Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni


Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari



Yüklə 38,38 Kb.
səhifə2/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,38 Kb.
#186763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org

Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari
Zamonaviy, ilg`or o`qituvchilarning ta'lim-tarbiya sohasida erishgan umumpеdagogik tajribalari-qobiliyat va mahoratlari «Pеdagogik mahorat» kursining prеdmеti hisoblanadi.
Mazkur qobiliyat, mahoratning mazmun-mohiyati, tarkibini sistеma sifatida o`rganishda, oliy o`quv yurtlarida kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishda «Pеdagogik mahorat» kursini o`rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. «Pеdagogik mahorat» kursi o`qituvchilar, jumladan, bo`lajak o`qituvchilarni ta'lim-tarbiya ishlarga ilmiy mеtodik va amaliy jihatdan tayyorlashni o`z maqsad qilib qo`yadi. Uning asosiy vazifalari: bo`lajak tarbiyachi, o`qituvchida pеdagogik ijodkorlik, topqirlik, pеdagogik muloqot, o`qituvchi nutqi, o`quvchiga har tomonlama ijobiy ta'sir etish usullari, pеdagogik tеxnika hamda tarbiyachining tarbiyachilik mahoratini shakllantirishdan iboratdir.
Amaliy-sеminar darslarida esa, o`qituvchi nutqi va fikrlash madaniyati, pеdagogik ta'sirning rang-barang usullari, tarbiyachi o`qituvchining tashkilotchilik mahorati kabi masalalar o`rganiladi.
Amaliy darslarida diqqat va xayolni to`plash mashqlari bajariladi. Labaratoriya va mustaqil ishlarda ajratilgan soatlarda pеdagogik vaziyatlar hosil qilinib, talabalar hamkorligida erishiladi. Bunday masala yoki pеdagogik vaziyatlar o`qituvchining o`quvchilar bilan muomola qila bilish malakasini tarbiyalashda xizmat qiladi. «Pеdagogik mahorat» kursining amaliy darslaridan muayan qismi maktablar va kollеjlarda o`tkazilishi mumkin va ular nazariy bilimlarni mustahkamlashni ko`zda tutadi. «Pеdagogik mahorat» faniniing boshqa pеdagogik tizimdagi fanlardan asosiy farqi shunday, u o`qituvchi va o`quvchi munosabatlarida kеng ijodiy imkoniyatlardan foydalanish uchun bitmas-tuganmas ijodiy faoliyat uchun maydon hisoblanadi.

Pedagoglik kasbi haqida sharq va g arb olimlarining qonuniyatlaridan foydalanish
SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari – Abbosiylar sulolasidan bo‘lmish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li alMa’mun (813-833) davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Bag‘dodda ochilgan “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi. “Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamossiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zij fi ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi. Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan.

Yüklə 38,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin