqda. Bulardan skinkap (aerozol, malham,
shampun shaklida), nizoral (shampun shaklida) psoriaz
va seboreyali dermatitni davolashda buyuriladi.
Malhamlar tarkibidagi dori-darmonlarning farma-
kologik tasiri ularning konsentratsiyasiga bogliq, ma-
salan, salitsil kislotasi, rezorsin oz miqdorda et bitirish
(keratoplastik) xususiyatiga ega bolsa, yuqori konsen-
tratsiyada keratolitik, undan yuqori konsentratsiyada kuy-
diruvchi xususiyatga ega.
Keratoplastik moddalar yalliglanishni kamaytirib,
zararlangan epidermisning muguz qavatini qayta tiklaydi:
51
infiltratlarni soriltiradi, terini quritib, qichishishni ka-
maytiradi. Keratolitik dorilar dezinfeksiyalash xususiyatiga
ham ega.
Salitsil kislotasi va rezorsin (510 % va undan yuqori
konsentratsiyada) ishqor (sovun, ayniqsa, kaliy ele-
menti bor kok-yashil sovun) va boshqalar keratolitik
xususiyatga ega.
P a r a z i t l a r n i yoqotishda antiðarazitar dorilar:
benzilbenzoat, medifoks, spregal, oltingugurt, metrogil gel,
yod, kseroform, etakridin laktat va boshqalar keng
qollaniladi. Bu moddalarni malham, chayqatmalar yoki
namlovchi dorilar korinishida ishlatish mumkin.
Zamburugli teri kasalliklarini davolashda, asosan,
yod (25 % li spirtli eritmasi), anilin boyoqlar, oltingugurt
va boshqalar bilan birga difluzol (flukonazol), terbinoks
(terbinofin), kabi mahalliy tasir qiluvchi dori vositalari
tabletka, krem, malham va suyuqlik korinishida buyuriladi.
Q i c h i s h g a qarshi vositalardan mentol (0,52 %),
anestezin (510 %), dimedrol (1 %), timol eritmalari
(0,5 %), limon kislotasi (1 %) va boshqalar keng qollaniladi.
Hozirgi davrda terini kuydiruvchi (yemiruvchi) mod-
dalar ornini zamonaviy davo usullari: elektrokoagulatsiya,
diatermokoagulatsiya, lazerokoagulatsiya, krioterapiya
egallab bormoqda.
Kuydiruvchi moddalardan lyapis (20 % li eritmasi),
trixloruksus kislotasi (3050 % li eritmasi), sut kislotasi
(50 % li eritmasi), sirka (6 % li muz sirka kislotasi),
margansovka kristallari, padofillin va boshqalarni qollash
mumkin.
Quyosh nuridan himoya qiluvchi moddalar f o t o -
d e r m a t o z bilan ogrigan bemorlarga tavsiya etiladi. Bu
maqsadda xinin, salol (7 %), tanin (25 %), paraami-
nobenzoy kislotasi (510 %) krem va malhamlari
(Super Shade-15, Nivea-12 va boshqalar) keng qolla-
niladi. Ular A va B tolqin uzunlikdagi ultrabinafsha nur-
lardan terini himoya qiladi.
52
AMALIY MUOLAJALAR
Kasallikning rivojlanish tarixi va hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalari
Òeri tanosil kasalliklari kasalxonasida bemorni davolash paytida
quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
1. Kasallik tarixi varaqasi.
2. Bemorlarni qabul qilish va yotib davolanishdan bosh tortish daftari.
3. Bemorning kelganligi va ketganligini hisobga oluvchi daftar.
4. Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish daftari.
5. Ambulatoriya daftari.
6. Almashinuv daftari.
7. Mehnat qobiliyatini vaqtincha yoqotganlik varaqasi.
8. Shoshilinch xabarnoma (58-shakl).
9. 089-U xabarnomasi.
10. Zaharli va kuchli moddalar bilan muolaja qilish daftari.
11. Davolash korsatmalari daftari.
12. Malumotnoma va yollanmalarni royxatga olish daftari.
13. Bolimga kelgan har bir bemor haqidagi malumotni yozish daftari.
14. Shifokorlik-mehnat ekspert komissiyasiga jonatiladigan varaqa,
sanatoriy-kurort daftari.
Orta malumotli tibbiyot xodimlari kasallik tarixining pasport qis-
mini toldiradilar. Oquvchilar ozlariga ajratilgan kunlar va soatlarda
kasallik varaqasining pasport qismiga quyidagi malumotlarni tushunarli
tarzda yozishadi:
1. Bemorning ismi-sharifi.
2. Jinsi.
3. Manzili.
4. Kasbi, ish joyi.
5. Kasalxonaga keltirilgan kun.
6. Kundalik tana harorati egri chiziqlari.
7. Sanitariya tozalovi haqida malumot.
8. Laboratoriya malumotlari.
Òeri va tanosil kasalliklari kasalxonasining qabul bolimida nav-
batchi tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarni qabul qilish daftariga
bemorning pasport malumotlaridan tashqari, qaysi davolash profi-
laktik muassasasi qanday tashxis bilan yuborgani, qaysi bolim, qaysi
xonaga yotqizilgani, qachon va qayerga chiqarilgani, vafot etgan bolsa,
bu haqdagi malumotlarni beradi.
Òeri-tanosil kasalliklari shifoxonasining har bir bolimi katta
hamshirasi tomonidan bemorning kelgan va ketganligi togrisidagi
daftar toldirib boriladi. Unda bemorning pasport malumoti, kelgan
53
vaqtdagi sogligi haqida malumot, ketayotgan vaqtdagi sogligi haqida
malumot, yotgan kunlar muddati, kasallik varaqasi soni va uni necha
kunga berilganligi haqidagi malumotlar kiritiladi.
Òibbiyot hamshirasi kasallik tarixi malumotlariga asoslanib,
shifoxonaga tushgan bemorni qayd etish daftarini toldiradi va bemor
sogayib chiqqandan song shifoxonaning statistika bolimiga jonatadi.
1. Bemorlardan anamnez qanday yigiladi?
2. Umumiy davoda nimalarga etibor berish kerak?
3. Mahalliy davo qanday olib boriladi?
4. Gormonal (steroid) preparatlarni ishlatganda nimalarga etibor
berish kerak?
5. Malhamlarni qay hollarda tavsiya etib bolmaydi?
1. Òeri kasalligini tekshirishda teridagi qanday ozgarishlarga etibor
beriladi?
A. Teri rangiga;
B. Birlamchi elementlarga;
C. Ikkilamchi elementlarga;
D. Hamma javob togri.
2. Qachon shifokor palpatsiya, dioskopiya, tirnash usullaridan foy-
dalalanadi?
A. Kasallikning oxshash korinishlarida;
B. Kasallikning atiðik shaklida;
C. Kasallikning aniq bolmagan shakllarida;
D. Togri javob yoq.
3. Dermografizm qanday aniqlanadi?
A. Mexanik qitiqlash bilan;
B. Paypaslash yoli bilan;
C. Tirnash yoli bilan;
D. Analiz yigish yoli bilan.
?
NAZORAT SAVOLLARI
!
TESTLAR
54
3-bob. ÒERINING YIRINGLI KASALLIKLARI
3.1. Òeri yiringli kasalliklarining sabablari va tasnifi
Òerining yiringli kasalliklari yoki piodermitlar (yunoncha
pyop yiring, derma teri) eng kop uchraydigan
kasalliklar qatoriga kiradi. Aksariyat terining yiringli
kasalliklari surunkali kechib, tez-tez qaytalab turadi va uzoq
vaqt davolanishni talab qiladi. Bunda bazan kishilarning
mehnat qobiliyati pasayib ketishi yoki vaqtincha ishga
yaroqsiz bolib qolishlari ham mumkin. Bu kasalliklarning
profilaktikasi dolzarbligicha qolmoqda.
