III. Mehnat shartnomasi, bandlik kafotlatlari.
3.1. Xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlar (shu jumaladan tarmoq, kelishuvlari, hududuiy kelishuvlar va mazkur jamoa shartnomasi) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solib kelindi.
3.2.Mutahassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq, xodimlar to‘la-to‘kis ish bilan ta’minlandilar.
3.3.Mehnat shartnomasini Ish beruvchiiing tashabbusi bilan beqor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilib kelindi.
Barcha hollarda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmadi.
Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqticha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o‘rtacha ish hakidan kam bo‘lmagan miqdorda ish xaqi to‘landi.
3.4. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish holati yuz bermadi.
3.5. Hisobot yilida xodimlar soni qisqartirilmadi.
IV. Ish vaqti va dam olish vaqti.
4.1. Kollejida ish mehnat qonunlarida ko‘rsatilgan xaftalik ish soatidan oshmagan holda 6 kunlik ish xaftasi asosida tashkil qilindi.
Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti kolleji ichki mehnat tartibidan kelib chiqib belgalandi.
Pedagog xodimlar xaftalik ish soati tarifikatsiya soatiga muvofiq belgilandi.
4.2. 2 nafar qorovul uchun ish vaqti muddati sutkasiga o‘n ikki soat miqdorida belgilab qo‘yildi va ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilindi. Bunda ish vaqtining yillik balansiga rioya etildi.
4.3. Qorovullardan tashqari boshqa xodimlar kechki va tungi vaqtlarda, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishga jalb etilmadilar.
4.4. Ish beruvchi va pedagog xodimlarga qonunlar va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan uzaytirilgan qo‘yidagi ta’til kunlari belgilandi:
-o‘qituvchilarga ishlagan har oyi uchun 4 kundan. To‘liq yil ishlaganda 48 ish kuni;
- to‘garak rahbarlariga ishlagan har oyi uchun 3 kundan 36 ish kuni.
4.5. 2 nafar xodim arizalariga binoan 14 kalendar kundan iborat ish haqi saqlanmagan holda ta’til oldilar.
4.6. Pedagog bo‘lmagan xodimlarga quyidagicha ta’til berildi:
- kutubxonachilar, yetakchilar, laborantlar, hamshiralarga ishlagan har oyi uchun 2 kundan 24 ish kuni;
Dostları ilə paylaş: |