Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org
Pedagogik faoliyatda uchraydigan qarama-qarshiliklar va ziddiyatlari Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni ko‘ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o‘ta murakkabdir. Buni tushungan mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo‘lga qo‘yadilar, ya’ni o‘zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan jamiyatning ijtimoiy vazifasini belgilashda shaxsiy tashabbus ko‘rsatishni, ya’ni o‘qituvchi pedagogik pozisiyasida jamiyat maqsadi ortib borishi o‘z ifodasini topishi kerak. Aniq faoliyatning maqsad va vazifalarini ijodiy tushunib yetish; bolalar qiziqishlarini hisobga olish va ular o‘quv jarayonidagi maqsadlarini amalga oshirishda faoliyat turlari va mazmunini o‘zgartirib borishi kerak. Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson bo‘lib «shakllanayotgan shaxs ma’naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o‘z-o‘zini anglash»dir. Pedagogik faoliyat obyektining uziga xos tomonlari quyidagicha: Inson tabiatning o‘lik materiali emas, balki takrorlanmas individual sifatlari, faqat o‘ziga xos munosabati va bo‘layotgan voqealarni o‘zicha tushunadigan, aktiv faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudotdir. U o‘zining maqsadi, motivlari, xulqi bilan ajralib turadigan pedagogik jarayonning ishtirokchisidir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning obyekti bir vaqtning o‘zida shu faoliyatning subyekti ham hisoblanib, turli pedagogik ta’sirlarga turlicha munosabatda bo‘ladi, balki o‘sha ta’sirlarni o‘z ichki dunyosi, qarashlari orqali galvirdan o‘tkazadi. O‘qituvchi doimo o‘zgarib turuvchi, rivojlanishda bo‘lgan shaxs bilan muloqotda bo‘ladi. Shuning uchun unga bir xilda, shablon tarzdagi tasirlarni qo‘llamaslik kerak. Bu o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, pedagogdan doimo ijodiy izlanishda bo‘lishni talab etadi. Bolaga pedagoglar bilan bir vaqtda uni o‘rab turgan atrof-muhit, stixiyali ta’sir, turli yo‘nalishdagi ko‘p qirrali vositalar ham doimo ta’sir qilib turadi. Shuning uchun ham pedagogik mehnat barcha ta’sirlarni korrektirovka qilib (o‘zgartirib, tuzatib, yangilab) turishni hatto tarbiyalanuvchi hatti-harakatini, faoliyatini maqsadli yo‘naltirib turishni, ya’ni tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalashni tashkil etib turishi talab etiladi.
http://fayllar.org