Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazaryasi"



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#98742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
RASULOV SHOXRUX KURS ISHI 11

 

ТС
 


 

VC


FC
 
 
 



Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni xisoblash 
uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar 
tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) 
xarajatlarning ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori nisbatiga teng: bu yerda:
AC - o'rtacha umumiy xarajatlar;
TC - yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
FC-doimiy xarajat
  
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
2.
Iqtisodiy xarajatlar haqida turli yondashuvlar 
Milliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati 
natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona 
nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab 
chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.
Inson hayot kechirishi uchun moddiy ne'matlar va xizmatlar taqozo qilinadi. 
Moddiy ne'matlar yaratish o'z navbatida xarajat qilishni taqozo etadi. Har bir 
korxona, firma, (xo'jalik sub'ektlari) tovar ishlab chiqarish uchun ma'lum 
iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasini eng 
avallo resurslar cheklanganligini hamda ularni muqobil (alternativ) ishlatish 
imkoni bilan bog'liq. Masalan, yer resurs sifatida cheklangan. Undan turli 
maqsadda foydalanish mumkin. Uy qurish, korxona qurish, turli ekinlar ekish va 
h.k. Har bir xo'jalik sub'ekti u yoki bu resursni sotib olib ishlatar ekan, demak bu 
resursni boshqalar ishlata olmaydi. Resurslarni sotib olgach uni samarali ishlatish 
uchun harakat qiladilar. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda, 
yetakchi ko'rsatkich hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari 
(korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga xarakat 
qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda 
sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-
xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi 
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab 
chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi 
darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun 
ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini 
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari 
eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga 
mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning 
ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab 
chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va 
hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga 
ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
 moddiy xarajatlar;
 asosiy fondlar amortizasiyasi;


11 
 mehnatga xaq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;  ijtimoiy 
ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;  boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo’lib, 
umumiy xarajatlarning 60- 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar 
o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
 xom ashyo va materiallar xarajatlari;
 texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i 
va energiya;
 xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;
 sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
 mashina va asbob-uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar;
 boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish 
xizmatlari;
 xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi 
predmetlarning eskirishi
yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-
bosh uchun eng kam oylik
 ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
 tabiiy xom ashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa 
to’lovlar;
 ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga 
keladigan yo’qotishlar;
 tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud 
bo’lmagan holda yuzaga  keladigan yo’qotishlar 

Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini 


yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan 
bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi 
shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi, chunki u davlat 
iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning 
xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan 
iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga 
qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan bir yo’la xarajat 
uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy 
xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining 
sarflanishi hisoblanadi.
Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. va boshqalar O'zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik 
yillarida. T.: TDIU, 2007. 


12 
Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu iqtisodiyotning aksiomasidir. 
Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs, barcha subyektlar xarajat 
qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish resurslarini talab qiladi. 
Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas, ularni faqat bozor narxida 
sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu firma uchun foyda olishning 
asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga qo’yilgan kapital ishlab chiqarish 
jarayonida joriy, kundalik, oylik va privovardida yillik xarajatlariga 
aylanadi.
Qisqacha qilib aytganda Firmaning xarajati- bu tovar va xizmatlar 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin