Paxtakor pedagogika kolleji mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi


Kolleji mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi



Yüklə 75,62 Kb.
səhifə4/12
tarix16.10.2023
ölçüsü75,62 Kb.
#156116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jezdamga

Kolleji mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Kolleji direktori Zoir Shodmonov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sherzod Boltayev hisobotlari hamda jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan ishchi guruhining ma’lumotnoma-dalolatnomasi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Ikki tomonlama tuzilgan maxsus ishchi guruhining Jamoa shartnomasining 2022yil davomida bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi ma’qullansin.

3. 2022 yil davomida jamoa shartnomasi bandlarining bajarilish ahvoli qoniqarli deb topilsin.


Yig’ilish raisi Z.Shodmonov


Kotibi: S.Shodmonov

Paxtakor pedagogika kolleji mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi


Q A R O R I


2023yil 27-fevral 1/2 Bog’ishmol MFY.



2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa
shartnomasi kabul kilish tugrisida
Kolleji mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati va mehnat jamoasi o‘rtasidagi 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi kabul kilinsin

2. Kolleji ma’muriyati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining amal kilish muddati 2023 yil 30-aprelgacha etib belgilansin.


3. Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati va mehnat jamoasi o‘rtasidagi 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi 2023- yil 1- maydan etiboran kuchga kiritilsin.


Yig’ilish raisi Z.Shodmonov
Kotibi: S.Shodmonov

Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasining 2022 yil davomida bajarilishi bo‘yicha kolleji direktori Zoir Shodmonov Xolmurod o’g’lining
H I S O B O T I
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!
2022 yil davomida kolleji ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi kumitasi kasaba uyushma a’zolari va mehnat ahlining manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Mehnat kodeksi”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafrlatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartib qoidalar asosida ish olib bordilar. Tomonlar pedagog va ishchi xodimlarning moddiy va huquqiy ahvolini yaxshilashga o‘zaro manfaatdorligiga asoslanib jamoa shartnomasi talablarini hayotga tadbiq etish borasida hamjihatlikda faoliyat ko‘rsatdilar.
Kolleji ma’muriyati tegishli me’yoriy hujjatlarini xamda pedagog va ishchi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasiga taalluqli masalalarni pedagogika kengashi va boshka yigilishlarda ko‘rib chiqishdan oldin kasaba uyushma kumitasi bilan kelishib olgan holda muxokamalarga kiritib borildi.
O‘quv pedagogik yuklama rejasi, mashg‘ulotlar jadvali, shuningdek pedagog xodimlarning samarali faoliyati uchun berilishi rejalashtirilgan ustama to‘lov va qo‘shimcha haqlarni belgilashda tegishli kasaba uyushmasi vakillarining ishtiroki ta’minlandi.
Ta’lim muassasasini kadrlar bilan ta’minlash potensialini ishlab chiqishda pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning istiqbolli rejalari, kadrlarni tayyorlash, ishga joylashtirish va qo‘nimsizligining oldini olish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari nazarda tutilgan.
Ta’lim muassasasi o‘qituvchilari, o‘quvchi va ishchi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Mening o‘lkam”, “Mening buyuk ajdodlarim” va boshqa mavzularda turli seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishida kasaba uyushma qo‘mitasining roziligini olish, pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ish haqiga ustamalar belgilash komissiyalari tarkibiga kasaba uyushmasi tashkiloti vakillarini kiritish masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi.
Bolalarning yozgi ta’til davrida tarmoq xodimlarining farzandlarini homiylar mablag‘i hisobidan kunduzgi va shahardan tashqari oromgohlarda sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mehnat qonunlarida nazarda tutilgan xaftalik ish soatlaridan oshmagan holda olti kunlik ish haftasi asosida ish tashkil qilingan. Ish vaqtining davomiyligi undan foydalanish tartibi, ishning boshlanish va tugash vaqti muassasaning “Ichki mehnat tartib qoidalari”dan kelib chiqib belgilangan. Ishdan bo‘sh vaqtlarida xodimlarni ishga jalb qilish kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishilgan holda amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ijtimoiy yo‘nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.
Talim muassasasida xodimlar va o‘quvchilarning manaviy madaniyatini o‘stirish maqsadida taniqli sanatkorlar, adabiyotchilar, xuquqshunoslar, talim va fan arboblari, mexnat faxriylari bilan uchrashuvlar va davra suxbatlari tashkil qilindi. Talim muassasasi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda xodimlarning Toshkent, Samarkand shaxarlari hamda viloyatimizdagi tarixiy va ziyoratgox joylariga sayoxatlari uyushtirildi.
Talim muassasasida kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda xodimlar o‘rtasida muxim sanalarda sportning voleybol,stol tennisi,shaxmat, shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari belgilangan jadval asosida o‘tkazildi.
Shuningdek, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25-avgustdagi «Milliy g‘oya va manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida talim muassasasida “Yil o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yil kollejii” va boshqa turli ko‘rik-tanlovlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi.
Mikrouchastkamiz xududidagi kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga, oilada ta’lim oluvchi bolalarga, chin yetim va onasiz yoki otasiz yashayotgan bolalarga homiylar yordamida ijara darsliklarning qisman to‘lovi to‘landi, hamda issiq kiyim-bosh va o‘quv qurollari olib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19-mart 88-sonli “Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning ish haqini o‘z vaqtida to‘liq berilishi bo‘yicha monitoring ishlari olib borligan va ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yish holatlari aniqlanmadi.
Yil davomida xodimlarning ish haqlariga qo‘shib beriladigan ustamalardan tashqari faol mehnat qilgan xodimlarimizni rag‘batlantirish, moddiy yordam pullari uchun mablaglar sarflandi.

Yüklə 75,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin