Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
4-MASALA 
Psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatmokdaki, shaxslararo aloqalarda 
bir-birini tushunish xizmat sohasida va odamlar o'rtasidagi oilaviy 
munosabatlarda muloqot madaniyatining hamda sog'lom mikromuhitni 
vujudga keltirishning asosiy shartidir. 
quyida «hayotdan olingan» bir misol to'g'risidagi axborotni diqqat 
bilan o'qib ko'ring: «Yosh kelin-kuyovlar bir-birlariga qaynoq muhabbat 
bilan turmush qurishgan edi, lekin oradan sal vaqt o'tmay, ajralish to'g'risida 
gapira boshladilar. Xo'sh, sababi nima ekan?..» «Murosalari to'g'ri kelmagan 
emish». 

Xotinim har doim arzimagan narsani bahona qilib janjal 
ko'taraveradi. Rasvo tabiati bor, hech qachon bir masalada yon 
bosish nima ekanligini bilmaydi, — deb shikoyat qiladi eri. 

Erim hech bir ishni o'z vaqtida qilmaydi, men bilan 
hisoblashmaydi. Men ishdan charchab kelib, boshim og'rib yotgan 
vaqtimda u albatta qayergadir taraklatib mix qoqishi kerak. 
qachon nimani iltimos qilsang, nuqul ertaga, ertaga deb bahona 


53 
qiladi... deya unga qarshi javob beradi xotini. 
 
Savollar
 
1.
Yuqorida keltirilgan misolda shaxsning qanday salbiy jihatlari 
odamlar o'rtasidagi o'zaro nosog'lom munosabatlarning sababchisi 
bo'lganligini ko'rsatib bering. 
2.
O'zaro muloqot jarayonida shaxsning qanday o'ziga xos 
xususiyatlari o'zaro munosabatlarga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi? 
3.
Xizmat sohasi va oilaviy munosabatlarda, odamlar o'rtasidagi 
munosabatlarda bir-birini tushunish sog'lom mikromuhitni 
vujudga keltirishning asosiy sharti ekanligini isbot qilib bering? 
 
5-MASALA 
Agar ota-onalar o'z farzandlariga biron narsa va'da qilgudek bo'lsalar, 
albatta o'z va'dalarini bajarishlari shart ekanligi to'g'risida hamma ёqda 
yozishadi. Mening onam esa boshqacha yo'l tutadi. U menga portfel sotib 
olish uchun pul berdi. 
Men undan: «Menga kolgotka ham olish uchun yana ozgina pul 
bermaysizmi? — deb so'radim. Onam rozi bo'ldi, lekin ertasiga menga 
bunday deb murojaat qildi: «Nasiba, menga pulni qaytarib ber. Sen hozir 
kolgotka sotib olishing shart emas». Men pulni qaytarib berdim, ammo 
shunaqa xafa bo'ldimki, hatto ho'ngrab yig'lab yubordim. Buni ko'rib 
onamning ham jaxli chiqib ketdi va menga qarab: «Men senda vijdon bor deb 
o'ylagan edim! Sen vijdonsiz ekansan», — dedida pulni stol ustiga tashlab 
chiqib ketdi. 
Lekin men bu pulga qo'limni ham tekkizmadim. Dugonam meni 
ogoxlantirib qo'ydi: «Onang bu pulni qaytarib oladi», dedi. Lekin onam 
bunday qila olmasligini bilar va bunga qattiq ishonar edim. Lekin ma'lum 
bo'lishicha, onam har narsaga qodir ekan, men adashgan ekanman. 
Modomiki, sen bergan va'dangni ustidan chiqa olmas ekansan, yaxshisi va'da 
bermay qo'ya qol. 
Aytingchi, bizning qaysi birimiz haqmiz? 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin