Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə27/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

33-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

o‘zlariga nisbatan hurmat bilan va insoniy munosabatda bo‘linishi;

o‘zlarining ta’minoti, tarbiyasi, ta’lim olishi va sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilinishi;

o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi;

o‘z huquqlari va o‘zlariga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar to‘g‘risida, shuningdek o‘z huquqlarini himoya qilish usullari hamda vositalari haqida vasiylik va homiylik organlaridan axborot olish;

ta’lim olishga, sog‘liqni saqlashga, ijtimoiy muhofaza qilinishga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek o‘zlarining jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan uyg‘un rivojlanishiga yordam beradigan boshqa huquqlarni amalga oshirish uchun zarur yordam olish hamda qo‘llab-quvvatlanish;

agar bu vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasa, ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo‘lish;

o‘z shaxsiy hayotiga taalluqli axborotning maxfiyligi ta’minlanishi;

turar joyga bo‘lgan mulk huquqi yoki turar joydan foydalanish huquqi, shuningdek ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlari ta’minlanishi;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi.

vasiyning yoki homiyning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylik va homiylik organiga, shuningdek sudga murojaat qilish.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 46-moddasi.

Voyaga yetmagan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiy yoki homiy bilan birga yashash huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.



(33-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

7-bob. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin