Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

O'z-o'zini ishontirish
ham psixoterapevtik usullardan hisoblanadi. 
Bemorning o'z-o'zini ishontirib aytgan so'zlari organizmning turli 
sistemalarida fiziologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Tansiq ovqat 
to'g'risida o'ylashga javoban me'da shirasining ajralishi, sovuq ta'sir qilishi 
to'g'risida o'ylashga javoban badan terisining «tuk-tuk» bo'lib ketishi va 
boshqalar organizmdagi fiziologik jarayonlarga ta'sir ko'rsatishini aniq - 
ravshan qilib isbotlaydi. 
Autogen trenirovka
(ya'ni bemorning o'zi bajaradigan mashq) 
psixoterapiyaning keng tarqalgan metodikasidir. 
Autogen trenirovkani nemis olimi I.Shuls taklif etgan jamoa va gurux 
psixoterapiyasi bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ularning o'rtasidagi farq 
shundan iboratki, gurux psixoterapiyasida asosiy psixoterapevtik ta'sir 
vrachdan chiqadi va umuman butun guruxga qaratilgan bo'ladi. 
Jamoa psixoterapiyada bemorlar jamoasining har bir bemoriga 
shifobahsh ta'sir ko'rsatishdan foydalaniladi. 
Faollashtiruvchi psixoterapiyaning
maqsadi – kasal shaxsiyatining 
saqlanib qolgan tomonlarini safarbar etib, uni real turmush sharoitlariga jalb 
qilish, kasallik natijasida izdan chiqqan funksiyalarni mashq qildirishdir. 
Faollashtiruvchi psixoterapiya ko'ngliga doim bir xil xayol kelib 
yuradigan (odam doim vahimada yuradigan, miyyasidan har xil hayol va 
shubhalar nari ketmaydigan va boshqa) holatlarda foyda beradi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari 
1.
Psixoterapiya nima? Uning ahamiyati nimada? 
2.
Inontirish va gipnoz nima? 


39 
3.
Jamoa va guruh psixoterapiyasi nima? 
4.
Autogen mashqni tushuntirib bering? 
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar. 
1.
Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 
yil. 
2.
Barkamol avlod orzusi T. 2000 
3.
Psixologiya Slovar 1990 
4.
Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003 
5.
Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin