Paxtaobod pedagogika kolleji


Power Point dasturidagi qo‘shimcha elementlar bilan ishlash Rasm



Yüklə 6,2 Mb.
səhifə28/114
tarix21.08.2023
ölçüsü6,2 Mb.
#140079
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan Sobirov Esonboy (1)

Power Point dasturidagi qo‘shimcha elementlar bilan ishlash Rasm qo‘yish.
Taqdimotga rasm qo'yish yoki rasmni boshqa takdimotdan olib qo'yish mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi: Rasm qo'yish uchun:

      • Rasmni qo'yish kerak bo'lgan slayd ko'rinishi tanlanadi.

      • «Vstavit risunok» tugmachasi bosiladi va Clip Art darchasidagi kerakli rasm tanlab olinadi.

      • Shu darchadan «Vstavit» (Kiritilsin) tugmachasi bosilgandan so'ng yaratilayotgan prezentasiyada rasm paydo bo'ladi.

Hosil bo'lgan rasmning kattaligini o'zgartirish va uni boshqa joyga ko'chirish ham mumkin.
Buning uchun:

      • Rasm faollashtiriladi, ya'ni rasm ustida sichqoncha ko'rsatkichi bosiladi;

      • Chegaradagi ramka orqali rasm kerakligicha kattalashtiriladi yoki kichiklashtiriladi;

      • Faollashgan ramkadagi rasm sichqoncha orqali kerakli joygacha sudrab o'tkaziladi. Boshqa taqdimotdan rasm olib qo'yish uchun: «Vstavka» (qo'yish) — «Risunok» (Rasm) —

«Iz fayla» (Fayldan) buyruqlari tanlanadi. Natijada, ekranda uskunalar paneli paydo bo'ladi. Bu panel «Nastroyka izobrajeniya^> (Tasvirni sozlash) paneli bo'lib, u orqali rasmni ko'chirish, bo'yash, ramka o'tkazish, rasm kontrastini (tiniqligini) to'g‘rilash mumkin.
Rasmni skaner orqali ham qo'yish: buning uchun «Vstavka» (qo'yish) menyusida
«Risunok» (Rasm) keyin «So skanera» (Skanerdan) buyrug‘i tanlanadi. Rasm «MS PHOTO EDITOR» da ochiladi va uni o'zgartirish mumkin bo'ladi. Taqdimotga rasm qo'yib, uni o'zgartirish, masalan, chegara ranglarini o'zgartirish, alo?ida fragmentlar o'rnini o'zgartirish, bir necha rasmlarni birlashtirish mumkin. Xususan, dars jarayonida mavzuga doir turli xil slaydlar yordamida oquvchilarni fikrlarini bir joyga jamlash, ularga nafaqat tushuntirish orqali, balki korgazmali tarzda o'quv mashg'ulotlarining mazmuni tushuntiriladi. Dars mashg'ulotlari davomida o quvchilarni birgalikdagi ishtiroklarini ta'minlash uchun taqdimot yaratish jarayonida Ispring dasturining imkoniyatlarini qo'llash yaxshi samara beradi. Malumki, o'quv mashg'ulotini mavzusini ma'ruza darslarida iSpring dasturi imkoniyatlari qo'shib, taqdimotni mukammallashtirish orqali yanada boyitish imkoniyati mavjud.
Dasturiy ta'minotda 10 xil turdagi testlarni, interaktiv kitoblar, kataloglar, savol-javoblar, vaqt shkalalarini qo' llash, shuningdek dialoglar asosida suxbatlarni tashkil etish, hamda audio taqdimotli darslar yoki videodarslarni taqdimotning o'zida qo'shib ishlatish imkoniyatlari mavjud.
Muharrir (lotin tilida-tartibga keltirilgan)-kompyuter ob‘ektlari (matn,jadval,grafik, dastur) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta‘minot tizimidir.
Matnli hujjat tayyorlaydigan dasturiy guruhni asosan ikkiga ajratish mumkin. Matn muharriri va matn protsessori. Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni formatlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Formatlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko‘rsatilmaganligi tushuniladi.
Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi.
Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa ob‘ektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga
Word matn muharririni keltirish mumkin.
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo‘lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o‘zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Word 2013 dasturi ishga tushgach ekranda ishchi soha hosil bo‘ladi. Microsoft Word 2013 Menyu satri quyida aks ettirilgan.

Microsoft Word 2003 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2007 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2010 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2013 Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi:


Fayl, Glavna, Vstavka, Dizayn, Razmetka Stronisiy, Vid, Vstavka, Ss‟lki, RaSs‟lki, Ritsenzirovaniye
Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo‘lib ular orqali hujjat yaratish, saqlangan hujjatni ochish , joriy hujjatni yopish , hujjatni saqlash, boshqa nom bilan saqlash , Internet sahifasi shaklida saqlash , hujjatlarni mazmuni bo‘yicha qidirish , bir faylning o‘zida bir nechta hujjatni (o‘zgartirish kiritilish vaqtiga ko‘ra) saqlash va ochish, Internetda hujjatning qanday ko‘rinishini ko‘rib o‘tish, hujjatni (qog‘oz turini, hoshiyani) o‘zgartirish, printerdan chop etishdan oldin ko‘rish , chop etish, boshqa dasturlarga (electron pochtaga
) hujjatni yuborish, hujjat haqida ma‘lumot olish, oldin ochilgan hujjatlarni ro‘yxati va dasturdan chiqish kabi menyu punktlari bor. Windows 8 OT
da fayl bo‘limi boshqa operatsion sistemalardan farqli ravishda quydagicha bo‘ladi.
Microsoft Word 2013 dasturida oldingi dasturlardan farqli ravishda pravka bo‘limi mavjud emas.
Glavnaя menyusda Word dasturida bajariladigan asosiy amallar ketma-
ketligi joylashgan bo‘lib, bu menyuga foydalanuvchi eng ko‘p murojaat qiladi.


Yüklə 6,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin