Iqtisodiy kibernetika – iqtisodiyotda boshqaruv jarayonlarni o’rganish usullarining
majmuasi, jumladan iqtisodiy matematik uslublari.
Ishbilarmon – mulkdor, o’z g’oyasini, o’z mablag’ini, o’z obro’sini hayotga tadbiq
etish uchun tavakkal qiladi va daromad olish uchun faoliyat yuritadi.
Innovatsion menejment- yangi mahsulot, yangi texnika, texnologiyani ishlab
chiqarishga joriy qilishni boshqarish.
Ishlab chiqarish menejmenti – operatsion tizimlarni yaratish, ularni rejalashtirish va
ishlatish jarayonlarini boshqarish.
Iqtisodiy usul – bu usul boshqaruvda iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi.
Innovatsiya – «innvation» inglizcha so’z, o’zbek tilida «yangiliklarni qo’llash»
manosini anglatadi. Ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi
texnologiyani joriy etish.
Investitsiya – daromad olish maqsadida uzoq muddatga kapitalni ishlab chiqarishga
qo’yish.
K Kibernetika – murakkab dinamik tizimlarni maksadli optimal boshqaruvi
to’g’risidagi fan.
Kartel – bu shunday uyushmaki, unda bir soha firmalar bir-birlari bilan birgalikdagi
tijorat faoliyati haqida kelishadilar.
Konglomerat diversifikatsiyasi – tashkilotni uning asosiy faoliyatiga bog’liq
bo’lmagan biznesga kirishni bildiradi.
Konsentrik diversifikatsiya– tashkilotni joriy faoliyati bilan bog’liq biznesga
kirishini ma’nosini bildiradi. Bu sotib olish yoki o’xshash tovarlar chiqaruvchi
firmalar ustidan nazorat o’rnatish evaziga kengaytirishdir.
Konsensus – bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha masalalar va turli tuman
fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish.
Kommaditist o’rtoqlik – bu ikki yoki bir necha shaxslarning tadbirkorlik
faoliyatining uyushmasidir, qayerdakim ba’zi ishtirokchilar o’rtoqlik ishlarida
o’zining jamg’armasi va butun mol – mulki bilan javobgarlikka olib boradilar,
boshqalari faqat to’la o’rtoqlargina tuzishlari mumkin, pul qo’yuvchilar emas.