-ichki -tashqi xarajatlarga
bo’linadi (2-chizma).
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni
tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun
to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport
xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar
to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb
ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan
bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki
xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash
resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov -
normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy
resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan
14
haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor
bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini
boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish,
korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish
imkoniyatini beradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa
shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu
fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo
materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va
yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard
natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-
texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi
texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud
texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy
samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy
yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning
takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish
yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod
qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga olib keladi.
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini
yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan
bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi
shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi, chunki u davlat
iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning
xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan
iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga
qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan bir yo’la xarajat
uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy
xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining
sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu
iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs,
barcha subyektlar xarajat qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish
resurslarini talab qiladi. Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas,
ularni faqat bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu
15
firma uchun foyda olishning asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga
qo’yilgan kapital ishlab chiqarish jarayonida joriy, kundalik, oylik va
privovardida yillik xarajatlariga aylanadi.
Qisqacha qilib aytganda Firmaning xarajati- bu tovar va xizmatlar yaratish
va ularni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflardir . Firmaning xarajatlari safiga
biz firmaning ishlab chiqarish xarajatlarini kiritishimiz mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital
amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va
boshqa
xarajatlar
kiradi.
Ishlab
chiqarishga
qilingan
barcha
sarfxarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:
-bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
-muomala xarajatlari
(1-chizma). Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat
uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan
foyda miqdoriga kam bo’ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni
sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiharuvchidan
olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruxga bo’linadi: -
qo’shimcha muomala xarajatlari -
sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash
xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining
bu
turlari
ishlab
chiqarish xarajatlarining
davomi
hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar
sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste'molchilar talabini
o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala
xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan
tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo’nalishdagi konsepsiyalari
marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular bu
boradagi klassik nazariyalarni ham ma'lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu
konsepsiyalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini
tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish
imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
16
Ma'lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo’nalishi
bo’yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo’nalishlarda foydalanish
imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shunga ko’ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur
resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo’nalishga sarflashga harakat qiladi.
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil
yo’nalishlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymay o’ziga jalb etish uchun to’lov iqtisodiy
yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi.
Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib,
korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi maqsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko’rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish
jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar
bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar:
-ichki -tashqi xarajatlarga
bo’linadi (2-chizma).
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni
tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir .
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun
to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport
xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar
to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb
ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan
bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki
xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash
resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov -
normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy
resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan
haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor
bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini
boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish,
korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish
imkoniyatini beradi.
17
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini
oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining
asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib
borsa shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu
fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo
materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va
yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard
natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-
texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi
texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud
texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy
samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy
yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning
takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish
yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod
qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga olib keladi.
Iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish chuqur tanglikni chetlab o’tishga
intilishga, fan va texnikaning ilg’or texnologiyaning eng yangi yutuqlarini izlash
va joriy etishga undaydi.
Bularning barchasi pirovard natijada keskin raqobatchilik ssharoitida
ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishga inqirozning oldini olishga
yo’naltirilgan. Bu xolat kengroq qurilganda, bozorda talab bilan taklif o’rtasida
qulay muvozanatning ta’minlanishiga olib keladi. Bizga kapitalistik ishlab
chiqarish usulining eng katta nuqsoni illati sifatida targ’ib qilib iqtisodiy
munosabatlarni takomillashtirishning qudratli omiliga aylanmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borish va unga
ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilib berish juda muxim hisoblanmoqda. Chunki
ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va yuksalishi xarajatlarni qisqartirib
borish, unga ta’sir etuvchi omillari taxlil qilish, aniqlash kabi xususiyatlarga ega
xisoblanadi. Bu soxada dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari o’zlarining
taraqqiyot darajasiga erishgandir. Ma’lumki, sobiq totalitar tuzim davrida barcha
ishlab chiqarish markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi. Shuning uchun xam
isrofgarchilik juda ko’p miqdorda edi. Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib
ketishi maxsulot sifatining buzilishiga, shuningdek uning “o’tmay” qolishiga
sabab bo’ldi. Natijada o’sha davrda mamlakat ishlab chiqarishi inqirozga uchradi.
18
Bu mamlakat uchun fojiali xol edi. Chunki egasiz mulkning qadri bo’lmaydi,
tekin narsani esa samarasi bo’lmaydi. Bu barchamizga ma’lumdir.
Shuning
uchun
xam
mustaqillikga
erishganimizdan
keyin,
prezidentimizning oqilona fikrlari, ularning tashabbuslari bilan eng asosiy e’tibor
shu soxaga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |