Paxtakor pedagogika kolleji mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi



Yüklə 75,62 Kb.
səhifə5/12
tarix16.10.2023
ölçüsü75,62 Kb.
#156116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jezdamga

Qadrli hamkasblar !
Amalga oshirilgan ijobiy ishlarning barchasi o‘zimizniki, bu borada ko‘plab ijobiy ishlarni sanab o‘tishimiz mumkin. Lekin bugun ko‘proq yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarimiz to‘g‘risida to‘xtalsak.
Yil davomida mehnatni muxofaza qilish ishlariga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni tuman moliya bo‘limiga bir necha bor murojaat etishimizga qaramay, mazkur ishlar uchun mablag‘ ajratilishiga erisha olmadik. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasida qayd etilganidek, 50 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan muassasa, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish nazoratchisi shtati joriy etilishi lozim. Bu borada yuqori tashkilotlarga va tuman moliya bo‘limiga qilgan yozma va og‘zaki murojaatlarimiz xech qanday natija bermadi.
Shuningdek, bir necha yillardan buyon tuman xokimligi, tuman Moliya bulimi, tegishli yukori tashkilotlarga kollejiimiz faollar zalini yumshok urindiklar, kompyuter texnikasi vositasi, televizorlar bilan ta’minlash, kollejiimiz binosini ta’mirlash ishlariga mablag ajratish tugrisidagi murojaatlarimiz xamon javobsiz kolmokda. Uylaymanki, bu kabi muammolarni xammamiz xamjixatlik, sabr-bardosh bilan xal etish yullarini topamiz.
Kolleji ma’muriyati 2022 yil davomida jamoa shartnomasining barcha bandlarini bajarish choralarini ko‘radi.
E’tiboringiz uchun raxmat!


Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasining 2022 yil davomida bajarilishi bo‘yicha kolleji kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sherzod Boltayevning


H I S O B O T I


Hurmatli jamoadoshlar !
2022-2024 yillar uchun qabul qilingan Jamoa shartnomasi bandlarini 2022 yil davomida bajarish borasida birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lanishida muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilmadi. Mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarimiz ham ta’til pullari bilan o‘z vaqtida ta’minlanishiga erishildi.
Muassasada mehnat intizomi ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi Nizomlar, mansab yo‘riqnomalari, Kolleji Nizomi hamda ichki mehnat tartib qoidalariga binoan ta’minlanadi va nazoratga olinadi. Yil davomida ayrim xodimlarimiz tomonidan mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzish holatlari uchradi. Bunday salbiy holatlar yuzasidan ma’muriyat kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda choralar ko‘rdi. Biroq yil davomida bironta ham xodim ma’muriyat tashabbusi bilan ishlan chetlatilmadi. Aksincha mehnat intizomini buzuvchilarga imkoniyatlar berib o‘z xato va kamchiliklarini tuzatishlariga yordam berdi.
Kolleji ma’muriyati bilan hamkorlikda kasaba uyushma qo‘mitasi yil davomida ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratdi. Respublikamizda belgilangan bayram sanalari, buyuk davlat arboblari, mutafakkirlar va ijodkorlar hamda taniqli shaxslarning tavallud kunlari munosabati bilan madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari uyushtirildi. Jumladan, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yuqori sinf o‘quvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turidan sport musobaqasi tashkil etilgan bo‘lsa, 8-mart -Xotin qizlar, 9-may – Xotira va qadrlash kuni, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, Mustaqillik va O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayramlari munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kechalar uyushtirildi. Shuningdek, Bobur, Alisher Navoiy, Amir Temur, Nodirabegim, Hamid Olimjon kabi taniqli ajdodlarimizning tavallud kunlari munosabati bilan ko‘rik tanlovlar uyushtirildi. Ko‘rik tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilari kolleji ma’muriyati va homiylar tomonidan taqdirlanishdi.
Kollejida jismoniy tarbiya, sport ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, har xaftaning juma kuni soat 15-00 dan 17-00 gacha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi. Kolleji birinchiligi uchun o‘tkazilayotgan musobaqalarda ham xodimlarimiz faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O‘quvchilari “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiada”larida faxrli o‘rinlarni egallagan pedagog xodimlarimiz ham ma’muriyat tomonidan rag‘batlantirildi.
Kollejiimiz xodimlarini mustaqillik yillarida mamlakatimizda yaratilgan bunyodkorlik ishlari, amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand, Toshkent shaharlariga hamda viloyatimizdagi mavjud ziyoratgohlarga sayohatlari uyushtirildi.
“Ma’naviyat soatlari” oyma-oy o‘tkazilib kelinmoqda. Ma’naviyat soatlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy mavzulari, zaruriy adabiyotlar tuman kengashi tomonidan elektron variantda yetkazilib berildi.
Kollejida xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ish o‘rinlari shahodatdan o‘tkazildi. Imkoniyat darajasida mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Kolleji sport zali ma’muriyatning sayi-harakati o‘laroq zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlandi, sport zal joriy ta’mirdan chiqarildi, isitish tarmog‘i birmuncha yaxshi ishlayapti. Bungungi kunda esa faollar zalini o‘rindiqlar bilan jihozlash choralari ko‘rilmoqda.
Mexnat ta’limi xonalari, ustaxona ta’mirlanib, imkon qadar jihozlar bilan ta’minlandi.
Yozgi mavsumda kolleji qoshidagi kunduzgi oromgohda 10 nafar o‘g‘il-qizlarimiz miriqib hordiq chiqarishdi. Shuningdek, mavsum davomida kollejida sport, musiqa va ijodiy to‘garaklar faoliyat olib bordi. Kolleji kutubxonasi, “Axborot resurs markazi” mavsum davrida muntazam ravishda aholi uchun xizmat qilib turdi.
Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, mehnatni muhofaza qilish ishlariga mablag‘ ajratish muammosini hal etish imkoni bo‘lmayapti.
“Ma’naviyat soatlari” belgilangan vaqtlarda o‘tkazilib kelishiga qaramasda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmadi.
Umuman olganda 2022 yil javomida jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishini kamchilik va muammolarni ko‘rsatib o‘tgan holda qoniqarli deyish mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat !




Paxtakor pedagogika kolleji ma’muriyati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining ijrosini o‘rganuvchi ishchi guruhining 2022 yilda jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha

Yüklə 75,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin