Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti boshqarma bosh mutaxassisi
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
29
Dasturning maqsadi
Neftdan olinadigan yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobillar ekplutatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik-kimyoviy xossalarini ishlash sharoitiga qarab o‘zgarishini va sifatini dvigatelg‘ ishiga tahsiri, shuningdek, bu materiallardan texnikada oqilona foydalanish va meyorlash haqidagi bilimlarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-avtombil foydalanish jarayonida ishlatiladigan ashyolar sifatini aniqlash va ishlatilishini o‘rgatish;
-kimyoviy elemenlarning tuzilishi va xossalarini bilish;
-yonilg‘i va moylash materiallari va texnik suyuqliklarni tejashni o‘rgatish;
-yonilg‘i va moylash materiallari va texnik suyuqliklardan ratsional foydalanishni o‘rgatish;
-ichki yonuv dvigatelida sodir bo‘layotgan texnologik jarayonlarni o‘rgatish;
-yonilg‘i va moylash materiallari va texnik suyuqliklarni qo‘llash vaqtida tashqi muhitga tahsirini o‘rgatish.
Bilimlar
yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarning hozirgi davrdagi holati va kelajakda rivojlanishi;
yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarni muayyan foydalanish sharoitlariga moslashuvini;
tarmoqning kelgusida rivojlanish yo‘nalishlarini va shu jumladan O‘zbekistonda rivojlanishini;
turli xil neft mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik mazmunini;
avtomobillar ekplutatsiyasida yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarning ahamiyatini;
yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni fizik-kimyoviy xossalarini avtombil ishlash sharoitiga qarab o‘zgarishini va sifatini dvigatel ishiga tahsirini bilishi;
Ko‘nikmalar
yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarini foydalanish sharoitlarida samaradorligini oshirish buyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarni ishlab chiqarishning zamonaviy va eng arzon texnologiyalarini tanlay olish;
yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklaridan foydalanishda ilg‘or va resurs iqtisod qiluvchi texnologiyalarni qo‘llash;
yonilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarini sifatini taxlil qilish bilan birga zamonaviy vositalar yordamida tajribalar orqali aniklay olishni mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.