50
D) 20-asr boshlarida,
Sechenov tomonidan
E) 19-asr ohirida Pavlov
2.
Tibbiyot Deontologiyasining nechta asosiy vazifalari bor?
A) 6
B) 5
C) 2
D) 3
*E) 4
3.
«Eng muhim ahloqIy boylik adolatdir», degan fikrni kim aytgan?
A) Al-Beruniy
B)
Al-Farobiy
*C) Abu Ali Ibn Sino
D) Aflotun
E) Suqrot
VAZIYATLI PSIXOLOGIK MASALALAR
1-MASALA
O'n olti yashar Malika o'zining tahririyatga yo'llagan maktubida
quyidagilarni yozadi: «Ota-onam mening axvolimga tushunmaydilar! Ular
meni yaxshi ko'rishar emish, shunaqayam yaxshi ko'radimi?
Ular menga
doim shubha bilan qarashadi, hamisha kim bilan yurgan
eding, qayoqqa bording, — deb so'rashadi,
xatlarimni menga bildirmay
o'qishadi. Qachon qarasang urishishadi. Besh baho olib kelgan kunim—bir
og'iz shirin so'z aytishmaydi, shunday bo'lishi kerak, deb xisoblashadi,
mabodo uch baho olib qolsam bormi — har doim janjal boshlashadi! Nega
uch olganimni so'rab ham o'tirishmaydi. So'kishdan to'xtashmaydi. Xo'sh,
shuning hammasini yaxshi ko'rishgandan qilishadi, deb o'ylaysizmi?»
Savollar
51
1.
Malika
bilan
ota-onasi
o'rtalaridagi
o'zaro
nosog'lom
munosabatlarning sababi nimada ekanligini tushuntirib bering?
2. Ota-onalar bilan bolalar o'rtasida sog'lom
munosabatlar qaror
topmog'i uchun ota-onalar qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishlari kerak?
2-MASALA
Tadqiqotlardan birida sinalayotgan kishilarga, talabalarga elektron
taxistoskop orqali 0,02 sekund ichida bir necha kishining yuzi aks ettirilgan
fotosuratlar ko'rsatganlar, endi ana shu kishilarga ta'rif yozish talab qilingan
edi. Fotosuratlar birinchi marta ko'rsatilganida
tadqiq etilayotgan kishilar
o'sha suratdagi shaxslarning faqat tashqi ko'rinishlari asosidagina idrok
etilgan axborot asosida «erkin» ta'rif-tavsif berdilar. Fotosuratlarni takroriy
namoyish qilish vaqtida ularga izoh berib, bu «guruh yetakchisi (starostasi)»,
uchinchi ko'rsatishda esa bu «yaxshi o'rtoq», to'rtinchi safar ko'rsatishda —
bular «a'lochilar», va nihoyat beshinchi marta ko'rsatish vaqtida — bu
«qoloq» — deb ta'riflab turganlar.
Shu narsa ma'lum bo'ldiki, barcha hollarda
sinalayotgan kishilar bir
odamning o'ziga, ya'ni idrok etilayotgan ob'yektga har xil ta'rif berganlar, uni
turli ehtiyoj va qobiliyatlarga ega bo'lgan, o'qishga, hayotga nisbatan bir xil
munosabatda bo'lmagan kishi sifatida ta'riflab berganlar.
Dostları ilə paylaş: