Musiqa madaniyati o‘qituvchisining musiqiy pedagogik mahorati. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutukdar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning yuqori sifat ko‘rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlari asosida takomillashtirishga kirishildi. Barcha o‘kuv fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarini o‘quv jarayonida qo‘llab va o‘quv yili yakunida o‘quvchilar tomonidai o‘zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo‘yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda.
Milliy dasturda ko‘zda tutilgandek, zamonavaiy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlanadi. O‘quv - uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammallashib, o‘quv jarayoniga tatbiq etib borilyapti.
Ma’lumki, didaktikaning predmetnsh o‘rgatish, o‘rganish hamda ta’lim mazmuni tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir - biri bilan uzviy aloqada bo‘lib, ulardan birortasini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda nimani (kaysi mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmokchimiz yoki o‘rgatmoqchimiz, degan savol tug‘iladi.
O`rgatish ham, o‘rganish ham ularning oxirgi natijasi ham ta’lim mazmuniga bog‘liq.
Har xil mazmundagi matnlarni o‘ziga xos usullar bilan o‘zlashtirish kabul qilinganligi uchush o‘rgatishning qanday bo‘lishi uning mazmunidan kelib chiqadi, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi, ya’ni o‘rgatuvchiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, didaktik tafakkur bu - o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
O’qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi.
Shu boisdan ham, pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o‘kuv jarayenidagi eng samarali vositalar deb qaralmokda. Ulardan dunyo pedagogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Hozirgy kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standartlarini o‘kuv jarayoniga tatbik etishdan iboratdir.
Agar bu vazifa amalga oshirilmas ekan, ta’lim - tarbiya soxasida sifat va samaradorligiga erishish, o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalari xal etilmay qoladi.
- Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta’lim -tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshkarish, nazorat qilish bilan bog‘lik kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo‘lishlari zarur.
Ta’lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqsa. Xuddi shu kabi ta’lim -tarbiya sohasida ham so‘nggi yillarda pedagogik texnologiya amap sila boshladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.
Utgan asrning 50 - yillari o‘rtasidan 60 - yillargacha «ta’lim • texnologiyasi» atamasi qo‘llanilib, bunda dasturlashtirr!lgan ta’lim nazarda tutilgan.
70 - yillarda «pedagogik texnologiya» atamasi qo‘llanilib, u avvaldan ifodalangan.
80 - yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning loyixalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini kompyuterli va axborot texnologiyalarni yaratishga aytilgan.
Pedagogik texnologiya ta’riflari:
«Pedagogik texnologiya - barkamol insonni shakillantirish faoliyati».
Shu bilan birga, pedagogik texnologiyaning keng ko‘lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan xolda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin:
Pedagogik texnologiya axborotlarini o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no - mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni ochish orkali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya - ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy vositalar yigindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy -uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya - bu o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya - ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun kulay shakl va usulda uzatish va o‘zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tqazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi.
O`zbekistonning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy etildi. Ta’limni demokratlashtirish, individual-lashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni xisobga olish tamoyillari asosida barcha o‘kuv predmetlari qatori jumladan musiqa predmeti bo‘yicha ham o‘kitish konsepsiyasi ishlab chikildi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘kuvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengay-tirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat kiladi.
Musiqa madaniyati o‘kuv predmeti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘kitiladigan barcha o‘quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi. Barcha o‘kuv fanllari qatori musiqiy ta’limda ham DTSlarning joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular amaliy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari. Maqom, shashmaqom dostonlar va bugungi zamonaviy musiqada o‘z aksini topdi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Azaldan Shark, jumladan, O`zbek musiqa ta’lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal ustoz va shogird an’analari misolida takomillashib borgan. Davlat ta’lim standartlarida ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar asarlarning elementar asoslarini o`rganish meyorlashgarilgan. Musiqa ta’limida davlat ta’lim Standartlari asosida yangi ta’lim maz'muni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tassavur qilish, ularda ijodkorlik, mustakillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Musiqa madaniyati ta’limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy, musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o‘quvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo‘lib ko‘shik kuylash, rakO`a tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maksad bo‘lib xisoblaniladi. Shuningdek, o‘kuvchilar musiqiy iqtidorni rivojlantirish, musiqa san’atiga mexr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy extiyojlarini qondirish musiqa ta’lim - tabiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jaxon xalqlarining umuminsoniy musiqiy kadriyatlarini ham chuqur o‘rganish yosh avlodni xalqaro nufuzga moyillik bo‘lgan madaniy durdonalardan baxramand bo‘lishni ta’minlaydi.
Jamiyat tarakkiyoti hech qachon to‘xtab kolmaydi, uning g‘ildiragi doimo oldinga karab aylanaveradi bu tabiiy, tarixiy jarayondir. Shuning uchun ham musiqa madaniyati o‘kituvchisi, o‘quvchilarni ma’naviy,. badiiy va axloqiy madaniyatining shakitllantirishi, milliy g‘ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishini, ijodiy mahoratning nafosatida badiiy didni o‘stirishi, fikr doirasini kengaytirishi mustakillik va tashabbuskorlikni muntazam ravishda shakillantirib borish lozimdir. Biz bilamizki pedagogika tarbiya hakidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishini, uning qonunlarini ochib berishi va shu orqali inson manfatlari tarbiya jarayoniga ta’sir etishini nazarda tutadi.
Musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahoratlaridan eng avval birinchisi ta’lim - tarbiya sohasida ortirilgan tajribalarni o‘rganishi lozim. Bu albatta ko‘pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalrni o‘rganish jarayondagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Bunda kuzatish, intervyu olish, anketalashtirish, o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarini o‘rganish metodlardan foydalaniladi, masalan: kuzatishda o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsadda kelib chiqqan holda kuzatish bayonnomasini olib boradi. Bu jarayon aniq reja asosida olib boradi.
Suhbat esa fakt - dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maksadyda olib boriladi.
«Suhbat mustakil yoki yordamchi metod sifatida qo‘llaniladi».
Anketalashtirish material to‘plash maksadyda amalga oshiriladi. Mahoratli o‘kituvchi barcha o‘kuvchilar kabi maktab xujjatlarini o‘rganishi lozim. Bunga o‘kituvchilarning shahsiy varaqalari, metodistning habarlari, kundaliklar, majlis bayonnomalaridan habardor bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuningdek darsdan tashqari musikiy to‘garak ishlarini olib boradi. Jumladan: Qadimgi Gretsiyada musiqa yerdamida donolikni, mardlikni tarbiyalashi mumkin deb hisoblangan. Hakikatdan har bir san’at insonga ruxiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa ayniqa emotsional ta’sir etishda katta kuchga ega. Shuning uchun ko‘pgina davlatlarda musiqadan ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha keng foydalaniladi.
Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘kuv tarbiya jarayonini yangi yullarini amalga oshirish va uni olib borishning ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p yangi texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni qo‘llaniladigan metodlari va vositalari bo‘yicha yetarlicha kup o‘xshashliklarga ega ularni shu umumiy belgilariga kura tasnif qilinadi:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
falsafiy asosi bo‘yicha;
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha
mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
boshkaruv turi bo‘yicha;
bolaga yondashuvi bo‘yicha;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Yukoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini quyidagicha tasniflash mumkin:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
falsafiy asosi bo‘yicha; majburlash pedagogikasi;
(umumiy majburiy ta’lim); asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha:
asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgann shu bilan bir vaktda shaxsning har tamonlama rivojlanishiga ham e’tibor karatilgan holda;
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratii umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim - tarbiya jarayonida tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
boshqaruv turi buyicha an’anaviy mumtoz (klassik) bo‘lib unga ta’limning texnik vositalari qo‘shilgan;
bolaga yondashuv buyicha avtoritator;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlar buyicha tushuntirish - ilyustratsiyalash;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha
Shu bilan bir vaqtda jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi.