19
Albatta bunday munosabatlar ishlab chiqarishni pasayishini oldini olish
ishsizlikka yo’l qo’ymaslikni ta’minlaydi. Ishlab
chiqarish va tadbirkorlikni
rivojlantirib borish esa unga tamal toshi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari,
yuqori ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asosiy ta’sir ko’rsatadi. Mexnatni ilmiy
tashkil qilgan xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish xam muximdir. Xar bir
ishchi o’zining kasbini qilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadrlar
malakasizligiga barxam beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi.
Ilmiy
tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga ko’chib yurishlari
natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so’z
ishlab chiqarishning asosiy qismi yo’qoldi degandir. Shu sababli eng asosiy
e’tibor ishchi o’rinlarini to’g’ri tashkil etishga qaratilishi zarur.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab
korxonalar ishlab
chiqarish xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillarini xar tomonlama o’rganib, shu
asosda ish yuritmoqdalar.
Yangi bozor tizimi isloxatlarni amal qilishi iqtisodiyotda juda muxim
sanalmoqda va axamiyati ortib bormoqda. Xar bir korxona o’z oldiga xarajatlarni
pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilishni ustivor vazifa qilib qo’yish
kerak, ana shundagina iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi.
Dostları ilə paylaş: