Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazaryasi"



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#98742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
RASULOV SHOXRUX KURS ISHI 11

Umumiy хarajatlar (TC) – bu firmaning ma’lum turdagi mahsulotini ishlab 
chiqarish uchun qilingan jami хarajatidan iborat. Umumiy хarajatlar ikki 
qismdan iborat:
-umumiy doimiy хarajat (TFC)  
-umumiy o’zgaruvchan хarajatlar (TUC)  
Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog’lik
bo’lmagan tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar 
deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning 
o’sishiga xam bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning xar qanday, xatto 
nolinchi xajmida xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari 
(zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara xaqi, 
qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv 
xodimlari maoishi va shu kabilar kiradi.



Doimiy xarajat- Bular shunday xarajatlarki, ularning miqdori ishlab 
chiqarishning oz yoki ko’p bo’lishiga qarab o’zgarmaydi, balki qanday bo’lsa, 
shundayligicha qolaveradi. Masalan: tikuvchilik firmasi binoni 1mln so’mga 
ijaraga oldi. Bankdan 5mln so’m qarz ko’tarib yiliga 1,0mln so’m foiz to’laydi, 
hisobchini ishga olib oyiga 75 ming so’m, yiliga esa 900 ming so’m ish xaqi 
to’laydi. Bu xarajatlar jami 2,9mln so’mni ( 1.0+1.0+0.9=2.9 ) tashkil etadi. 
Firma 100 ta yoki 500 ta ko’ylak tikmasin, baribir shu 2.9 mln so’m xarajatni 
qilishi shart. Doimiy xarajatlarga odatda amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga 
olinganlarning maoshi, ijara xaqi, korxona mulkini sug’urtalash puli, bankga 
beriladigan foiz kabilar kiradi.   
O’zgaruvchi xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir 
qiladigan xarajatlarga aytiladi.
O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga 
yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liklikda 
o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish 
xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar 
yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlar ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o’zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) xarajatlarning grafikdagi 
ifodasini 4-chizma orqali ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin