Pedagogik va psixologik tashxis ilmiy-tadqiqot markazi


taqlid so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish



Yüklə 147,01 Kb.
səhifə10/17
tarix02.03.2023
ölçüsü147,01 Kb.
#86201
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bitiruv malakaviy ishi Yusufjonova

taqlid so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish


83-dars. Taqlid so‘zlar mavzusiga 7-sinf darsligida 2 soat dars ajratilib, mavzuni mustahkamlash uchun 8 ta mashq berilgan va bu mashqlarni quyidagi har xil metodlar orqali juda qiziqarli qilib dars o‘tsa bo‘ladi.
268-mashqda. Taqlid so‘zlarning tagiga chizing va ularning ma’no turini aniqlab “Pirаmidа diаgrаmmаsi”gа jоylаshtiring.






Dag’-dag’ holatga taqlid



  1. Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. (X. To‘xtaboyev)2. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. (O. Yoqubov)3. Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko‘tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‘chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi. (O. Yoqubov)4. Boshidagi toj yal-yal yonarmish. (N. Aminov) 5. Shu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, ovlarda kabobpazlik qiladigan baqaloq bakovul ko‘rindi. (O. Yoqubov) 6. Aravakashlar «hay-hay»,

«chuh chuh» deya shovqin bilan ko‘chani boshga ko‘tarar edilar. (Oybek) 7. Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, Guljonim, asaling ber, sog‘indim-ku. (Quddus Muhammadiy) 8. U kuyib yotgan bilq-bilq yumshoq tuproqda salmoqli oyoqlarini ildam bosar edi. (Oybek)
Dars davomida noan’anaviy ta’limdan, an’anaviy ta’lim darsiga ham o‘tish kerak 269-mashqda avval holatga taqlid so‘zlar, so‘ng tovushga taqlid so‘zlar qatnashgan gaplarni ko‘chiring deyilgan va o‘quvchilar daftariga ko‘chirib yozadi.
1. Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. (O‘. Hoshimov)2. Birovning oldiga borib «vovvov» qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan. (N. Aminov)3. Albatta, yo‘l yaxshi bo‘lib, jadalroq
yurishsa, sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni «jaz-jaz» chaqmas edi, lekin iz tushmagan yo‘ldan yurish mushkul. (O.Yoqubov)4. To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. (Oydin)

  1. mashq. Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq, g‘a-g‘a, g‘iyq so‘zlarini ma’no guruhlariga ajrating va ular ishtirokida gaplar tuzing. “Aqliy hujum”metodidan foydalanib,qo‘shimcha savollar beriladi.

  2. mashq.Uyga vazifa.«Bolalar bog‘ida» sarlavhali hikoya tuzing. Hikoyangizda taqlid so‘zlardan foydalaning. Ularning tagiga chizib, ma’no turini ayting.


Yüklə 147,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin