Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashuvi bo‘yicha belgilanadi.
Vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxsning pul mablag‘larini banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo‘yishga haqli. Vasiylikdagi shaxsning banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo‘yilgan pul mablag‘larini vasiy tomonidan sarflash faqatgina vasiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organining yozma ruxsatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning homiylari o‘z homiyligidagi shaxsning roziligi bilan homiylikdagi shaxsning ta’minotiga va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan maishiy yoki boshqa bitimlar tuzadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishni amalga oshiradi.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 bobi (“Mol-mulkni ishonchli boshqarish”).
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudning fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi yoki uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda yoxud meros qabul qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35, 37-moddalari va 69 bobi (“Merosni egallash”).