12-modda. Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida:
yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 149-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 56, 57 va 58-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
(12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandi.
yetim bolalarning va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonun 21-moddasining to‘rtinchi qismi va 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 68 va 69-bandlari.
yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 78-82-bandlari.
yetim bolalarning va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 59 va 60-bandlari.
yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 60 va 61-bandlari.
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibi haqida”gi nizomning II bobi (“Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini shakllantirish”).
vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko‘rsatadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 42-moddsi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 92-99-bandlari.
yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VI bo‘limi (“Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari”), O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizom, mazkur Qonunning 7-bobi (“Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish”).
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘radi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 87-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 14 va 15-bandlari.
voyaga yetmaganni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 32 va 33-bandlari.
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish to‘g‘risida sudga zarur hollarda ariza bilan murojaat qiladi, voyaga yetmaganning qonunda belgilangan tartibda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi hollari bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 28-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 32 va 33-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
(12-moddaning birinchi qismi o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandi.
13-modda. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida:
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 56, 57 va 58-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandi.
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonun 21-moddasining to‘rtinchi qismi va 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 68 va 69-bandlari.
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 78-82-bandlari.
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 59 va 60-bandlari.
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 60 va 61-bandlari.
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibi haqida”gi nizomning II bobi (“Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini shakllantirish”).
vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunng 42-moddsi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 92-99-bandlari.
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 2-kichik bo‘lim (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi kodeksi.
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
3-bob. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki to‘g‘risidagi axborot
Dostları ilə paylaş: |