brom, novokain, tazepam, nozepam va
boshqalar qo‘llaniladi.
Giрnozoterapiya va uyqu bilan
davolash yaxshi samara beradi. Organizmning sensibi-
lizatsiya, allergik holatini yo‘qotish uchun kalsiy birikma-
lari
(kalsiy xlorid, kalsiy glukonat), natriy tiosulfat tavsiya
etiladi. Davolashning birinchi kunidan boshlab antigista-
min dorilar
(tavegil, loratal (loratadin), anallergen,
suprastin, zaditen va boshqalar) terapevtik miqdorda
buyuriladi. Ekzema og‘irroq kechganda bemorni ka-
salxonaga yotqizib,
kortikosteroid dorilar bilan davolaniladi.
Ularning kunlik o‘rtacha miqdori 30—40 mg ni tashkil
etadi. Davolash kompleksiga vitaminlar, ayniqsa, B guruh
vitaminlar (B
1
, B
6
, B
12
), nikotin kislotasi
(PP vitamini)
va boshqalarni qo‘shish tavsiya etiladi. Seboreyali ekze-
mada yuqorida keltirilgan dorilardan tashqari
E vitamini
(tokoferol) ham buyuriladi. Davolash chog‘ida, shuning-
dek, undan keyin ham parhezga rioya qilish, tuxum yemaslik,
qovurilgan, achchiq, sho‘r, moshli ovqatlar iste’mol
qilmaslik va spirtli ichimliklar ichmaslik talab etiladi.
Mahalliy davo har bir bemor organizmining o‘ziga
xos tomonlari hamda kasallikning turi va klinik kechishini
hisobga olib o‘tkaziladi. Тerida pilchirash va shish bo‘lsa,
sovuq namlagichlar (primochkalar), bu holat kamaysa,
indifferent pastalar
(qo‘rg‘oshin, Lassar, naftalan pasta-
lari) tavsiya etiladi. O‘tkir yallig‘lanish jarayoni o‘tganidan
so‘ng qichishishni kamaytiruvchi malhamlar
(mentol,
anestezin, dimedrol)dan foydalaniladi. Kortikosteroidli
malhamlar va kremlarni qo‘llash ham davo samarasini oshi-
radi. Surunkali ekzemani davolashning asosiy vazifasi infil-
tratsiyani so‘riltirishdir. Buning uchun naftalan (20 % li),
qatron (dyogot) (10 % li) malhamlari tavsiya etiladi.
109
Infiltratsiyani soriltirishda Dorogov antiseptik stimu-
latori (DAS) ning 3-fraksiyasi ancha shifobaxsh hisob-
lanadi. Bu 510 % li malham sifatida surtiladi.
Bolalar ekzemasi. Bolalar ekzemasiga, asosan, eks-
sudativ diatez yoki irsiy omillar, shuningdek, organizm
immunologik reaktivligining ozgarishi sabab boladi. Ekzema
bilan ogrigan bolaning ota-onasi yoki yaqin qarindoshlarida
turli allergik kasalliklar bor-yoqligi aniqlanadi. Agar
bolaning otasi yoki onasi allergik kasalliklar bilan ogrigan
bolsa, u holda bolaning ekzema bilan kasallanishi 40 %
ni, mabodo ularning har ikkalasi ham allergik kasallik bilan
ogrigan bolsa, u holda kasallanish 6070 % ni tashkil
qiladi. Bemorda turli xil surunkali infeksiya ochoqlari, kon-
yunktivit, meda-ichak kasalliklari aniqlanadi. Bemor orga-
nizmining immunobiologik xususiyati pasayganligi tufayli
ular kimyoviy moddalar, oziq-ovqatlar va dori-darmonlarga
nisbatan juda sezuvchan bolib qoladilar.
Kasallik bolalar hayotining dastlabki kunlaridanoq
boshlanishi mumkin. Patologik jarayon yuz, boyin, bosh-
ning sochli qismidan boshlanib asta-sekin tananing boshqa
sohalariga tarqaladi, badanning shu joylari qizarib, qichi-
shadi va mayda-mayda ekssudativ tugunchalar hamda pu-
fakchalar paydo boladi. Pufakchalar yorilib, tagi pilchirab
turadi, songra ustki qismi sargish-jigarrang postloqlar,
qopaqotir bilan qoplanadi, bazan bemorlarda eritematoz-
skvamozli seboreidlarni uchratish mumkin. Kasallikning
klinik kechishida mikrobli, chin va seboreyali ekzemaning
belgilari namoyon boladi. Bolalardagi ekzema hamisha
qattiq qichishish bilan davom etadi va terining tirnalishiga,
ishtaha yoqolishiga, uyqusizlikka sabab boladi. Kasallikka
kopincha xomsemiz, asabi zaifroq bolalar chalinadilar.
Bunda limfatik tugunlar kattalashadi, qonda esa eozinofiliya
kuzatiladi. Kasallik keyinchalik diffuz yoki disseminatsiya-
lashgan neyrodermitga aylanishi mumkin.
D a v o s i . Bolalar ekzemasini davolashda ovqatlanish
rejimini tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Ovqat bilan
110
birga istemol qilinayotgan uglevod, osh tuzi hamda su-
yuqlik miqdorini cheklash zarur, chunki ular terida yal-
liglanish jarayonini kuchaytiradi. Bolalar ekzemasini da-
volashda ekzemaning boshqa turlarini davolashda qolla-
niladigan vositalardan foydalaniladi. Bolalarga dori vosi-
talari tegishlicha kamroq dozada beriladi.
5.3. Neyrodermatozlar
Neyrodermatozlar badanning qattiq qichishishi bilan
kechadigan bir qancha teri kasalliklarining yigindisidir.
Òerining qichishishi, neyrodermitning har xil turlari, qi-
chima, eshakyem va boshqalar shular jumlasidandir.
5.3.1. Òeri qichishishi (Qichima PRURIGO)
Òeri qichishishi uzoq vaqt davom etib, jarayon teri
shilinishlari bilan kechadi. Hozirgi vaqtda qichishish haqida
«ogohlantiruvchi» maxsus retseptorlar haqida aniq fikr
yoq. Bazi olimlarning fikricha ogriqni qabul qiluvchi
retseptorlar qichishishni ham qabul qiladi; qichishish im-
pulslari nerv tolalari orqali subkortikal va kortikal markaz-
larga borib, subyektiv sezishga aylanar ekan.
Òeri qichishishi qon, modda almashinuvi: jigar, buyrak,
medaosti bezi kasalliklarida ham uchraydi. Shu sababli dast-
lab bemorning ichki azolarini sinchiklab tekshirish zarur.
Òeri qichishishining obyektiv belgilariga terida birlamchi
morfologik elementlar bolmasligi; ikkilamchi elementlar-
dan shilinishlar va gemorragik postloqlar borligi kiradi.
Demak, teri qichishishi subyektiv sezuvchanlikning buzi-
lishi oqibatidir. Uzoq vaqt teri qichiyverishi oqibatida
bemorning tirnogi «yaltiragan» korinishda boladi. Qichi-
shish kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun kuchayadi,
bazan shu darajada kuchli boladiki, hatto bemorning
mehnat qobiliyatiga tasir etib, ruhiy tushkunlikka olib ke-
ladi. Òeri qichishishi uzoq davom etganda lixenifikatsiya avj
oladi, bora-bora neyrodermitga aylanishi mumkin.
111
Òeri qichishishining tarqoq yoki cheklangan xillari farq-
lanadi. Cheklangan teri qichishishi kopincha jinsiy azo-
larda (yorgoq, vulva va orqa chiqaruv teshigi sohasida)
kuzatiladi. Bunga gijja mavjudligi, jinsiy azolarning yal-
liglanishi, vegetonevroz natijasida kelib chiqqan mahalliy
terlash, endokrin kasalliklar va boshqalar sabab boladi.
D a v o s i. Birinchi navbatda yuqorida keltirilgan etio-
logik sabablarni oz vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish
kerak. Asosan, simptomatik davo qilinadi: antigistamin,
giðosensibilizatsiyalovchi dorilar, shuningdek, tinchlan-
tiruvchi dorilar tazepam, elenium, seduksen, aminazin
va boshqalar buyuriladi.
M a h a l l i y d a v o sifatida timol (12 % li), karbol
(2 % li) hamda mentol eritmalari; tarkibida mentol va
anestezin bolgan sovituvchi chayqatmalar (áîëòóøêà)
tavsiya etiladi. Kortikosteroidli malhamlar yaxshi naf beradi.
5.3.2. Neyrodermit (NEURODERMITIS)
Neyrodermit terining surunkali, tez-tez qaytalanib tu-
ruvchi yalliglanishi bolib, badanning qattiq qichishishi,
keyinchalik tugunchali toshmalar papulalar toshib, teri
qalinlashishi, lixenifikatsiya avj olishi bilan kechadi (9-rasm).
Neyrodermitning klinik korinishiga qarab diffuz (tarqoq)
va chegaralangan xillari farq qilinadi. Neyrodermitning,
shuningdek, giðertrofik, giðerkeratotik, follikular, yuzning
diffuz lixenifikatsiyasi kabi atiðik shakllari ham mavjud.
E t i o l o g i y a s i v a p a t o g e n e z i . Neyrodermitga,
asosan, endogen omillar sabab boladi. Asosan, nerv siste-
masining funksional ozgarishlari, meda-ichak yoli, jigar,
endokrin sistemasining kasalliklari, modda almashinuvi
faoliyatlarining buzilishi neyrodermitning vujudga keli-
shiga sabab boladi. Nerv sistemasida nevrotik ozgarishlar:
kuchli qozgalish, darmonsizlik, asteniya, emotsional ho-
latlar, uyqusizlik va boshqalar kuzatiladi. Elektroensefa-
lografiya, pletizmografiya, xronoksimetriya kabi tekshirish
usullari markaziy va vegetativ nerv sistemasida funksional
112
ozgarishlar borligini korsatadi (turgun oq dermogra-
fizm, aniq pilomotor refleksi, termoregulatsiya va ter ajra-
lishining buzilishi va b.).
Bazan markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzi-
lishi ikkilamchi bolishi ham mumkin, yani uyqusizlik va
kuchli qichishish natijasida nerv sistemasi zoriqadi va bu
neyrodermitning klinik kechishiga salbiy tasir etadi.
Nerv sistemasining zoriqishi (kuchli qozgalish va
boshqalar) oqibatida kelib chiqqan «stress» buyrakusti bezi
postlogining faoliyatiga kuchli tasir etadi va bunda gor-
monlar ishlab chiqarilishi susayadi yoki butunlay toxtaydi;
organizmning yalliglanishga qarshi xususiyati susayadi,
glukokortikoidli gormonlarga bolgan talabi esa ortadi.
Demak, bemorlarda kortikosteroidlar miqdorining ka-
mayishi allergik reaksiyaning kuchayishi yoki teridagi pa-
tologik jarayonning qaytalanishiga olib keladi. Yuqorida
qayd etilganlardan nerv va endokrin sistemalar bir-biri
bilan chambarchas bogliqligini korish mumkin. Neyroder-
mit bilan ogrigan bemorlarning kopchiligida qalqonsi-
mon bez faoliyatining ortishi yoki susayishi kuzatilgan.
Neyrodermit patogenezida allergik jarayonning aha-
miyati quyidagi malumotlarga qarab belgilanadi:
1. Bemorning kasallik tarixi sinchiklab organilganda,
ular yoshligida bolalar diatezi bilan ogriganligi malum
boladi; terida pufakchalar, pilchirash va ekzematoz «qu-
duqlar» boshqa elementlarga (infiltratsiya, lixenifikatsiya)
nisbatan koproq boladi. Bu neyrodermitning ekssudativ
turiga xosdir.
2. Ochoqli neyrodermitda allergik toshmalarni zarar-
langan ochoqdan ancha naridagi sohalarda ham uchratish
mumkin.
3. Neyrodermit bilan ogrigan bemorlarning kopchi-
ligida dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan allergiya
kuzatiladi.
4. Neyrodermit bazan bronxial astma, vazomotor rinit,
eshakyem kabi allergik kasalliklar bilan birga uchraydi.
113
Diffuz (tarqoq) neyrodermit. Diffuz neyrodermitning
klinik korinishida otkir bolmagan teri eritemasi fonida
lixenifikatsiya va infiltratsiya kuchli rivojlanadi.
Zararlanish ochoqlari, asosan yuz, boyin, qol va oyoq
bukilmalari, jinsiy azolar va sonning ichki yuzasida ku-
zatiladi. Birlamchi morfologik element tuguncha bolib, u
normal ozgarmagan teri yoki och pushti rangda boladi.
Bu tugunchalar bir-biri bilan qoshilib, infiltratlangan so-
halarni hosil qiladi. Patologik jarayondagi teri quruq, usti
ekskoriatsiya va mayda kepakli tangachalar bilan qoplanadi.
Shuningdek, tananing tabiiy burmalarida uzun yoriqlar
yuzaga keladi. Òerining kuchli qichishishi, monomorf
toshmalar, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, oq der-
mografizm, aniq pilomotor refleksi neyrodermitga xos bel-
gilardir. Kuchli qichishish bemor uyqusining buzilishiga,
nevrotik holatning kelib chiqishiga sabab boladi. Bemor-
larda giðotoniya, giðerpigmentatsiya, adinamiya, allergik
reaksiyalar, meda shirasi hamda siydik kam ajralishi,
giðoglikemiya, ozib-tozish, tez toliqish kabi simptomlar
namoyon boladi. Neyrodermitning klinik kechishi ko-
pincha faslga bogliq. Kasallik, asosan, qishda zorayib,
yozda klinik remissiya holatida boladi. Neyrodermit bron-
xial astma, vazomotor rinit, pichan lixoradkasi va boshqa
allergik kasalliklar bilan birga kechishi mumkin. Bazi
kuchli qozgatuvchi omillar tasirida patologik jarayonning
otkir yalliglanish hollari (vezikulatsiya, pilchirash, qiza-
rish) kuzatiladi.
Cheklangan neyrodermit. Òerining malum bir sohasi
kuchli qichib bezovta qiladi. Zararlanish ochoqlari bo-
yinning orqa yoki yon qismi, jinsiy azolar, dumbalar
orasidagi burmalar, katta bogimlarning bukuvchi yuza-
larida kuzatiladi. Kasallik boshlanishida teridagi ozgarishlar
deyarli sezilmaydi. Qichishish kuchayganida terida mayda
tugunchalar paydo bolib, ular qattiq konsistensiyali, yuzasi
kepaksimon tangachalar bilan qoplanadi. Keyinchalik
tugunchalar bir-biri bilan qoshilib, kattaroq joyni egal-
114
lashi mumkin. Òoshmalar och pushti, qongir tusda, yassi
yumaloq shaklga ega boladi. Òeri asta-sekin qalin tortib
zichlashadi (lixenifikatsiya). Kasallik avj olgan davrida
lixenifikatsiyaga uchragan markaz usti yaltiroq yassi och
pushti rang tugunchalardan iborat orta va giðerpigmentli
periferik qismlari ajralib turadi. Otkir yalliglangan
ochoqlarda shilinishlar kuzatiladi. Kop qichinish oqibatida
chiqqan qon qotib, qoraqotir bolib qoladi, kopincha
ikkilamchi piodermiya avj oladi. Kasallik uzoq muddat
davom etadi.
D a v o s i . Neyrodermitni davolashda sedativ va psi-
xotrop dorilar qollaniladi. Organizmning allergik holatini
pasaytirish uchun desensibilizatsiyalovchi va antigistamin
dorilar (tavegil, lorid, dimedrol va b.) tavsiya etiladi.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatini maromga keltirish va
nevrotik holatni kamaytirish maqsadida uyqu, giðnoz bilan
davolash, brom preparatlari, neyroleptiklar (trioksazin,
elenium, seduksen, meprotan), ganglioblokatorlar (na-
nofin, aminozin, geksoniy) va boshqalarni qollash yaxshi
naf beradi. Vitaminlar (B guruh vitaminlari, A, PP) ham
qabul qilinadi. Kasallik ogir kechganida kortikosteroidli
dorilar (prednizolon, deksametazon, triamsinalon va
boshqalar) buyuriladi.
Fizioterapevtik vositalardan vodorod sulfid, radon van-
nalari, ultrabinafsha nurlar, PUVA-terapiya va boshqalar
tavsiya etiladi.
M a h a l l i y d a v o vositasi sifatida kortikosteroidli
malhamlar («Sinalar», «Selestoderm», «Dermatop» va
boshqalar)dan foydalaniladi.
Cheklangan neyrodermitda zararlangan ochoqlar at-
rofiga gidrokortizon, kenolog va boshqa steroidli gormonlar
inyeksiya qilinadi. Ochoqli neyrodermitda Bukki nurlarini
qollash ham yaxshi natija beradi. Kasallikning zorayishi
va qaytalanishining oldini olish maqsadida sanatoriyalarda
(«Chortoq», «Chimyon») davolanish, surunkali infeksiya-
larni bartaraf etish tavsiya etiladi.
115
5.4. Eshakyem (URTICARIA)
Eshakyem allergik kasallik bolib, terida, bazan shilliq
qavatlarda qavarchiqlar paydo bolishi va qattiq qichishish
bilan kechadi. Kasallik asosida organizmning turli tasi-
rotlarga ota sezuvchan bolib qolishi yotadi. Kasallikni
keltirib chiqaruvchi omillar ekzogen (kimyoviy, mexanik,
fizik, dori-darmonlar, oziq-ovqatlar) va endogen (ichki
organlar patologiyasi meda-ichak, jigar, nerv sistemasi
faoliyatining buzilishi) omillar bolishi mumkin.
Endogen va ekzogen omillar tasirida organizmda gis-
tamin, serotonin va boshqa biologik aktiv moddalar miq-
dori ortadi, natijada bu moddalar kapillarlarni kengay-
tirib, ularning otkazuvchanlik xususiyatini oshiradi va
dermaning sorgich qavatida otkir shish holatini vujudga
keltiradi. Gistamin va boshqa bioaktiv moddalar, asosan,
bazofil hujayralarda joylashib, proteaza fermentlar faolligi
oshganda ular hujayralardan ajralib chiqadi. Proteaza
fermentining faolligi antitelo-antigen reaksiyasi natijasida
oshadi.
Klinik kechishiga kora eshakyemning otkir, surunkali
retsidiv (qaytalab turuvchi) va turgun tugunchali xillari
farq qilinadi.
Otkir eshakyem birdan bemor terisiga qavarchiqlar
toshishi va kuchli qichish bilan boshlanadi. Qavarchiqlar
teri damidan kotarilib turadi va pushti-qizil rangda, shakli
yumaloq yoki chozinchoq bolishi mumkin, bazan ular
bir-biri bilan qoshilib har xil shaklga kiradi. Bunda be-
morning umumiy ahvoli ozgaradi, tana harorati ko-
tariladi, darmonsizlik, meda-ichak faoliyatining buzilishi,
«eshakyem lixoradkasi» kuzatiladi. Eshakyem badanning
turli qismlariga toshishi mumkin. Òoshmalar kopincha
hiqildoq, halqum va boshqa soha shilliq qavatlarida ham
paydo bolishi mumkin. Bunda shu joylar shishib, nafas
olish va yutish qiyinlashadi. Bir necha soatdan keyin eshak-
yem batamom yoqoladi, bazan qaytalanib turadi.
116
Kvinkning otkir chegaralangan shishi (angionevrotik
shish) otkir eshakyemning bir turi bolib, terida (yoki
shilliq qavatda), teriosti kletchatkasida yoki jinsiy azo-
larda chegaralangan shish paydo bolishi bilan ifodala-
nadi. Òeri dagal, elastik, oqish yoki pushti rangda boladi.
Bemorlar qichishishdan shikoyat qilmasliklari ham
mumkin. Bu kopincha oddiy eshakyem bilan birga ke-
chadi. Kvinkning chegaralangan shishi xavfliroq bolib,
uning hiqildoqdagi toshmalari stenoz yoki asfiksiyaga
sabab bolishi mumkin.
Surunkali qaytalanib turuvchi eshakyemda toshmalar
soni kop bolmaydi, lekin ular bir necha oy yoki yillab
davom etadi. Eshakyemning bu turi surunkali infeksion
ochoqlar (tonzillit, xolesistit va boshqalar) tufayli vujudga
keladi. Òoshmalar toshganda bemorning umumiy ahvoli
ozgaradi, bosh ogrigi, kongil aynash, qusish va diareya
holatlari, shuningdek, qonda eozinofiliya va trombosito-
peniya kuzatiladi.
Òurgun tugunchali eshakyem bemor terisidagi qava-
riqli toshmalarning uzoq turishi va papulalarga aylanishi
oqibatida vujudga keladi. Bunda teridagi chegaralangan
shish ornini asta-sekin limfositlardan iborat infiltrat
egallaydi va giðerkeratoz, akantoz jarayoni kuzatiladi.
Òoshmalar, asosan, qol va oyoqning yozuvchi sohalariga
toshib, qizgish-qongir rangda boladi.
Quyosh (oftob) tasirida vujudga keladigan eshakyem
fotodermatozlar guruhiga mansub bolib, asosan jigar
xastaligi va porfirin modda almashinuvi buzilgan hamda
quyosh nuriga nisbatan ota sezuvchan kishilarda kuza-
tiladi. Kasallik bahor va yoz oylarida qozib, badanning
quyosh nuri tushib turadigan ochiq joylarida (yuz, qol,
boyin) uchraydi. Òoshma elementlari oddiy eshakyem-
dagi elementlardan farq qilmaydi.
D a v o s i. Birinchi navbatda bajariladigan ishlar
kasallikni keltirib chiqargan omillarni (meda-ichak va asab
sistemasi patologiyasi, surunkali infeksiya ochoqlari va
117
boshqalar) aniqlash va ularni bartaraf etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |