Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni


O'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari



Yüklə 38,38 Kb.
səhifə7/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,38 Kb.
#186763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org

O'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari
O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy -tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan kommunikativ qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr vamulohazalar yuritilgan.
O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya'ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi.
O'qituvchi va o'quvchilaming jonli muloqoti, ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo'ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo'lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san'atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo'lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o'zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o'qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o'zaro ta'lim va tarbiyaviy ta'sir quroli sifatida namoyon bo'ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to'g'ri keladi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o'zaro hamkorlik tizimida muloqot go'yo, shunchaki o'z-o'zicha sodir bo'ladi.

Yüklə 38,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin