54
2.Siz maktub muallifiga qanday javob qaytargan bo'lardingiz?
6-MASALA
Bine — Shtern nazariyasiga binoan bolalarda
kuzatishning rivojlanishi
bir qancha bosqich yoki darajalardan o'tadi. Bu darajalar muayyan bir
izchilliqda bir-birining o'rnini almashtirib turadi va doimiy ravishda shunday
harakatda bo'ladi:
1.
Turli
aralash buyumlarni sanab, nomma-nom aytib bera olish
bosqichi (3 yoshdan 7 yoshgacha).
2.
Bayon eta olish bosqichi: bunda buyum (narsa)larga ta'rif
beriladi,
ular o'rtasidagi ba'zi bir aloqalar ko'rsatib o'tiladi.
3.
Izoxlash, tushuntirish bosqichi: bunda manzara umuman to'liq idrok
etiladi, narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqalar hamda munosabatlar
ochib beriladi.
Ushbu nazariyani amalda tekshirib ko'rish vaqtida psixolog olimlar (S.
L.
Rubinshteyn, G. T. Ovsepyan) shunday xulosaga keladilarki,
yuqorida
ko'rsatib o'tilgan bosqich va darajalarni bolalarning yoshiga nisbatan olmaslik
kerak. Narsa va hodisalarni qay darajada idrok etishiga qarab,
bir xil
yoshdagi bir qancha bolalar turli kuzatish bosqichlarida bo'lib qolishlari,
xuddi shuningdek turli yoshdagi bolalar aynan shu xil bosqichda bo'lib
qolishlari mumkin.
Savollar:
1.
Bine—Shtern
nazariyasining
xato
ekanligi
nimada
namoyon bo'ladi.
2.
S. L. Rubinshteyn va G. T. Ovsepyan xulosalarining (to'g'ri
ekanligini aniq misollar bilan tasdiqlang.
7-MASALA
O'quvchilar kichik yoshdagi sinflardan katta yoshdagi sinflarga o'tgani
sayin ulardagi kuzatuvchanlik o'zgarib boradi.
Agar kichik yoshdagi
o'quvchilarda bu kuzatuvchanlik u yoki bu narsa,
hodisaning sirtidagi
belgilarni ko'rishda namoyon bo'lsa, o'rta va kichik yoshdagi o'quvchilarda
bunday
kuzatuvchanlik
ularning
voqea-hodisalarning
mohiyatini
tushuntirishga, ularning yashirin, lekin g'oyat muhim belgilarini aks ettirishga
harakat qilishlarida namoyon bo'ladi.