Bolalar dermatologiyasida ham piodermitlar salmoqli
orin egallaydi. Barcha dermatozlar orasida piodermitlar
2560 % ni tashkil qiladi. Piodermitlar birlamchi bolishi
yoki biron-bir boshqa teri kasalligining asorati bolishi
ham mumkin.
E t i o l o g i y a s i. Òeriga yiring paydo qiluvchi
mikroblar stafilokokk va streptokokklar, goho ayrim
mikroorganizmlar pnevmokokklar, kok yiring tayoq-
chasi, ichak tayoqchasi va boshqalarning tushishi sabab
boladi. Bazan bir nechta mikroorganizm birgalikda uchrashi
ham mumkin. Òabiatda stafilokokk va streptokokklarning
(uyda, kiyim-kechak, teri va shilliq qavatda) doimiy mav-
judligi piodermitlarning tez-tez uchrab turishiga sabab
boladi. Barcha tekshirishlar natijasida 2075 % mikro-
organizm batsilla tashuvchilarga togri keladi.
Sanitariya-gigiyena qonun-qoidalarini bilmaslik, unga
rioya qilmaslik yoki uni qopol ravishda buzish, turmush va
mehnat sharoitlarining talabga javob bermasligi teri yiringli
kasalliklarga chalinishiga sabab boladi.
55
Soglom odam terisida doimo patogen bolmagan
(saprofit) mikroorganizmlar bolib, ular tashqi muhitdan
tushadi va soch follikulalari hamda yog bezlari tirqishiga
ornashib oladi. Ular kelib-ketuvchi (tranzitor) mikroorga-
nizmlar deyiladi. Shu bilan birga terida doimiy (rezident)
mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlarning teri
yuzasida tarqalishi bir xil bolmay, ular hatto fasl, yosh va
jinsga qarab ozgarib turadi. Òerisi yiringli kasallikka
chalingan bemorlarning terisi yuzasida, ayniqsa, patogen
mikroblar stafilokokk va streptokokklar kopayib ketadi.
Òerida yiringli kasallik kelib chiqishida avvalo mikro-
organizmlarning patogenligi va virulentliligi muhim aha-
miyat kasb etadi, ammo ularning terida rivojlanishi uchun
malum sharoit zarur. Bular terining himoya funksiyasi va
piokokklarga nisbatan organizmning qarshilik tasirini
susaytirib yuboradigan ekzogen va endogen sabablardir.
Ekzogen sabablar: 1. Òeridagi yuza mayda yara-cha-
qalar (mikrotravmalar) tirnalish, qirqilish, kuyish, ish-
qalanish va boshqalar. 2. Òerining haddan tashqari iflos-
lanishi, oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik. 3. Sovuq
yoki issiq urishi, sovqotish. 4. Kasbga oid omillar (komir,
sement, ohak, tuproq va neft mahsulotlari bilan ishlash).
5. Yosh bolalarga suniy toladan tikilgan kiyimlarni kiy-
dirish, qalin qilib orab-chirmash. 6. Òeri muhitining (pH)
ozgarishi.
Endogen sabablar: 1. Uglevodlar almashinuvining
buzilishi (giðerglikemiya), giðofiz hamda qalqonsimon bez
faoliyatidagi yetishmovchilik. Nerv sistemasi faoliyatidagi
funksional buzilishlar (nevrozlar). 3. Organizm tomoni-
dan oqsil ozlashtirilishining buzilishi (giðoproteinemiya).
4. Meda-ichak sistemasi faoliyatining funksional (jigar,
meda-ichak kasalliklari) buzilishi. 5. Giðovitaminozlar
(ayniqsa, A va C). 6. Irsiy omillar. 7. Organizm immun
mexanizmining buzilishi va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan ekzogen va endogen sabablar
birgalikda kasallikni vujudga keltirishi mumkin. Odatda, bu
56
omillar kompleks ravishda tasir qiladi. Shunga kora mu-
taxassis bemorni qunt bilan tekshirishi va yuqorida qayd
etilgan sabablarni aniqlab, shunga yarasha davo chorala-
rini qollashi kerak boladi.
Yiringli kasalliklarning kelib chiqishida bolalar terisi
odatdagi fiziologik qarshilik kuchining hali tola rivojlan-
maganligi ham katta ahamiyatga ega. Godak tugilgan
zamonoq uning terisi va shilliq qavatlaridan saprofit va
patogen mikroorganizmlar topiladi. Ammo bu mikroor-
ganizmlar har doim ham kasallik keltirib chiqaravermaydi.
Kasallikning paydo bolishi tushgan mikroorganizmlar-
ning soni, virulentligi, bola terisining namligi, muhiti (pH),
kolloid-osmotik ahvoli, immun sistemasi va boshqalarga
bogliq.
Piodermitlarning paydo bolishida qozgatuvchining
patogenligi, ayniqsa, stafilokokklarning plazmakoagu-
latsiya, gemolitik, toksigenlik va pigment hosil qilish xusu-
siyatlari muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda antibakterial preparatlarni haddan ziyod
kop qollash, organizmning reaktivligini ozgartirish
bilan bir qatorda, kopgina mikroorganizmlar, jumladan
stafilokokklar va streptokokklarning bazi biologik xusu-
siyatlari (antigenlik, immunogenlik, virulentlik)ning oz-
garishiga olib keldi. Bu jarayon terida kasallik paydo
qilmaydigan mikroorganizmlarning (epidermal stafi-
lokokk) patogenlik tomonga siljishiga sabab bolmoqda va
ular tez-tez qaytalanib turadigan terining turli yiringli
kasalliklarini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga pe-
nitsillinni parchalovchi mikroorganizmlarning shtammlari
(B laktomaza ishlab chiquvchi, a transformatsiya-
langan) kopayib bormoqda.
Klassifikatsiyasi (tasnifi). Òerining yiringli kasalliklari
etiologik omillarga qarab stafilokokkli, streptokokkli va
aralash boladi. Òerining yiringli kasalliklari joylashishiga
qarab yuza va chuqur; kechishiga kora esa otkir va
surunkali xillarga bolinadi.
57
Stafilokokkli piodermitlarda yalliglanish jarayoni ak-
sariyat teri hosilalari, soch follikulalari, yog va ter bez-
larida boladi. Asosiy morfologik element madda. Uning
shakli konussimon, posti esa qalin, tortilgan, ichida
sargimtir-yashil yiring boladi. Madda ortasidan mayin
soch chiqib turadi.
Stafilokokklardan farqli olaroq, streptokokklar qoz-
gatgan piodermitlarning morfologik elementlari soch va
yog bezlari follikulalari bilan bogliq bolmaydi. Yal-
liglanish jarayoni yuza, maddalar shakli yassi, posti nozik
(fliktina) ichidagi ekssudat seroz-yiringli va bir-biriga
qoshilib ketishga moyil boladi.
Yuza piodermitlarda morfologik elementlar faqat epi-
dermisda boladi, shuning uchun tuzalganidan keyin or-
nida vaqtinchalik dog qoldiradi, xolos. Chuqur pioder-
mitlarda esa yalliglanish hatto giðodermagacha boradi va
ozidan keyin chandiq yoki atrofiyali chandiq qoldiradi.
3.2. Stafilokokkli piodermitlar (Stafilodermiyalar)
Òerining stafilokokkli kasalliklariga osteofollikulit,
sikoz, chuqur follikulit, furunkul (chiðqon), karbunkul
(xoppoz), gidradenit kiradi. Osteofollikulit bilan sikoz
terida chandiq qoldirmaydi, qolganlari esa chuqur to-
qimalarni shikastlab, chandiq bilan bitadi.
Yosh bolalar terisi oziga xos tuzilishga ega, shuning
uchun ularda stafilodermiya boshqacharoq kechadi, bunda
toshmaning morfologik elementi yuza nofollikular pu-
faklar hisoblanadi. Bolalar terisi stafilokokklarga sezuv-
chan bolganligi sababli yalliglanish tez va tarqoq kechadi,
bazan ogir oqibatlarga olib keladi. Asosan, ularga vezi-
kulopustuloz, psevdofurunkuloz, chilla yara va Ritterning
eksfolitiv dermatit kabi stafilokokkli kasalliklar kuzatiladi.
Osteofollikulit soch xaltachasi ogzining yallig-
lanishi, uni asosan stafilokokklar qozgatadi. Dastlab teri
yuzasida konussimon shaklda follikular madda (pustula)
58
paydo boladi. Madda ortasidan mayin soch (tuk) chiqib
turadi. Soch follikulasi atrofi biroz yalliglanib, qizaradi va
pushti-qizil rangli yalliglanish toji bilan oralgan boladi.
Osteofollikulitlar yoki stafilokokkli impetigo terining kichik
yoki xiylagina keng qismini egallashi mumkin. Bir necha
kundan song maddalar quriydi va yalliglanishlar sorilib
ketadi. Osteofollikulitdan keyin hech qanday chandiq qol-
maydi, ozgina pigmentli dog qoladi, xolos.
Osteofollikulitda maddalar top-top bolib joylashsa
ham bir-biriga qoshilmaydi. Bazan ayrim elementlar
noxatdek bolishi ham mumkin, ortasidan mayin soch
chiqib turadi. Bu Bokxartning stafilokokkli impetigosi deyi-
ladi. Osteofollikulitga, asosan, ekzogen omillar ishqa-
lanish, tirnalish va boshqalar sabab boladi. Maddalar ak-
sariyat badanning bosilib ishqalanib turadigan qismlarida
(boyin, bilak, boldir va son sohasi terisida) paydo boladi.
Bolalarda, asosan, 23 yoshdan keyin kuzatiladi,
ayniqsa, 1315 yoshli osmirlarda kop uchraydi. Yuza va chu-
qur follikulit farq qilinadi. Yuza follikulit odatda 23 kunda
yoqolib ketadi. Òuzalgandan keyin yaradan iz ham qolmaydi.
Chuqur follikulit soch xaltachasining chuqur qavati
yalliglanganda teri qizarib turadi, terining shu yerida bolgan
qattiq unnaydigan infiltrat hosil bolib, bezillab ogriydi,
keyinchalik madda boylaydi. Madda konussimon bolib,
ortasidan soch chiqib turadi. Bir necha kundan song madda
qovjiraydi yoki yiringlanish rivojlanib, toqimalar nekrozga
uchraydi. Odatda, kasallik 56 kunda tuzaladi va ornida
nuqta-nuqta chandiqlar qoladi. Kopincha chegaralangan
chuqur follikulitlar boshning sochli qismida, ensa sohasida
va chov oraligida uchraydi.
Sikoz soch follikulalarining surunkali yalliglanishi.
Stafilokokkli yoki oddiy sikoz surunkali kechadi va tez-
tez qozib turadi. Bu kasallik asosan erkaklarda uchraydi
(yunoncha s i c o s i s uzum gujumi degan sozdan
olingan). Òoshma elementlari osteofollikulit va folli-
kulitlardan iborat. Stafilokokkli sikoz aksari yuzning soqol
59
va moylov osadigan qismida, koproq, qosh, qovoq va
qoltiqda, bazan boshning sochli qismi, boyin terisida,
shuningdek, jinsiy azolar atrofida, qov, son, boldir va
badanning jun bilan qoplangan boshqa sohalarida ham paydo
bolishi mumkin.
Dastlab soch atrofida mayda maddalar (osteofollikulit)
paydo bolib, ularning asosi infiltratlanadi, ortasidan
soch chiqib turadi, biroz ogriydi. Soch atrofi bilinar-
bilinmas qizil jiyak bilan oraladi. Follikulitlar bir-biri
bilan pustulalar guruhini tashkil qiladi. 23 kundan song
yiring qotib, post bilan qoplanadi, keyinchalik post
tushib ketib, ornida yana yiringli maddalar paydo boladi.
Òarqoq sikozda bemorning yuzida yalliglanish ochoqlari
paydo boladi, undan noxush hid kelib turadi. Zararlangan
joyning bir qismi bitsa, atrofidan yangisi korinadi. Kasallik
oylab, bazan yillab davom etadi. Bunda bemorning terisi
tortishib, achishib ogriydi. Ayniqsa, zararlangan soha yuzda
bolganida kasallik dam tuzalib, dam qozib turishi oqibatida
bemorning ruhiy holati ozgaradi.
Stafilokokkli sikoz terining ifloslanishi, burun-tomoq
boshligidagi turli surunkali yuqumli kasalliklar, shu-
ningdek, endokrin bezlar va nerv faoliyatining buzilish-
laridan kelib chiqadi.
Oddiy yoki stafilokokkli sikozning tashxisi unchalik
murakkab emas, u yiringli-infiltrativ trixofitiya hamda
asoratlangan ekzema (yiringlagan) bilan taqqoslanadi. Bi-
rinchi holda patogenli zamburuglar, ikkinchi holda chin
polimorfizm kuzatiladi.
Chiðqon, furunkul soch xaltachasi va atrofidagi to-
qimaning otkir yiringli-nekrotik yalliglanishi. Chiðqon
terining yiringli kasalliklari ichida eng kop uchraydi, uni
stafilokokklar qozgatadi (oq va tillarang).
Chiðqonda uchta rivojlanish bosqichi tafovut qilinadi:
infiltratning paydo bolishi;
yiringlanish va nekroz;
tuzalish.
60
B i r i n c h i b o s q i c h . Soch tolasi follikulasi soha-
sida teri ostidan biroz kotarilib turadigan, dumaloq,
konussimon tuguncha shaklidagi qattiq yalliglangan in-
filtrat paydo bolib, bezillab ogriydi, qizaradi; asta-sekin
kattalashadi.
I k k i n c h i b o s q i c h . Kasallikning 34-kuniga
kelib chiðqonning kattaligi 13 sm ga yetadi, uning
ortasida yiringli-nekrotik ozakli pustula paydo boladi.
Chiðqon konussimon shaklni oladi, qizgish-kokimtir tusga
kirib, yaltirab turadi. Ortasidagi pustula sohasida nekroz
rivojlanadi. Bu davrda bemorning harakati cheklanib,
darmoni quriydi, harorati (3738°C) kotariladi, in-
toksikatsiya alomatlari kuzatiladi, chiðqon loqillab og-
riydi. Keyin oz-ozidan yoki biror tasir tufayli yoriladi.
U c h i n c h i b o s q i c h . Undan sargish, bazan qon
aralash quyuq yiring chiqadi. Yiring chiqib bolgach, yara
ichi chuqur bolib qoladi, uning tagida chiðqon «ozagi»
korinadi. Nekrotik ozak ajralgach, infiltratli shish va ogriq
keskin kamayadi. Yara «ozagi» chiqqandan song, uning
orni chandiqlanib bitadi.
Chiðqon badanning jun bilan qoplangan hamma
joyidan chiqishi mumkin. Lekin kopincha yuz, boyin,
son, dumba, bel sohasida uchraydi. Yuzga, xususan ustki
labga chiqqan chiðqon ota xavfli, chunki bu sohada qon
tomirlar tutami juda yuza joylashganligi sababli infeksiya
qon oqimiga otib sepsis, meningit kabi ogir asoratlarga
sabab boladi. Chiðqonni ozicha sitish, ezish yaramaydi,
aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Chiðqonga tashxis qoyish qiyin emas, uni asosan kuy-
dirgi, gidradenit va chuqur trixofitiya bilan taqqoslanadi.
