Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan.
Maxsuseffektlarnio‘rnatish
Maxsus effektlarni o'rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o'tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funksiyani bajarish uchun Power Point dasturining «Perexodslayda»
(Slaydning o'tishi) nomli muloqot darchasi bo'lib, u gorizontal menyudagi quyidagi buyruqlar orqali ishga tushiriladi.
«Pokazslaydov» (Slaydlarni ko'rsatish) — «Perexodslayda» (Slaydning o'tishi). Bu buyruqlar bajarilgandan so'ng ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi.
Bu oynada ish yuritish, ya'ni bir slayddan boshqa slaydga o'tish ikki xil usulda olib boriladi:
Sichqoncha tugmasini bosish orqali. Bunda oynaning chap pastki qismidagi
«Prodvijenie» (harakatlanish) darchasidagi «poshelchku» oldiga belgi qo'yiladi.
Avtomatik ravishda (belgilangan vaqtdan keyin). Buning uchun 1-usuldagi ish takrorlanadi. Faqat
«Prodvijenie» (harakatlanish) darchasida «Avtomaticheski posle» oldiga belgi qo'yiladi va uning tagida slaydlaming almashinish daqiqasi kiritiladi.
Shundan so'ng «Primenitkovsem» (Barcha slaydlarga qo'llash) yoki joriy (ish yuritayotgan) faylning slaydlarini almashtirish uchun «Primenit» (qo'llash) buyruqlari tanlanadi.
Namunaviy slaydlar. Namunaviy slaydlar darchasi shrift turlari, o'lchami, slaydlarning asosiy elementini birlashtirish usullarini o'z ichiga oladi. Foydalanuvchi xohishiga qarab namunaviy slaydga taqdimotning qolgan barcha slaydlarida paydo bo'luvchi matn yoki rasm qo'shishi mumkin. Bunda sarlav?alar qo'yish, sana, vaqt hamda slayd raqami maydonlari mavjud. Namunaviy slaydlar darchasiga gorizontal menyu orqali quyidagi buyruqlar orqali o'tiladi va kerakli namunalar tanlanib olinadi: