Raislik qiluvchi: Yig‘ilishni olib borish tartibiga binoan ish reglamentini belgilab, tasdiqlab olsak. Taklif tushayapti:
Ma’ruzalar uchun - 15 daqiqa
So‘zga chiquvchilar uchun - 5 daqiqa
Muzokara uchun - 3 daqiqa
Ma’lumotlar uchun - 3 daqiqa
Boshqa takliflar bormi? Bo‘lmasa, yig‘ilishning ish reglamenti tasdiqlansin degan yig‘ilish qatnashchilari qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlarini so‘rayman.
Tushiringlar:
Qarshilar?
Betaraflar?
Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘z kollej direktori Z.Shodmonovga.
Ma’ruza tugadi, ma’ruzachiga savollar bormi? Taklif tushayapti kasabaqo‘mning ham hisobotini eshitib, keyin savollar berilsa, shuningdek yozma ravishda ham savollar berilishi mumkin.
Har ikkala tomonning hisobotlarini eshitdik. Endi jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boruvchi ikki tomonlama tenglik asosida tuzilgan ishchi guruhning dalolatnomasini eshitsak, so‘z ishchi guruh a’zosi Axmedov Hoshimga.
Masala yuzasidan I.Davronbekov, A.Qo’shonov A.Xamrayeva N.Tohirova so‘zga chiqib, jamoa shartnomasining 2022 yildaga bajarilish ahvoli to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi..
Raislik qiluvchi:
Ko‘rilgan masala yuzasidan yig‘ilish qarorini qabul qilishimiz kerak. Qaror loyihasi tayyorlangan, loyiha bo‘yicha kimda qanday takliflar bor?
Taklif tushayapti, qaror loyihasiga bildirilgan fikr-mulohazalarni e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilinsin degan.
Boshqa takliflar bormi? Yo‘q. Unda ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish qatnashchilarini qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlarini so‘rayman.
Tushiringlar:
Qarshilar?
Betaraflar?
Bir ovozdan qabul qilindi.
Raislik qiluvchi:
Qaror kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchlar bilan to‘laligicha qabul qilinsin degan taklifga qo‘shilganlar qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlarini so‘rayman.
Tushiringlar:
Qarshilar?
Betaraflar?
Bir ovozdan qabul qilindi.
Qaror qabul qilindi
(Qaror ilova qilinadi).
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘z kollej kasaba uyushma kumitasi raisi Sh.Boltayev so’zga chikdi va talim tizimi faoliyatining uzgarishi yaniy Kollejigacha talim va kolleji talimi bulib uzgarganligi mexnat kodksi kabul kilinishi munosabati bilan jamoa shartnomasi mos kelmaetganligini aytib yangi jamoa shartnomasi yaniy Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini kabul kilish lozimligiga tuxtaldi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan suzga S.Shodmonov, E.Ro’zmonov, S.Axrorovlar so‘zga chiqib, jamoa shartnomasi yangilanishi maksadga muvofikligi ekanligiga takidlab utishdi va fikr-mulohazalarini bildirishdi..
Raislik qiluvchi:
Ko‘rilgan masala yuzasidan yig‘ilish qarorini qabul qilishimiz kerak. Qaror loyihasi tayyorlangan, loyiha bo‘yicha kimda qanday takliflar bor?
Taklif tushayapti, qaror loyihasiga bildirilgan fikr-mulohazalarni e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilinsin degan.
Boshqa takliflar bormi? Yo‘q. Unda ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish qatnashchilarini qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlarini so‘rayman.
Tushiringlar:
Qarshilar?
Betaraflar?
Bir ovozdan qabul qilindi.
Raislik qiluvchi:
Qaror kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchlar bilan to‘laligicha qabul qilinsin degan taklifga qo‘shilganlar qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlarini so‘rayman.
Tushiringlar:
Qarshilar?
Betaraflar?
Bir ovozdan qabul qilindi.
Qaror qabul qilindi
(Qaror ilova qilinadi).
Shu bilan yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala ko‘rib bo‘lindi.
Yig‘ilish o‘z ishini tugatadi.
Yig‘ilishni olib borish va o‘tkazish tartibi haqida fikr, mulohaza va boshqa takliflar bo‘lmasa kolleji mehnat jamoasiining 2023- yildagi 2- umumiy yig‘ilishini yopiq deb e’lon qilaman.