Pedagogik qobilyat qobilyatning psixologik pedagogik tasnifi
Qobiliyat-shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarar bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash dinamikasidag ifarqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo'lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya'ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug'ma, tabiat in'omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi. Govard Gardner qobiliyatlami intellektlar to'plami deb atadi va uning yettita jihatini ajratib ko'rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o'qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveyeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyaiaydi va o'qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, quyidagi qobiliyatlami ko'rsatib o'tadi:
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O'qituvchi o'quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlira yarata oladi.
Voqealarni oldindan ko'ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o'qituvchining sergakligida, o'quvchilarnin gruhiyatini, ichki dunyosini ko'raolishida namoyon bo'ladi. Shunda o'qituvchi kim, nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo'lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o'qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she'r va qo'shiqlarni sevib tinglaydi.
Pedagogik nazokat masalalarining tarixiy taraqqiyoti
O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tikodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tikod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil kilinadi.
O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik qilish -- ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |