Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 6,2 Mb.
səhifə25/114
tarix21.08.2023
ölçüsü6,2 Mb.
#140079
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan Sobirov Esonboy (1)

Power Point ishga tushirilganda ekranda ko'rsatilgan taqdimot yaratish muloqot darchasini ko'rish mumkin.

Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo'ladi. Quyidagi 4 ta asosiy bo'lim berilgan, ularning har biri haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.



      • «Master avtosodeijaniya» (Avtomundarija ustasi) — ma'ruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini kiritib, bir necha slayddan iborat bo'lgan tayyor taqdimotki chiqaradi.

      • «Shablon prezentasii» (Taqdimot qoliplari) — taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib bo-rish imkonini beradi.

      • «Pustuyu prezentasiyu» (Bo'sh taqdimotni) — mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini

beradi.

      • «Otkro't prezentasiyu» (Taqsimotlarni ochish) — kompyuter xotirasida va diskda mavjud bo'lgan ko'rgazmali fayllarni ochadi. har bir foydalanuvchi dasturda ish olib borishi uchun yuqoridagi bo'limlardan birini o'z maqsadiga ko'ra tanlab oladi. Dastur ishini bo'sh taqdimotdan ham boshlash mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi «Pustuyu prezentasiyu» (Bo'sh taqdimotni) bo'limiga olib kelinadi va «OK» tugmasi bosiladi. Bunda quyidagi muloqot darchasi hosil bo'ladi.

Bu yerda ko'rsatilgan har bir slaydni tanlab olish imkoniyati bor. Buning uchun yo'nalish tugmalari yoki sichqonchadan foydalanish mumkin.
Muloqot darchasidan kerakli holat, masalan: «Pustoy slayd» (Bo'sh slayd) ko'rinishi tanlanadi va «OK» tugmachasi bosiladi.Bu amallar bajarilgandan so'ng Power Point dasturining asosiy oynasi hosil bo'ladi (9.4-rasm). U sarlavhalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli («standart», «bichimlash» va rasmlar bilan ishlash), rejim (holat) tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o'z ichiga oladi.

Yüklə 6,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin