PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 6 – TOM 6 – SON / 2023 - YIL / 15 - IYUN
www.bestpublication.org
660
bo‘ladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qo‘llaniladi. Kuzatish — bolalarning
narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Bu usul ma’lum
obyektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi . Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning o‘zini yoki
tasvirini ko‘rsatadi. Kuzatish so‘z bilan qo‘shib olib boriladi. Bu asosan bevosita
kuzatib, ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar bilan tanishtirishda qo‘llaniladi. Masalan,
hayvonlar, o‘simliklar hayoti bilan tanishtirish. Texnikaviy vositalardan foydalanish
MTMda ta’lim jarayonini qiziqarliroq o£tkazishni ta’minlaydi. Tevarak-atrof bilan
tanishtirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tarbiyachi katta va
tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik guruhlardan boshlab bolalarga hikoyalarga
ishlangan suratlar ko‘rsatiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish
imkonini beradi va sinchkovlik hislarini o‘stiradi.
Hikoya qilib berish metodida materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilinadi. 0
‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib beriladi. Bu bolalarga ta’lim
berishda va ularning aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoya qilib
berish metodi mustaqil metod sifatida qo‘llaniladi. Suhbat metodi. Suhbat MTM
didaktikasida muhim o‘rinni egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga
suyanib, savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlarni egallashiga,
mustahkamlashiga harakat qiladi.
«Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4—5 yoshli bolalar bilan ham
suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o'tkazilmaydi. Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat
bilan qo‘shib olib boriladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot tarzida
o'tkazilishi mumkin»
64
Amaliy metod . Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy
faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishga yordam
beradi. Bu metod orqali bola buyumlarning o‘ziga tanish bo‘lmagan xususiyatlarini bilib
oladi. Tarbiyachi amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning oldiga vazifa qo‘yib, bolalardan
mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab
oladi.
O‘yin metodi didaktik vazifani tushunarliroq, ta’limni qiziqarli qilib tashkil etishga
yordam beradi. 0 ‘yin metodi bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini,
ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy o‘yinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va
rivojlanadi. Kichkintoylar o‘ynaydigan sujetli o‘yinlarning asosiy mazmuni —
buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil harakatlarni tasvirlashdir. Bunday o‘yinlar
jarayonida bolalar buyumlardan foydalanish, ular bilan amallar bajarishning ijtimoiy
mustahkamlangan usullarini o‘zlashtirib oladilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish
va bolaning ongida ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni ro‘y beradi.
64
P. Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Т., « 0 ‘qituvchi», 1993, 95-bet