Битирув лойиҳа ишининиг аннотацияси (ўзбек тилида): Kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridayoq taqlidlar so‘zlashuvning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘lgan. Ularni grammatik jihatdan tadqiq qilish biroz keyinroq boshlangan bo‘lishiga qaramay, ular borasida shu kungacha zalvorli ishlar olib borildi. Ushbu maqola taqlid so‘zlarning tarixan yuzaga kelishi va o‘rganilishini tadqiq qilgan bo‘lib, unda dunyo olimlari, xususan xitoy tilshunoslarining taqlid so‘zlar borasidagi qarashlari, uning terminologiya va morfologiyada tutgan o‘rni haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Taqlid so‘zlarning turli tillarda ta’riflanishi va ular o‘rtasidagi asosiy farqlar ko‘rsatib beriladi. Taqlid so‘zlar borasida umumiy xulosalar va muallif qarashlari beriladi.
Битирув лойиҳа ишининиг аннотацияси (на русском) На ранних этапах человеческого общества подражания выступали как основное средство общения. Несмотря на то, что их грамматические исследования начались несколько позже, над ними и по сей день проделана большая работа. В данной статье исследуется историческое возникновение и изучение имитативных слов, а также рассматриваются взгляды мировых ученых, особенно китайских лингвистов, на имитативные слова, их роль в терминологии и морфологии. Показаны определения имитативных слов в разных языках и основные различия между ними. Приведены общие выводы и взгляды автора на слова-подражания.
Kirish Mavzunio‘rganilganlikdarajasi. Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”1. Shu bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida Umum ta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid,modal so‘larini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z turkumlari haqidagi ta’limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Битирув лойиҳа ишининг долзарблиги ва унинг асосланиши:Taqlid so‘zlar yuzasidan o‘rta umumiy ta'limda olgan bilimlarni mustahkamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish,nazariy bilimlarni kerakli o‘rinlarda metod, oyin-topshiriq va usullardan foydalangan holda amaliyotda qo‘llay olishni o‘quvchilarga o‘rgatish, shu orqali ma’lumotlarni xotiraga muhrlashdir. Taqlid so‘zlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish, yozma nutqda foydalanayotganda imloviy va punktuatsion belgilarga alohida e’tibor berish lozim.