-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari
səhifə 28/38 tarix 05.04.2022 ölçüsü 167,83 Kb. #54745
O‘RQ-364 02.01.2014
34-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiylarning yoki homiylarning mol-mulkiga nisbatan , vasiylar yoki homiylar esa , vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkiga , shu jumladan alimentlar , pensiyalar , nafaqalar summalariga hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lmaydi.
Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra umumiy mulk huquqi asosida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga , vasiylarga , homiylarga tegishli bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bob (“Umumiy mulk”)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar o‘z vasiylarining yoki homiylarining mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.
Vasiylarga yoki homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkidan o‘zlarining manfaatlari yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: