XV. JAMOA ShARTNOMASI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh 15.1. Jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya tuzildi.
15.2. Yilda bir marotaba jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazib borildi.
15.3. Taraflar tarmoq kelishuvini tan olib ularni bajarish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.
15.4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishidan oldin uning loyihasini ekspertiza uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etdi.
15.5. Jamoa shartnomasi imzolangandan so‘ng, taraflar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etdilar.
15.6. Jamoa shartnomasi imzolangandan so‘ng, tomonlar uni bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarini belgilab oldilar.
15.7. Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar Kollejining xodimlar bo‘limida, mehnat muxofazasi bo‘limlarida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishtirildilar.
XVI. JAMOA ShARTNOMASI MAJBURIYaTLARINING BUZILIShI YoKI ULARNI BAJARMASLIK UChUN JAVOBGARLIK 16.1. Jamoa shartnomasida belgilangan shartlar bajarilmaganligi yoki to‘liq bajarilmaganligi haqida taraflarning birontasi boshqa tarafga taqdimnoma bermadi.
Ishchi guruh tarkibi jamoa shartnoma bandlarining 2022 yilda bajarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda qoniqarli deb hisoblaydi.