Hoppoz, karbunkul (kok yara) terining chuqur
qavatlari va ostidagi yog qatlamining yiringli nekrotik
yalliglanishi. Katta yoshli kishilarda koproq uchraydi.
Hoppozda yiringli nekrotik jarayon derma, hatto
giðodermaga yetib boradi. Kasallik juda ogir otadi, bazan
ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
61
Hoppoz yoki karbunkul yunoncha carbo sozidan
olingan bolib, «komir» manosini anglatadi, chunki
yiringli nekrotik jarayon oqibatida yalliglanish ochogi
xuddi komir rangini oladi. Avval terining chuqur qavatlari
va teriosti yog qatlamlaridagi kichik bir joy zichlashib,
bezillab qoladi, infiltratli tugunchalar avj oladi. Òu-
gunchalar borgan sayin kattalashib, bu joy tez orada doira
shakliga kiradi, ustidagi teri tarang tortib, yaltirab tu-
radi, ortasi avval kokaradi («kok yara» nomi shundan),
812 kundan keyin madda boylab, oqaradi, atrofida mayda
«kozlar» paydo boladi ( b i r i n c h i b o s q i c h ) , keyin
shu joydan yoriladi. Yiringli jarayon atrofiga tarqal-
maganidan yemirilgan (irigan) toqimalar kochib tushadi
va yashil, bazan qizgish yiring chiqa boshlaydi. Yiring
chiqib bolgach, yara ichi chuqur bolib qoladi, uning
tagida yiringli massa yani «ozagi» korinadi. Yiringlanish
va nekrozlanish hoppozning i k k i n c h i b o s q i c h i
bolib, 23 hafta davom etadi. Keyinchalik yara orni chan-
diq bolib bitadi.
Karbunkul odatda, haroratning (3940°C) kotari-
lishi, ishtahaning pasayishi, umumiy ahvolning yomon-
lashuvi, bosh ogrigi hamda harakatning chegaralanishi
bilan kechadi. Hoppoz chiqqan soha qizib, «loqillab»
ogriydi. Odatda hoppoz bitta chiqadi. Lekin kasallik ogir
kechganda uzoqqa choziladi. Bemorning harorati ancha
kotarilib, eti uvishadi. Ayni vaqtda limfa tomirlari ham
yalliglanishi mumkin. Hoppozga yaqin turgan limfa
tugunlari ham, bezlar ham yalliglanadi, teri biroz shishadi.
Yuzdagi hoppoz juda xavfli, chunki bunda jarayon qon
tomirlari orqali yuzdan miyaga otishi va turli asoratlar
qoldirishi bilan kechadi. Hoppozga tashxis qoyish uncha
qiyin emas, asosan, kuydirgi hamda chiðqon bilan
taqqoslanadi.
Gidradenit apokrin ter bezlarining otkir yiringli
yalliglanishi. Uni tillarang stafilokokklar qozgatadi
(yunoncha hydros ter, aden bez degani).
62
Gidradenit yirik ter bezlari joylashgan qoltiqda,
koproq chov va orqa chiqaruv teshigi sohasida, shuning-
dek, ayollarning kokrak bezlari uchida uchraydi.
Kasallik terining derma yoki giðoderma qismiga bosib
korilganda qolga unnaydi, 12 ta tugunlar paydo bolishi
bilan boshlanadi. Òugunlar usti qizarib, ogrib turadi, biroz
qichiydi, tugunlar asta-sekin kattalashadi, ular yongoqdek,
hatto undan ham kattaroq bolib ketadi. Zararlangan teri
sohasi qizarib, shishib chiqadi, yupqa tortib, bosganda yoki
harakatlanganda bezillab ogriydi. Òugunlar bir-biriga
qoshilib ketadi, teri biroz salqib, bilqillab turadi. Otkir
yalliglanishga xos infiltrat paydo boladi. Bora-bora
tugunlar yumshab, yoriladi va sargimtir-qizgish yiring
chiqa boshlaydi; gidradenitda nekrotik ozak paydo
bolmaydi. Bazan infiltrat qattiq (yogochdek) bolib
yoyilib ketadi, bu xuddi flegmonani eslatadi. Bunday
gidradenit juda ogir kechadi, bemor tinch turganida ham
ogriq bezovta qiladi.
Òugunlar yorilgandan keyingina bemorning ahvoli biroz
yengillashadi, issigi tushib, ogriqlar yoqoladi. Hosil bol-
gan chuqur yara granulatsion toqima bilan tolib, chan-
diq yuzaga keladi. Gidradenit 1520 kun davom etadi.
Ammo diabetga chalingan, kop terlaydigan, zaif, darmoni
qurigan, ozodalikka rioya qilmaydigan kishilarda kasallik
oylab chozilishi ham mumkin.
Kasallikka tashxis qoyish shifokorga qiyinchilik tug-
dirmaydi. Gidradenitni furunkul va kollikvativ teri sili
bilan taqqoslash kerak. Gidradenitda nekrotiv ozak bol-
maydi. Kollikvativ teri sili uzoq surunkali davom etishi,
limfatik tugunlar zararlanishi, ochoqlarning teshik-teshik
bolishi va ogrimasligi bilan farq qiladi.
Vezikulopustuloz chaqaloqlar orasida keng tarqal-
gan kasallik bolib, bunda badanga turli kattalikdagi mad-
dalar toshadi. Kasallik godak hayotining dastlabki kun-
laridayoq namoyon bolishi mumkin. Bunda bolaning
boshi, badanining serburma sohalari va oyoq-qollariga
63
chetlari qizil yalliglangan hoshiya bilan chegaralangan
pustulalar chiqadi; pustulalar bitta, ikkita yoki bir nechta
bolishi mumkin. Gistologik tadqiqotlar yalliglanishli
ozgarishlar ekkrin ter bezlarining ogiz qismida bolishini
korsatadi.
Kasallik faqat ter bezining yoli yuzaki yalliglanishi
bilan kechsa pustulalar hosil boladi (perioporit). Pustulalar
kattaligi bugdoydek bolib, ichidan quyuq yiring chiqadi
va tezda qurib, post hosil qiladi. Post tushib ketgandan
song terida iz qolmaydi. Aksariyat bemorlarda ter bezlarining
yoli hamda uning tutamlari (êëóáî÷êàñè) yiringli yal-
liglanadi; dermaning chuqur qatlamida aniq chegaralan-
gan konsistensiyasi qattiq, kokimtir-qizil rangli tugun-
chalar paydo boladi. Ularning kattaligi noxatdek, ke-
yinchalik yongoqdek bolib ketadi. Òugun ortasi yumshab
zararlangan soha terisi yupqa tortadi, bosganda bilqillab
turadi, yorilsa qon aralash yiring oqib chiqadi. Yarada
nekrotik ozak bolmaydi. Kasallik pirovardida chandiq-
lanish kuzatiladi.
Aksariyat bemorlarda yalliglangan tuguncha 12 ta,
bazan bir nechta boladi. Koproq bola badanining orin-
korpasiga tegib ishqalanadigan joylari, boshi, boyin, bel,
dumgaza sohasi zararlanadi.
Abssesslanish chogida umumiy darmonsizlik, ha-
roratning kotarilishi (3839°C), holsizlanish va umumiy
dispeptik holatlar kuzatiladi. Ayniqsa, ilk godaklik cho-
gida kasallik ogir kechadi. Davo choralari oz vaqtida
korilishiga qaramay, nimjon bolalarda kasallik har 10
30 kunda qaytalanib turadi, otit, zotiljam, meningit, osteo-
miyelit, paraproktit va sepsis (bakteriyemiya) kabi ogir
asoratlarga olib kelishi mumkin.
Bolalarga koplab toshadigan abssess yoki soxta fu-
runkulozni follikulit yoki furunkuloz bilan taqqoslanadi.
Malumki, follikulit yoki furunkuloz, asosan, kattalarda
uchraydi hamda uning pustula markazidan soch chiqib
turadi va yorilganda ichidan nekrotik ozak chiqadi.
64
Shuningdek, papulonekrotik teri silining boshlangich
bosqichi bilan qiyoslanadi. Òeri siliga chalingan bemor-
larda Pirke reaksiyasi musbat bolib, boshqa azolarda sil
ochoqlari aniqlanadi.
Kasallik oqibati bolaning umumiy ahvoliga bogliq
bolib, ayniqsa, distrofiyaga uchragan bolalarda ogirroq
kechadi. Bazan zotiljam yoki sepsis qoshilib bola nobud
bolishi mumkin. Shuning uchun bemor bola albatta
kasalxonada davolanishi lozim.
Chaqaloqlarning epidemik pufakli yoki chilla yarasi. Bu
kasallik otkir boshlanib, bolaning butun badaniga bir
lahzada pustulalar toshib ketadi. Kasallikni, asosan, stafi-
lokokklar, kamdan kam hollarda streptokokklar qozgatadi.
Piokokkli pemfigoidning 40 % dan ziyodi ilk godaklik
chogidayoq (chaqaloq 36 kunligida) boshlanadi. Ka-
sallikning kelib chiqishi godak terisining turli noxush
omillar (bakterial, travma, homiladorlik toksikozi va bosh-
qalar) tasiriga qarshilik korsata olish darajasiga bogliq.
Badan terisining boyin, kindik, dumba sohalarida,
shuningdek, qol va oyoqlarda, biroz qizargan yoki ozgar-
magan teri yuzasi boylab pufaklar paydo boladi. Pufaklar
kattaligi noxatdek, konsistensiyasi zich, ichidagi suyuqlik
tiniq yoki seroz sargimtir, atrofi gardish bilan oralgan
boladi. Pufaklar paydo bolishi bilan godakning ahvoli
ozgaradi, qattiq bezovta boladi, harorati kotariladi. Pu-
faklar tezda kattalashib, bir-biriga qoshilib ketadi, ichidagi
seroz suyuqlik loyqalanadi. Pufaklar yorilib, eroziyalanadi,
periferiyadagi epidermis qoldigi osilib turadi. Bazan
yalliglanish ogiz, burun, koz va boshqa azolar shilliq
qavatiga ham tarqalib ketishi mumkin. Bu kopincha zaif,
nimjon, chala tugilgan bolalar orasida kuzatiladi (yiring
autoinkulatsiyasi). Bunda godak qattiq bezovtalanib,
chirillab yiglaydi, harorati 3840°C gacha kotariladi,
onasini emmay qoyadi, qayt qiladi, goho ichi ketadi.
Chora-tadbirlar korilmasa zotiljam, otit, flegmona, hatto
sepsis qoshilishi mumkin.
65
Kasallik yengil kechganda va oz vaqtida tibbiy yordam
korsatilganda pufaklardan chiqib turadigan suyuqlik
qurib, kulrang-sargish tusli post hosil boladi.
Chaqaloqlar yoki Ritter eksfoliativ dermatiti godaklar
orasida tarqalgan stafilodermiyaning eng ogir xili hi-
soblanadi. Kop mutaxassislar bu yuqumli kasallikni klinik
kechishi va yuqish darajasiga qarab, mustaqil nozoologik
forma deb ham yuritadilar.
Hozirgi paytda eksfoliativ dermatitning qozgatuvchisi
tillarang stafilokokk ekanligi aniqlangan. Kasallikning
kelib chiqishi epidemik pemfigus bilan deyarli bir xil.
Boshida kasallikning klinik korinishi epidemik pem-
figusga juda oxshab ketadi, ammo keyinchalik manzara
butunlay ozgaradi. Kasallik chaqaloq hayotining birinchi
haftasidayoq boshlanadi. Dastlab ogiz atrofi, keyinchalik
boyin burmalari, kindik atrofi, chov oraligi va orqa
chiqaruv burmalari sohasiga toshma toshadi. Òoshmalar
zich konsistensiyali, katta hajmli sferik pufaklardan iborat
boladi. Ular tezda yoki salga yorilib, keng sathli namlangan
eroziyalarni vujudga keltiradi; periferiyadagi epidermis
qoldiqlari tasmasimon osilib yotadi. Kasallikning 8
12-kunlari godak terisi giðeremiyalanib, eroziya kattagina
joyni egallaydi, hatto Nikolskiy simptomi musbat boladi.
Òeri tashqi korinishidan bamisoli qaynoq suvda kuygandek
bolib, kokimtir-qizgish tusga kiradi, eroziya ochoqlarida
yoriqlar paydo boladi.
Kasallik bazan bullyoz toshmalar bilan boshlanib,
keyin eritrodermiya kuzatiladi, aksariyat, birdan eritro-
dermiya boshlanib, 23 kunda butun badan terisini qop-
laydi. Bunda godakning umumiy ahvoli keskin yomon-
lashadi, harorati 40°C dan tushmaydi, avvaliga toksikoseptik
holat, keyinchalik sepsis kuzatilishi mumkin. Bola ozib
ketadi, meda-ichak faoliyati buziladi, leykositoz, ECHÒ
kotariladi, zaif va nimjon bolalarga kandidoz, zotiljam,
piyelonefrit, flegmona, abssess, otit va yiringli konyunkti-
vit qoshilib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
66
Bir necha oylik, yani kattaroq chaqaloqlarda kasallik
bir qadar yengil kechadi. Keyingi paytda eksfoliativ
dermatitning yengilroq kechadigan (abortov) xili kuza-
tilmoqda. Bunda giðeremiya uncha rivojlanmagan bolib,
epidermisning kochishi sust kechadi. Eroziyalanish bol-
maydi, faqat muguz qavat biroz zararlanadi, xolos. Go-
daklarning umumiy ahvoli deyarli ozgarmaydi.
3.3. Streptokokkli piodermitlar (Streptodermiyalar)
Patogen streptokokklar stafilokokklardan farq qilib,
soch xaltachalari yoki yog va ter bezlarini zararlantir-
maydi, ular asosan teri kasalliklarining yuza xillarida
kuzatiladi. Streptodermiyaga koproq bolalar va ayollar
chalinadi, chunki ularning terisi nozik va yupqa boladi.
Birlamchi morfologik element nozik pufak (fliktena)
hisoblanadi. Pufak teri sathidan deyarli kotarilmaydi,
ilvillab, shalpayib turadi va salga yoriladi.
Streptokokkli impetigo, sachratqi. Bolalar orasida kop
tarqalgan yiringli kasallik bolib, toshmaning asosiy mor-
fologik elementi nozik pufaklar hisoblanadi.
Streptokokkli impetigo (lotincha impetus tosatdan,
birdan degan manoni bildiradi) teriga streptokokklar tu-
shishidan kelib chiqadi. Bazi tadqiqotchilarning fikricha
zararlangan ochoqlardan ahyon-ahyonda stafilokokklar
ham topiladi. Bolalar va ayollarning terisi yupqa hamda nozik
bolganligi tufayli salga chaqalanadi, shuning uchun kasallik
ularning yuzida va tanasining boshqa ochiq qismlarida
uchraydi.
Kasallikning kelib chiqishida teri va shilliq qavatlarning
butunligi katta ahamiyatga ega. Òerining qashlanib, tirnalishi
shu bilan birga rinit va otitda burun hamda quloqdan
kelayotgan yiring epidermisni tasirlashi oqibatida infeksiya
terida tez rivojlanadi. Organizm immun qarshiligining
pasayib ketishi, umumiy darmonsizlik, meda-ichak ka-
salliklari va gelmintozlar kasallikning kelib chiqishida mu-
67
him rol oynaydi. Ayniqsa, ozodalikka rioya etmaslik (so-
chiq, korpa va yostiq jildlarining iflos bolishi) oqibatida
streptodermiya tez tarqalib ketishi mumkin.
Kasallik tosatdan boshlanadi, bunda yiringli toshma
teriga birdan toshadi. Zararlangan terida avvaliga giðere-
miyalangan hoshiya bilan oralgan yupqa pufakchalar (flik-
tenalar) vujudga keladi. Pufakchalar turli kattalikda bolib,
ular bir-biri bilan qoshilib ketishga va periferiyaga qarab
osishga moyil boladi. Bazan fliktenalar ozgarmagan terida
ham paydo bolishi mumkin. Bir-ikki kunda pufakchalar
yumshab, ichidagi suyuqlik loyqalanadi, yiringlaydi; yiring
tezda qurib, sargimtir qora qotirga aylanadi. Qora qotir
tushib ketgan joylarda biroz namlanib turadigan qizgimtir
eroziyalar kozga tashlanadi. Odatda fliktenalar bir-biridan
alohida joylashadi, ammo periferiyaga yoyilishi oqibatida
qoshilib halqasimon (sirsinar) impetigo vujudga keladi.
Kasallik 34 hafta davom etadi. Pirovardida qora qotir
kochib tushadi. Ornida sal pigmentlangan (vaqtincha) dog
qoladi. Bazan badan terisining boshqa sohasidan yangi
toshma elementlari chiqadi va shu yol bilan tarqalib boradi.
Ayniqsa bolalar qashlanib, terining soglom qismlariga
infeksiya tarqatadi, eroziyalangan ochoqlar kopayadi va shu
joylar tortishib, biroz ogriydi. Bunday bemorlar atrofidagilar
uchun xavfli hisoblanadi. Fliktenalar kopincha, yuzda, aksari
burun va ogiz atrofida joylashadi, lekin badanning yon
qismlari va oyoq-qol panjalari, tizza va boshqa joylarda ham
paydo bolishi mumkin. Kasallik tuzalganidan keyin yalliglan-
gan ochoqlarda chandiq va atrofiya qolmaydi.
Eritema skvamoz impetigo yoki oddiy temiratki. Barcha
streptokokkli impetigolar ichida quruq kechishi bilan ajralib
turadi. Asosan, bolalarning yuzi, lunji va jaglari atrofi, goho
oyoq-qollari terisida dumaloq hamda ovalsimon shakldagi,
yuzasi biroz kepaklanib turadigan oqimtir yoki qizgimtir
doglar paydo boladi. Doglar, ayniqsa, qoramtir terili bola-
larda yaxshi bilinadi. Quyoshda toblanganda doglar yana ham
aniqroq korinadi. Atrofdagi soglom teri biroz qorayadi.
68
Quruq streptodermiya bazan eritematoz-skvamoz
impetigo bilan birga kechishi mumkin. Kasallik aksariyat
bahorda yoki kuzda bolalar orasida kuzatiladi. Bolalar yen-
gil qichishdan tashqari deyarli subyektiv boshqa belgilardan
shikoyat qilishmaydi.
Yuza panaritsiy yoki turniol (xasmol) tirnoqosti va
atrofidagi toqimalarning otkir yalliglanishi. Bitta yoki bir
necha tirnoqlar kasallanishi mumkin. Asosan kattalar,
bazan bolalar kasallanadi. Barmoqning korinar-korinmas
chaqa joylari orqali yumshoq toqimalarga yiringlatuvchi
mikroblar kirishi sabab boladi. Òirnoq atrofida seroz-yiring
tutgan fliktenalar paydo boladi. Pufaklar avvaliga seroz
suyuqlik saqlaydi, keyin loyqalanib yiringlaydi, periferiya
tomon tarqalishga moyil boladi. Fliktena tirnoq chuqur-
chasi atrofida xuddi taqaga oxshab joylashadi. Jarohatlan-
gan barmoqlar shishib ogriydi. Jarayon surunkali davom
etib, bir barmoqdan ikkinchisiga otishi mumkin.
Zaxmsimon papulloz impetigo yoki papullo-eroziv-
streptodermiya. Bu kasallik aksariyat godaklar orasida
uchraydi. Uni taglik-choyshabdan kelib chiqqan dermatit
ham deyishadi. Godakning jinsiy azolari, dumba, son va
boldir sohasiga tez yoriladigan fliktenalar toshadi. Flik-
tenalar infiltratlangan eroziyalar hosil qiladi, bu odatda
zaxmdagi eroziyalangan papullalarga oxshab ketadi. Aso-
san, bolani parvarishlaganda ozodalikka rioya qilmaslik
(ichki kiyimi va taglik-choyshabini vaqtida almashtirmaslik)
oqibatida kelib chiqadi.
Vulgar ektima streptokokk impetigosining chuqur
shakli. Yaralardan olingan yiringli ajratmalar mikrobio-
logik tekshirilganda vulgar ektimani streptokokkdan tash-
qari aralash mikroorganizmlar, yani stafilo-streptokokklar
ham qozgatishi aniqlangan. Sanitariya-gigiyena qoida-
lariga rioya qilmaslik, ozib ketish, vitaminlar tanqisligi
(giðoavitaminoz), organizm umumiy qarshilik quvvatining
pasayib ketishi, moddalar almashinuvi hamda mahalliy
qon, limfa aylanishining buzilishi va mayda yara-chaqalar
69
ektimalarning paydo bolishiga qulay sharoit tugdiradi.
Bolalarda vulgar ektima qizamiq, suvchechak, kokyotal
kabi yuqumli kasalliklardan keyin avj oladi.
Ektimalar asosan boldir, son, dumba yoki bel sohasida
paydo boladi. Òurli kattalikdagi fliktena, pustula, shu-
ningdek, chegaralangan va ogriydigan infiltratlar yuzaga
keladi (ektimada pufaklar epidermis tagida joylashadi).
Pustulalar 12 tadan 1015 tagacha, ichida yiring yoki
qon-yiring aralash boladi. Pufaklar atrofida qizgich-
kokimtir infiltrat shishi boladi. Òez kunda pustulalar yuzasi
qovjirab, biri ikkinchisining ustiga qatma-qat bolib tu-
shadigan zich qoraqotirga aylanadi. Qoraqotir tushib
ketganidan keyin chuqur va ogrib turadigan yaralar ochilib
qoladi, uning tubida yiring boladi; 23 haftadan song
yaralar bitib, yuza yoki chuqur chandiq qoladi.
3.4. Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Bu kasalliklarni stafilokokk hamda streptokokklar
qozgatadi. Bunday piodermiyalarga vulgar yoki aralash
impetigo va atiðik chuqur piodermitlar (yarali va vege-
tatsiyalanuvchi piodermit, shankrsimon piodermiya va
piogen granulema-baktriomikoma) kiradi.
Vulgar yoki aralash impetigoning kelib chiqishida be-
morlarda ilgaridan mavjud bolgan, shuningdek, qichima
bilan kechadigan ikkilamchi kasalliklarning patogenetik
ahamiyati katta. Òeridagi mayda yara-chaqalar, tirnalish,
iflos yurish, lab burchaklarini doimo pilchirab turishi
aralash impetigo paydo bolishida asosiy omillardan hi-
soblanadi. Bu kasallik bilan koproq bolalar, osmirlar va
yosh ayollar kasallanadilar.
Vulgar impetigoda yalliglanish ochoqlari aksariyat
bemorlarning yuzida, ogiz va koz burchaklarida paydo
bolib, bazan butun badanga ham, qol-oyoqlar terisiga
ham tarqalib ketadi. Avvaliga biroz qizarib, shishibroq tur-
gan sohalarda streptokokk fliktenasi vujudga keladi. Ke-
70
yinchalik ular stafilokokklar tasirida yiringga aylanadi; tez
orada yiring qurib, sargimtir-mis rangli qoraqotirlar paydo
boladi. Vulgar impetigoning ota yuquvchanligini nazarda
tutib, uni kontagioz impetigo ham deyiladi. Notogri davo
qilinganida yoki zaif va nimjon bolalarda kasallik 12 oyga
chozilishi mumkin. Bunda bemorning biroz issigi chi-
qadi, ishtahasi buziladi, limfa tugunlari shishib ketadi.
Odatda davolash muolajalari oz vaqtida va togri olib borilsa
11,5 haftada misrang qoraqotir tushib, ornida vaq-
tinchalik dog qoladi va bemor tezda sogayib ketadi.
Shankrsimon piodermiya. Asosan, terining bakterial
infeksiya bilan zararlanishi hamda uning zaxm (qattiq)
shankriga oxshash klinik jihatlari borligi Y. Gauffman
tomonidan (1934) izohlangan. Hosil bolgan yara esa
zaxmdagi shankrga juda oxshash boladi. Òashxis qoyishda
tajribali mutaxassislar ham bemor qonini qayta-qayta
serologik tekshiruvdan otkazib, yaradan oqish treponema
izlashadi.
Shankrsimon piodermiyada bakteriologik tekshirish
uchun olingan yiringda, asosan, stafilokokklar, bazan
streptokokklar ham topiladi. Shaxsiy gigiyenaga rioya
qilmaslik, jinsiy olat uchidagi har xil chaqalanishlar, fimoz
va boshqa omillar oqibatida teri tasirlanadi va eroziya yoki
yara vujudga keladi. Shankrsimon piodermiya jinsidan qati
nazar kattalarda ham, yosh bolalarda ham kuzatiladi.
Kasallik bemorning jinsiy azolari (olat boshi, katta
hamda kichik uyatli lablar, qin dahlizi va boshqalar), yuzi,
lab atrofi va tiliga bir yoki bir nechta ovalsimon yara chiqishi
bilan boshlanadi. Odatda, avvaliga pufak paydo boladi,
songra u eroziyalanadi, asosi biroz infiltratlanib oval
shaklidagi yaraga aylanadi. Aksariyat bemorlarda eroziya
yuzasi gemorragik post bilan qoplanishi mumkin, post
tushib ketganidan song yana qizgish-pushti rangli, ichida
biroz yiringi bor yara yuzaga keladi. Yaraga yaqin bolgan
limfatik tugunlar kattalashadi (12 sm), bu holat
kopincha ogriqsiz kechadi. Kopincha kasallik 23 haftada
71
tuzala boshlaydi, bazan bir necha oylab chozilishi ham
mumkin. Zararlangan ochoq orni iz qoldirmaydi, bazan
teri chandiq hosil qilib bitadi.
Pioallergidlar. Kokklarga nisbatan bemor terisining
ota sezuvchanlik holati bolib, oziga xos turli allergik tosh-
malar toshishi bilan ifodalanadi.
Mutaxassislarning fikricha xuddi teri sili, terining zam-
burugli kasalliklaridagi kabi mikroorganizmlarning par-
chalanish mahsulotlari zararlangan ochoqlardan ge-
matogen yol bilan butun organizmga tarqalib, ota sezgirlik
korinishidagi allergik holatni namoyon qiladi.
Pioallergidlar birdan boshlanib, kepaklanib turadigan
eritematoz doglar, papullovezikulalar, maddalar toshishi
bilan kechadi. Odatda toshmalar badan terisiga va oyoq-
qollarga simmetrik ravishda toshadi; hatto qol va oyoq
kaftlariga qattiq postli pufakchalar va pufaklar chiqishi
mumkin. Bunday paytda bemorning issigi chiqib, boshi
ogriydi, kongli ayniydi va darmoni quriydi. Òoshmalar
tarqalib, terining xiylagina qismini egallashi mumkin. 10
15 kundan keyin toshmalar kamayib regressiya boshlanadi.
3.5. Òerining yiringli kasalliklarini davolash
va oldini olish
Òerining yiringli kasalliklari kompleks tarzda davola-
nadi. U etiotrop va patogenetik terapiyadan iborat bolib,
asosan, bemor organizmining immunologik qarshilik ku-
chini oshiradigan preparatlarni qollash tavsiya etiladi. Ak-
sariyat bemorlarning nerv, endokrin, ichki azo va sistema-
lari faoliyati zimdan buzilganligini nazarda tutib, kompleks
davo faqat etiologik omillargagina emas, balki butun or-
ganizm funksiyasini tiklashga qaratilgan bolishi kerak.
Kompleks davo kursini buyurishdan avval, bemor
obdon klinik tekshiruvdan otkaziladi. Shu bilan birga uning
oila azolari ham tibbiy korikdan otkaziladi, chunki ular
orasida infeksiya manbayi bolishi mumkin.
72
Umumiy davo. Sikoz, chuqur follikulitlar, chiðqon,
karbunkul, vezikulopustulloz, terining koplab abssesslari,
bolalarning chilla yarasi va Ritter eksfoliativ dermatitida
antibiotiklar, sulfanilamidlar, shuningdek, spetsifik va
nospetsifik immunobiologik terapiya hamda fizioterapevtik
davo usullari qollaniladi.
A n t i b i o t i k l a r b i l a n d a v o l a s h . Òerining
yiringli (ayniqsa, surunkali) kasalliklarini davolashda anti-
biotiklar juda samarali hisoblanadi. Antibiotiklarni qol-
lashda mikroorganizmlarni ularga nisbatan sezuvchanli-
gini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda quyi-
dagi antibiotiklar keng qollanilmoqda.
Benzilpenitsillinning natriyli yoki kaliyli tuzi bolalarga
50500 ming, kattalarga 1 mln miqdorda har 46 soatda
muskul orasiga, 1012 kun davomida buyuriladi.
Oksatsillinning natriyli tuzi 0,250,5 g dan har 4
6 soatda, ovqatdan 1 soat oldin yoki 23 soat otib, 7
10 kun davomida ichiladi.
Ampitsillin trigidrat 0,250,5 g dan har 46 soatda
510 kun davomida ichiladi.
Ampitsillinning natriyli tuzi 0,250,5 g dan har 4
6 soatda muskul orasiga, 510 kun davomida buyuriladi.
Ampioks 0,250,5 g dan har 68 soatda, 510 kun
davomida buyuriladi.
Òetrasiklin 0,20,3 g dan kuniga 46 marta ovqat-
langandan song, 57 kun davomida ichiladi.
Metasiklin gidroxlorid 0,3 g dan kuniga 3 marta, 7
10 kun davomida ichiladi.
Doksisiklin 0,1 g dan har 12 soatda, 810 kun davo-
mida ichiladi.
Sefaleksin 0,250,5 g dan har kuni 4 marta ichiladi.
Eritromitsin 0,250,5 g dan 4 marta, 710 kun
davomida ichiladi.
Baktrim 2 tabletkadan 2 marta, ovqatlangandan keyin,
710 kun davomida ichish buyuriladi.
73
Umuman antibakterial preparatlarni qabul qilish
muddati 23 haftadan oshmasligi kerak. Antibiotiklar in-
filtratlangan toqimalarning yiringlab ketishiga yol qoy-
maydi, natijada katta chandiq bolishining oldi olinadi.
Ammo surunkali ogir kechadigan jarayonlarda 11,5 oy
buyurishga togri keladi; kandidoz, disbakterioz, qayta-
lovchi neytropeniya, bazan allergik reaksiyalarning ol-
dini olish uchun dori-darmonlar boshqasiga almashtirib
turiladi.
Ayniqsa, surunkali piodermitlarda antibiotiklarning
bir nechtasini birgalikda qollash samarali ekanligi is-
botlangan. Masalan, eritromitsin tetrasiklin; olendo-
mitsin tetrasiklin; ampitsillin oksatsillin; mono-
mitsineritromitsin, linkomitsin gidrat seporin va
boshqalar.
Spetsifik (maxsus) immunoterapiya uchun stafilokokk
anatoksini (nativ yoki adsorbsiyalangan) qollaniladi.
U bemor organizmida antitoksik va antibakterial immu-
nitetni yuzaga chiqishida muhim rol oynaydi. Anatoksin
0,51,01,52,02,2 ml dan 5 kun oralatib kurak terisi
ostiga yuboriladi.
Polivalent stafilokokk vaksinasi esa teri ichiga 0,1
0,2 ml dan 4 kunda bir marta yuboriladi va har safar
0,10,2 ml dan oshirib boriladi, davo kursi 1,52,0 ml.
Stafilokokkli antifagin, stafilokokk bakteriofagi ham
0,1 ml dan oshirib borish usulida teri ostiga yuboriladi.
Ayrim bemorlarga (jigar, yurak-qon tomiri, endo-
krin bez kasalliklarida) spetsifik (maxsus) immunotera-
piya tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda passiv immunitetni
taminlovchi preparatlar, antistafilokokkli gammaglo-
bulin, antistafilokokkli giðerimmun plazmasi buyuriladi.
Nospetsifik immunoterapiya maqsadida kasallik pa-
togenezini nazarda tutib, turli vositalar qollaniladi. Ma-
salan, prodigiozan davo kursi 100 mkg, pirogenal
davo kursi 10001500 MPD gacha.
74
Umumiy quvvatga kirgizadigan davo maqsadida
vitaminlar C, A, B, P yoki polivitaminlar: pangeksavit,
dekamevit, aerovit, undevit va boshqalar bir oygacha kuniga
2 3 mahal buyuriladi.
Yiringli teri kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda
fizioterapevtik davo usullari, jumladan UVCH- terapiya,
ultrabinafsha va qisqa tolqinli nurlar, parafinli applikatsiya
qilish keng qollanilmoqda. Ayniqsa, surunkali pioder-
mitlarda fizioterapiya usullari kompleks davo kursiga kiri-
tilgan. Nekrotik ozak hamda infiltratning tezroq yetili-
shida ultrabinafsha va qisqa tolqinli nurlar (OKUF-5 da
57 seans), ozak ajralgandan keyin esa, har kuni umumiy
UFO, jami 1012 seans buyuriladi. Qattiq chandiqlanish
bilan kechadigan piodermitlarda parafin yoki ozokeritli
applikatsiya ikki kunda bir mahal, jami 1012 seans, davo
kursiga 68 muolaja lidaza fonoforezi tayinlanadi.
Mahalliy davo. Bunday davo usuli har bir bemor
uchun alohida (individual) tanlab olinadi. Bundan asosiy
maqsad yiringli toshmalar butun badanga yoki soglom
teriga tarqalib ketmasligining oldini olish, subyektiv bel-
gilarni kamaytirish va iloji boricha bemorni tezroq darddan
xalos qilishga qaratilgandir.
Dastlabki kuniyoq bemorga shaxsiy gigiyena qoidalariga
qatiy amal qilish hamda toshma toshgan davrda yuvinmaslik
tartibi tushuntiriladi. Zararlangan ochoqlar atrofi kuniga 2
3 mahal kamfora spirti yoki 12 % li salitsilat spirti bilan
artiladi. Osteofollikulitda maddalar sterillangan nina bilan
teshiladi va 70°C li spirtda namlangan dokali tamponlar bilan
yaxshilab tozalanadi, songra 12 % li anilin boyogi surtiladi.
Ota yuqumli piodermiyalarda bolalarning tirnoqlari
olib tashlanadi. Zararlangan ochoqlarga mutlaqo suv te-
gizmaslik kerak, ular atrofidagi soglom teri spirtli erit-
malar bilan bir kunda ikki mahal artib turiladi. Yaralarni
bint bilan boglash yaramaydi. Yara posti va dorilarning
qotib qolgan qismi osimlik moyi bilan yumshatilib olib
tashlanadi. Chiðqon, hoppoz va gidradenitda yalliglangan
75
infiltratlarga ixtioldan tayyorlangan «kulchalar» qoyiladi
va ixtiol qurib qolmasligi uchun 2 % li borat eritmasi
shimdirilgan doka yopib qoyiladi. Òoza ixtiol chuqur infil-
tratli piodermitlarning yanada avj olib ketishiga yol qoy-
maydi va qopol chandiq hosil qilmay et bitishini tamin-
laydi; ultrabinafsha va qisqa tolqinli nurlar (OKUF-5)
ham ana shu maqsadda qollaniladi. Chiðqon, hoppoz-
dagi «yara ozagi», gidradenitda yiringli ochoqlarni yax-
shilab tozalash maqsadida natriy xlorid yoki proteololitik
fermentlardan tayyorlangan eritmalar bilan tiqin (turunda)
qoyiladi. Chiðqon, hoppoz, gidradenit yoki chuqur
follikulit yorilgandan song geliomitsinli, 2 % li linko-
mitsinli, tetrasiklinli, eritromitsinli, 35 % li dioksidin
levosin, levomekol kabi malhamlar ishlatiladi. Chandiqlanib
bitishda 2 g eritsiklin, 10 g dimeksid, 75 g suvsiz lanolin
va 100 g vazelin moyi aralashmasi yaxshi naf beradi.
Mabodo bemorlarda qandli diabet qayd qilingan bolsa,
unda qollanilayotgan doriga teng miqdorda insulin qoshib
zararlangan ochoqlarga qoyiladi. Hali yetilmagan yoki
yorilmagan chuqur infiltratlarga toza ixtiol qoyish davom
ettiriladi. Bemorning hayoti uchun xavfli (ayniqsa, chuqur
follikulitlar yuzda bolganda) yiringli kasalliklarda jarrohlik
usulidan foydalaniladi.
Vezikulopustuloz, bolalarning koplab abssessi, cha-
qaloqlarning chilla yarasi, Ritter eksfoliativ dermatitida
ham zararlangan ochoqlar atrofidagi teri spirtli eritmalar
bilan kuniga 12 mahal artiladi. Yiring bolganida cha-
qaloqlarni yuvintirish yaramaydi. Eroziyalangan sohalarga
5 % li bor-naftalin malhami, 35 % li sulfanilamid yoki
23 % li antibiotikli malham, 12 % li anilin boyoqlari
surtiladi. Qotib qolgan yiring va qon qoldiqlari yengil
kochishi uchun osimlik moyidan foydalaniladi.
Yalliglanishning oldini olish va uni yiringlashdan saq-
lash maqsadida ochoqlarga geliomitsin, kolimitsin, dibio-
mitsin, 13 % li eritromitsin va 5 % li polimiksin mal-
hamlarini surtish buyuriladi.
76
Chegaralangan sohalarga antibiotik va steroidli mal-
hamlardan
Dostları ilə paylaş: |