Scientific progress volume ǀ issue ǀ


www.scientificprogress.uz



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#96754
1   2   3   4   5   6   7   8
crispr-cas9-texnologiyasi-yordamida-soya-genomini-tahrirlash

www.scientificprogress.uz
 
Page 404
nishonga olishda TALEN texnologiyasiga qaraganda yuqori samaradorlikka ega 
ekanligini ko'rsatdi. Di shuningdek, bir nechta GmU6 promotrlarini soya va Arabidopsis 
thaliana o’simliklari tukli ildizlarida sgRNK ekspressiyasini boshqarish uchun mos 
bo'lganlarni topish maqsadida qo’shimcha tadqiqot o’tkazdi. Tadqiqot natijasida GmU6-
8 va GmU6-10 promotrlarini gen tahrirlash samaradorligini oshirish uchun yuqori 
faollikka ega ekanligini aniqlandi [21]. Bundan tashqari, soya zaxira oqsili genlari Li 
tomonidan va nodulyatsiyaning o'ziga xosligini nazorat qiluvchi nomzod genlari Tang 
tomonidan CRISPR / Cas9 tizimi hamda hairy-root transformatsiya tizimi bilan 
birgalikda o’tkazilgan tadqiqotlarda tahrirlangan va yaxshi o'rganilgan.
Cai va Do tomonidan olib borilgan tadqiqotlar soyadagi bir xil xromosomada 
ikkita qo'shni lokusni ajratish uchun dual-sgRNK yordamida katta genom o'chirish hosil 
bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi [24,25]. Bu orqali Dual-sgRNA dizayni nafaqat ikki 
tomonlama tahrir qilish qobiliyati tufayli gen mutatsiyalari chastotasini oshirishi, balki 
nishonlangan genni to'liq ochirilishini ta'minlash uchun katta fragmentlar deletsiyasini 
ham hosil qilishi mumkin ekanligi ochib berildi. So’ngi yillardagi tadqiqotlar natijasi 
o’laroq Mengyan tomidan optimallashtirilgan ko'p bosqichli jarayonlar bilan 
birlashtirilgan CRISPR-Cas9 platformasi ishlab chiqildi. Ushbu platformadan 
foydalangan holda, 100 dan ortiq nomzod genlarga mo'ljallangan multipleks 
mutagenezli soya populyatsiyasi yaratildi [26]. 
Yuqoridagi tadqiqotlarning ahamiyati shundaki, har bir tadqiqot soya o’simligini 
tadqiq qilishda CRISPR/Cas texnologiyasiga asoslangan samarali tizimni yaratish 
uchun muhim manba bo’lib xizamat qiladi. Soya genomini maqsadli tahrirlashdagi 
bunday muvaffaqiyatli dasturlar uni sanoat miqyosida yetishtirishda CRISPR / Cas9 
tizimining o’rni muhimligini ko'rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika 
markazida olib borayotgan tadqiqotlarda ham aynan CRISPR/Cas tizimi orqali soya 
o’simligini qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishga e’tibor qartilgan. Adabiyotlar 
asosida soya o’simligida qurg’oqchilikka aloqador genlar har tomonlama chuqur 
o’rganildi. Qurg’oqchilikka chidamli bo’lgan soya liniyalarini olish borasidagi 
taqdiqotlar uchun nisbatan kam o’rganilgan, qurg’oqchilikka aloqador bo’gan E-1 geni 
tanlab olindi va ushbu gen asosida CRISPR/Cas9li genetic vector konstruksiya hosil 
qilindi. Ushbu genetik konstruksiya bir nechta bosqichli reaksiyalar asosida E.Coli 
bakteriyasining maxsus shtamlariga transformasiya qilindi. Bakteriya genomida ushbu 
konstruksiyaning ekspressiyasini tekshirish maqsadida maxsus praymerlar yordamida 
sekvens qilindi. Shuningdek, o’simlikka transformasiya qilish uchun Agrobakterium 
tumifaciens bakteriya shtammlaridan foydalanildi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin