24
Xulosa
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun
zarur resurs va xizmatlarni
tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan
xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi,
xom-ashyo va
materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun
renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi
xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya
xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’.liq
xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari
shaklida
chiqmaydi.
Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini
shunga o’xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga
oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov -
normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi
bilan birga xarajatlarning
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy
resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan
haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor
bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini
boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish,
korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish
imkoniyatini
beradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona
foydasini oshirishning
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa
shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu
fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan
oqilona foydalanishga
25
erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan,
xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga
imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador
mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi,
uni ishlab
chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
Ma'lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo’nalishi
bo’yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo’nalishlarda foydalanish
imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shunga ko’ra, tadbirkor (yoki resurs egasi)
mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo’nalishga
sarflashga
harakat
qiladi.
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil
yo’nalishlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymay o’ziga jalb etish uchun to’lov iqtisodiy
yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi.
Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib,
korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi maqsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko’rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: