Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazaryasi"



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#98742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
RASULOV SHOXRUX KURS ISHI 11

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



20 
3.Iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va 
iqtisodiy samaradorlik  
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor 
iqtisodiyotida 
ishlab 
chiqarish 
usulining 
qonuniyatidir. 

mehnat 
unumdorligining to’xtovsiz o’sishi, mexnatkashlar madaniy, texnikaviy
darajasini yuksalishi, moddiy va mexnat resurslaridan ratsional foydalanish, 
xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning axamiyati 
yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizning absolyut 
xajmi o’sib bormoqda. Umuman Respublika bo’yicha sanoat maxsuloti 
tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. so’m miqdorida iqtisod qilinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy 
darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va 
maxsulot 
tayyorlash 
texnologiyasini 
takomillashtirish 
jarayonalarining 
kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada 
samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mexnat sarfini 
kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirsh xamda qo’llanilayotgan 
texnikadan foydalanishni xisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini 
anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv 
texnologiya asosida o’tgan va jonli mexnatni tejashga erishiladi. Moddiy 
resurslarda buyumlashgan o’tgan mexnatni tejash xuddi shu miqdordagi 
xomashyo va materiallardan ko’proq maxsulot ishlab chiqarish imkonini beradi; 
jonli mexnat sarfini tejash maxsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi
ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok maxsulot ishlab chiqarishga 
imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va 
ilgor texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida 
mexnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya 
qilish katta axamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga dori sarflarini 
kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal 
foydalanish. Brak natijasida ro’y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish 
fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqifondini ratsional sarflash 
tsex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish bularning barchasi u yoki bu 
darajasida maxsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamayishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilgi va energiya 


21 
yetkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turib 
qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz 
xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari normativdan 
ortiqcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib 
ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab 
chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mexnatni tashkil etishda 
takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam 
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish 
mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va 
avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta 
e’tibor berish kerak.
Maxsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir. Xisob olib 
borish yoqilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional 
foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg’armasini 
oshirish imkonini beradi. Kolektivning kuchini yetishtirilladigan maxsulotning 
tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan 
xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va xisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni 
aniqlash ortiqcha xarjatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimi 
analiz qilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining 
bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun 
korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirsh uchun muxim axamiyatga ega. 
Lekin analiz faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga qo’yilgan 
baxo bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish 
uchun taxlikiy va texnikaviy xarakatlarni xam ko’rishi kerak.
Maxsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok 
etishlari uni pasaytirishning muxim yo’lidir.
Xarajatlar korxonaga bog’lik bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. 
Masalan: resurs narxi xar xil xizmat xaqqining tebranishi korxona xoxishidan 
qat’iy nazar xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami 
kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni 
tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha 
xarajatlar mexnat unumliga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mexnatni 
unumining ortishi xam moddiy xam mexnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx 
binobarin tovar barqaror sharoit mexnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali 
foydani ko’paytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini 
oshirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero maxsulot baxosi 
tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar 
qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.


22 
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu 
fan texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. 
FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo 
materiallaridan yoqilgi resurslaridan yanada tularoq foydalanishga imkon beradi. 
Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda 
yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard 
natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 
FTT ning 20 –asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi texnologik 
usulga o’tilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish 
usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki 
sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab 
chiqarish va mexnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish 
ishlab chiqarishda yo’qotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirish 
bu esa o’z navbatida jonli mexnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish 
unumdorligini oshishiga olib keladi.
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini 
qondirishga qaratilgan maxsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik
miqdoriy o’lchov darajasiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori 
samaradorlik ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil 
bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar 
majmuasi eng yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash qiyin 
emas. Xar bir ist’emol qilinayotgan yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik 
darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi xar bir 
ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga 
nisbatan past bo’ladi.
Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar xosil qilish 
samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo’ladi.
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali 
tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juziy ko’rsatgichlar orqali 
tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mexnat unumdorligidir. U 
umummaxsulot miqdori (MM) ning jonli mexnat (JM) sarfiga nisbatan 
ifodalanadi. Jonli mexnat sarfi kunlarda soatlarda xisoblanadi.
Mexnat unumdorligi bilan birga mexnat sig’imi degan samaradorlik ko’rsatgichi 
xam qo’llanadi. Mexnat sig’imi jonli mexnatni maxsulot miqdoriga nisbatan 
orqali aniqlanadi. Maxsulotning material degan iqtisodiy ko’rsatgich xam 
bizning davrimizda katta axamiyat kasb etmoqda.
Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini (BM) maxsulot miqdori (MM) 
ga nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi 


23 
maxsulotning fond sig’imi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. 
Ko’rinib turibdiki juziy ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini 
aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda maxsulotlar miqdori ko’rsatgichlari 
o’rnida jami maxsulot yalpi milliy maxsulot, jami ichki maxsulot, sof maxsulot, 
qo’shimcha maxsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi 
kategoriyalar qo’llaniladi.
Bozor Iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning xozirgi 
ssharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi 
davrda ko’pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan 
keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. 
shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mexnat unumdorligini oshirish 
milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor 
berish talab qilinadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin