26
2.3. Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarish takomillashtirish chora
tadbirlari to’g’risida
Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini
sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini
kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-
estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini
ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini
tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi
va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
(keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb ataladi) negizida
quyidagilarni tashkil etish
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
a) Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini (keyingi
o‘rinlarda — Markaz) davlat muassasasi shaklida tashkil etish hamda unga quyidagi
vazifalarni yuklash:
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy
etish, Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini
ta’minlash;
ta’lim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar
xodimlari tarkibini o‘qitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikatsiya
kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va
ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik
materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish;
maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish
va
joriy etish;
maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ta’lim usullari va dasturlarini
tahlil qilish va samaradorligini baholash;
27
Keyingi tahrirga qarang.
b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut)
davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta’lim
tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari
bo‘yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
v) Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasini (keyingi
o‘rinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish
hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish,
kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda
kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim
muassasalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha ta’limni
rivojlantirish
jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib
belgilansin:
Respublika budjeti mablag‘lari, shu jumladan, 2018-2019-yillarga
mo‘ljallangan,
har chorakda ajratilib, har yili budjet qoidalariga muvofiq
indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard so‘m miqdorida;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan ko‘chmas
mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar — 100 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish
natijalari bo‘yicha Vazirlik ichki audit xizmatlari
tomonidan aniqlangan hamda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalari va budjetdan
tashqari jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining
noqonuniy
xarajatlari, o‘g‘irlik, kamomad summalarining 50 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan
daromadlar;
28
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi
norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari
(qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) Jamg‘arma mablag‘lari:
maktabgacha ta’lim muassasalarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar
ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
Dostları ilə paylaş: