Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix14.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#129954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Ma’ruza. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi s

Keyingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga; 
Keyingi tahrirga qarang. 
yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, 
shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy 
shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga; 
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat 
organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, 
yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni 
maslahatchilar sifatida jalb qilishga; 
Vazirlik xodimlarini, jumladan, xorijda o‘qitish, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishni tashkil qilishga; 
Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim 
bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va davlat 
maktabgacha ta’lim muassasalari binolarini jihozlash va ta’mirlashga; 
Keyingi tahrirga qarang. 
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy 
etish, shuningdek, Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa 
tadbirlarga sarflanadi; 


29 
b) Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 
bilan kelishgan holda Jamg‘arma tomonidan xorijiy davlatlar va hukumatlardan, 
xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlaridan, chet ellik fuqarolardan 
beg‘araz yordam olinishi haqida qarorlar qabul qiladi. 
Keyingi tahrirga qarang. 
2. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy 
tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy 
apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2324 nafar, shu 
jumladan, Vazirlik markaziy apparati xodimlari 138 nafar, shuningdek, metodistlar 
471 nafar etib belgilansin. 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziriga: 
Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv 
xodimlarining belgilangan umumiy soni chegarasida o‘zgartirishlar kiritish; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat 
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh 
boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy 
mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv 
xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilsin. 
3. Belgilansinki: 
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat va 
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tuman 
(shahar) bo‘limlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri 
tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi; 
b) 2019-yil 1-yanvardan: 


30 
maktabgacha ta’lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, ularning 
maktabgacha ta’lim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi bo‘lgan taqdirda 
pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi; 
Keyingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya 
berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta’lim muassasasi, uning 
tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli 
axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin