SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 402
technology is making mutations in only targeted genes and removing of the antibiotic
resistance gene, the part of the genetic construction from the genome.
In
this study, the drought-related E-1 gene was selected among many stress
related genes as a target in order to increase the resistance of soybeans to drought.
Artificial sgRNAs corresponding to exons 1,3 and 4 of the E-1 gene were created to
generate targeted mutagenesis. The vector conctruction was
developed along with the
U6–10 (soybean) and the U6–26 promoters of the
Arabidopsis thaliana.
Keywords: CRISPR/Cas9, soybean, genome editing, TALEN, crRNA,
tracrRNA,
vector construction.
Kirish
Soya (
Glycine max L.) - dukkakli ekin bo’lib, urug’i tarkibida ko’p miqdorda
oqsil va yog' saqlaydi. Shu sababli oziq-ovqat, yem-xashak va sanoat maqsadlarida keng
yetishtiriladi [1]. Soya katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lganligi
bois dunyo olimlari
yillar davomida genlar funktsiyasini tahlil qilish hamda genomni o'zgartirish
texnologiyalaridan foydalangan holda, uning xo’jalik belgi va xususiyatlarini
yaxshilashga intilmoqda.
Paleopoliploid
tur sifatida, soya genlari funktsiyasini o'rganish genetik
o'zgarishlarning past chastotaliligiga qo'shimcha ravishda,
genetik xilma-xillikning
ko’pligi bilan ham murakkabdir [2]. An'anaviy gen muhandisligi texnologiyalari
ekzogen DNKni o'simlik genomiga integratsiyalashuvi orqali gen ekspressiyasini
modulyatsiya qilishi mumkin. Natijada gen ekspressiyasi susayadi yoki haddan tashqari
ortadi [3, 4]. Biroq, ular ba'zi texnik kamchiliklarni, masalan, gen nokautning noaniqligi
hamda to'liq bo'lmasligi, begona genlarini nazorat qilib bo'lmaydigan ekspressiyalanish
darajasi va genomga birikish joylarining tasodifiyligi kabilarni bartaraf eta olmaydi [5].
Soya genomi murakkab bo’lib, tarkibidagi genlar juda ko’p takrorlanadi. Shu
sababli soya genomini tahrirlashda aniq va sodda usullar talab qilinadi. So'nggi
vaqtlarda CRISPR/Cas tizimi asosidagi genlarni tahrir
qilish texnologiyasi soddaligi,
yuqori samaradorligi va aniqligi kabi qator afzalliklarga egaligi tufayli turli
o’simliklarda keng qo'llanilmoqda [2]. Ushbu texnologiya genomni tahrir qilishda
maqsadli loyihalashtirish va klonlashni osonlashtirish uchun keng ko'lamli
platformalarga ega [6].
CRISPR/Cas tizimi genomni tahrirlash platformalaridan eng so'ngisi hisoblanadi.
Bu tizim
Streptococcus pyogenes bakteriyasida immun tizimining tarkibiy qismi
sifatida kashf etilgan. CRISPR/Cas tizimi bakteriyalar va arxeyalarda keng tarqalgan
bo'lib, xo’jayin organizmini virusli (fag) va plazmidli DNKning kirib kelishidan himoya
qilish uchun adaptiv immun javob reaksiyasi sifatida xizmat qiladi [7,12]. Virus hujum
qilganda, bakteriyalar kiruvchi DNK yoki RNKning tegishli
ketma-ketligini CRISPR
lokusida hujayra genomiga qisqa bo'laklar/ketma-ketliklar sifatida birlashtiradi.