73
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – bu kapitallar birlashishining firmasidir. Jamiyat
majburiyatlarida jamiyat qatnashchilari faqat qo’ygan puli bilan javobgarlikka olib
boradilar, butun mol-mulki bilan javobgar mulki olib boradilar.
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda
tutilgan mushtarak orzu. Firmani bo’lajak harakatlarni oldindan aniqlash. Pirovard
natijani baxolash me’yorini belgilaydi va x.k.
Matrisali tuzilma – boshqaruv ancha murakab bo’ladi,
uning mahsuloti nisbatan
qisqa «umr» ko’radigan va tez – tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan
qo’llanadi.
Marketing menejmenti – bozordagi talabni o’rganish,
mahsulotni xaridorga
yetkazish, qadoqlash reklama kabi jarayonlarni boshqarish.
Moliyaviy menejment – korxona mablag’laridan samarali foydalanish,
kredit olish
masalalarini boshqarish.
Marketing – bozor holatini asosli o’rganish va oldindan baxolash bilan tovarlarni
ishlab chiqish va sotishni tashkil etish hamda bozor iqtisodiyotining muhim unsuri.
Menejment funksiyasi – menejment vazifasi. Funksiya – lotincha so’z
biror
kishining faoliyat doirasi, vazifasi ma’nosini bildiradi.
Moddiy javobgarlik – bu korxonalar va tashkilotlarning, ayrim mansabdor
shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining natijalari
uchun yuklatilgan
ma’suliyatdir.
Moliyaviy hisobot – turli xil hisobotlar birlashmasi bo’lib, ular korxonaning
moliyaviy o’rni va faoliyati, hamda uning moliyaviy tuzilishida o’zgarishlarni qulay
va tushunarli holda, ularga ma’lum ish masalasini hal qilish uchun tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: