Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
Savollar:
 
1. Maktabgacha yoshdagi bola o'z-o'ziga baho berishning shakllanib 
kelayotgan qanday o'ziga xos xususiyatlarini ta'kidlab o'tish mumkin? 
2.
Temperamentning qaysi turiga mansub bolalar o'z-o'ziga ortiqcha 
baho beradi, qaysinisiga mansublari o'z qobiliyatiga pastroq baho 
beradi? 
3.
Mos kelmaydigan (noadekvat) ravishda o'z~o'ziga baho berishning 
shakllanishidagi ehtimol tutilgan sabablar xususidagi o'z fikr 
mulohazalaringizni ayting. 
 
12-MASALA 
She'rni yodlab kelish uyga vazifa qilib tolshirilgan edi. O'qituvchi 
kattagina she'rni bolalar qanday yodlab kelganligini tekshirib ko'rish uchun 
to'qqiz kishini doskaga chaqirdi. Chaqirilganlarnin hammasi o'qituvchini juda 
xursand qildi. To'qqiz o'quvchi bir so'zni ham qoldirmay she'rni yoddan aytib 
berdi. 
Shu darslarga ilmiy bo'lim mudiri miyig'ida kuldi-da, shunday javob 
berdi: «Ha, bolalar chindan ham she'rni yaxshilab yoddan o'qidilar. 
Lekin afsuski, darsingiz to'g'risida men bundan boshqa biror ijobiy 
fikr ayta olmayman. O'qituvchi bu gapdan hangu mang bo'lib qoldi: «Xo'sh, 
sizningcha men yana nimalar qilishim kerak edi? Axir men ko'p bolalardan 
so'rab ulgurdim, ko'plariga baho qo'ydim», - dedi. 
 
Savollar:
 
1. Qani, aytingchi, fikringizcha nima uchun bu dars ilmiy bo'lim 
mudiriga yeqmadi? 
2.
Sizningcha, mazkur darsda bolalar qunt bilan tinglab o'tirishdimi? 
3.
Bolalarning oldida turgan o'quv vazifalari o'sib borishi va tarbiyaviy 
talablarning oshib borayotganligini hisobga olib, bolalar faoliyatini 
qay tarzda tashkil etshi mumkin edi? 
 


58 
13-MASALA 
Bola nima uchun darsga kelmaganligini izoxlovchi xat olib keldi. 
«Sen chindan ham kasal bo'lib qoldingmi?» — deb so'radi, undan o'qituvchi. 
Bola churq etmay turadi. «Xo'sh, bu xatni chindan ham sening onang yozib 
berdilarmi?» —deb so'raydi yana o'qituvchi. Bola javob bermaydi. «Xo'sh, 
unda bu xatni kim yozdi?» — deb so'rashda davom etadi o'qituvchi. «Hech 
kim!» — deb keskin javob beradi bola. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin